Ijtimoiy informatika asoslari

Ijtimoiy informatika asoslari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Ijtimoiy informatika asoslari - rasmi

Material tavsifi

IJTIMOIY INFORMATIKA ASOSLARI REJA Ijtimoiy informatika Jamiyatni axborotlashtirish qonuniyatlari Axborotlashgan jamiyatda madaniyat. Axborotlashgan jamiyatga o'tish iqtisodiyotda material ishlab chiqarish( qishloq xo'jaligi, sanoat)ning ikkinchi darajaga o'tqazilib, xizmat ko'rsatish, jumladan axborot xizmati ko'rsatish sohasining asosiy rol bajarishi jarayoni bilan uyg'unlashadi. Axborotlashtirish natijasida XX asrning ikkinchi yarmida mehnat resurslarining material ishlab chiqarish sohasidan axborot ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohasiga oqib o'tishi yuz berdi. XX asr o'rtalarida sanoat sohasida ishlovchilarning 23 qismi band bo'lgan bo'lsa, bugungi kunda ushbu sohada rivojlangan davlatlarning 13 aholisi banddir. Masalan, 80-yillarda AQSHda qishloq xo'jaligida 3%, sanoatda 20%, xizmat ko'rsatish sohasida 30% , axborot sohasida 48% aholi band bo'lgan. Axborot sohasida ishlovchilarga o'qituvchilar, bank xodimlari, ilmiy tadqiqotchilar, dasturchilar va boshqalarni kiritish mumkin. Bundan tashqari axborotlashtirish sanoatning an'anaviy sohalaridagi mehnat xarakterini ham o'zgartirdi. Bu holatga robototexnik tizimlarning paydo bo'lishi, mikroprotsessorli texnikaning keng qo'llanilishi sabab bo'ldi. Axborotlashgan jamiyat iqtisodiyotining muhim xususiyati - uning globallashuvidir.Bir necha asrlik o'zaro bog'liq iqtisodiyotidan farqli ravishda , global iqtisodiyot real vaqt rejimida butun planeta masshtabida mavjud bo'ladi va faoliyat ko'rsatadi.Real vaqt rejimi termini tizimni boshqarish qarorlarini qabul qilish va ularning realizatsiyasi ushbu tizimda ro'y berayotgan texnologik jarayonlardan tezroq amalga osirilishini anglatadi. Global iqtisodiyot axborot va kommunukatsion texnologiyalarga asosiga qurilgan bo'lib, boshqa sharoitda mavjud bo'la olmaydi. Yangi texnologiyalar qisqa vaqt ichida kapitallarni dunyo bo'ylab, bitta milliy hudud iqtisodiyotidan ikkinchi milliy hudud iqtisodiyotiga o'tkazish imkoniyatiga ega bo'lib, milliy institutlarini bir tarmoqqa birlashtiradi. Axborotlashgan jamiyat iqtisodiyoti ishlab chiqarishni tashkil etishning yangi formalariga ega bo'ladi. Axbarot texnologiyalari moslashuvchan ishlab chiqarishlar deb ataluvchi qisqa muddatlarda yangi mahsulot ishlab chiqarishga moslasha oladigan ishlab chiqarish turiga asos soldi.Bunday tizimlar bozor talabiga tezroq moslasha olgani uchun, an'anaviylariga nisbatan effektivroq bo'lib hisoblanadi.Axborotlashtirishning yana bir oqibati - o'rta va kichik firmalar soni, raqobqtbardoshliligining oshib borishidir. Axborotlashtirish jarayonida tarmoq tashkiloti deb ataluvchi tashkilotlar shakli vujudga kelib, bunday umumlashmalarning alohida elementlari ham mustaqil, ham birgalikda faoliyat ko'rsata oladi. Axborotlashgan jamiyat iqtisodiyotining yana bir xarakteristikasi - rivojlangan axborot mahsulotlari va xizmatlari bozorining mavjudligidir. Ushbu bozor quyidagi sektorlarga ega: Jamiyatni axborotlashtirish jarayonida aholining ish bilan ta'minlanganlik strukturasi ham o'zgarmoqda. Jamiyat va davlatning aholi axborot madanyatini oshirib berishdagi sayi harakatlari jamiyatning axborotlashtirilishi tizmidagi muhim shart bo'lib hisoblanadi. Xususan, informatika fanining o'qitilishi bu sohada xizmat qiladi. Ammo bu muammo faqat ta'lim tizimigagina tegishli bo'lmay, axborot madanyati elementlari bolalikdan oilada boshlanib, inson butun umri davomida shakllantirilishi kerak. Tarmoq madanyati axborot uzatishning interaktiv, individual usullarining kashf etilishi turli ehtiyoj va qiziqishlar bilan birlashgan kishilarning virtual jamiyat va guruhlarini vujudga keltirdi .Yangi axborot texnologiyalari va ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.66 MB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:41 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.66 MB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga