Ijtimoiy informatika va uning asoslari Reja: Axborotlarni qayta ishlab chiqish jarayonida ularning qanday turga mansubligi Axborotlardan foydalanish belgisiga qarab ularni bir necha turlarga bo'lish Аxborotlar qator xarakterli xususiyatlari Axborotlarni qayta ishlab chiqish jarayonida ularning qanday turga mansubligini va uning asosiy xususiyatlarini aniqlash lozim bo'ladi. Bu muammoni xal qilish uchun ma'lumot ishlab chiqarish jarayonini, ma'lumotlardan foydalanuvchilar kimlar ekanligini, qayta ishlangan ma'lumotlar nimalar uchun ishlatilishini va bu bilan bog'liq boshqa muammolarni chuqur xamda atroflicha o'rganish lozim bo'ladi. Faraz qiling, Siz biror bir korxonada xisobchi bo'lib ishlaysiz va boshlig'ingiz Sizga ushbu korxonaning buxgalteriya ishini kompyuter yordamida avtomatlashtirish vazifasini qo'ygan. . Fikrlab ko'ringchi, bu masalani xal qilish uchun Sizga nimalar qilish lozim bo'ladi va Siz qanday turlarga mansub ma'lumotlar bilan ishlashingiz kerak bo'ladi? Agarda biz bularni iqtisodiy soxaga mansub ma'lumotlar desak, yana qanday soxalarga mansub ma'lumotlar xaqida bilasiz? Xilma-xil sohalarga oid ma'lumotlar bir biridan farqlanadimi yoki yo'qmi? Agar farqlansa qaysi ko'rsatkichlari bilan farqlanadi Axborotlardan foydalanish belgisiga qarab ularni bir necha turlarga bo'lish mumkin. Xususan, ulardan biri va muhimi iqtisodiy axborotlardir. Iqtisodiy axborotlarni tasvirlash ob'ekti-ishlab chiqarish va xo'jalik faoliyatlaridir. Axborotlarning ahamiyati esa ana shu ishlab chiqarish va xo'jalik faoliyatini boshqarish chog'ida ular ishini yanada takomillashtirish, texnika-iqtisodiy ko'rsatkichlar sistemasini yanada yaxshilash maqsadida foydalaniladi. Iqtisodiy axborotlar deb, iqtisodiy sohaning barcha tomonini butunlay tasvirlaydigan har xil ma'lumotlar to'plamiga aytiladi. Ular yordamida xalq xo'jaligini va uning ayrim olingan tarmoqlarini boshqarish uchun tasvirlash, qayd etish, uzatish, saqlash va boshqa texnik vositalaridan foydalanish zarurdir. Iqtisodiy axborotlar to'g'risida ikkinchi o'xshash qoidani ham keltirish mumkin: xalq xo'jaligining iqtisodiy sohasini to'la tasvirlaydigan ma'lumotlarni iqtisodiy axborotlar deb ataladi. Umuman, iqtisodiy axborotlar muhim tushuncha hisoblanib, u xo'jalik, ishlab chiqarish, iste'mol va moddiy resurslar, mehnat hamda pul resurslarining tarkibi, ob'ektlar ishining aynan ma'lum vaqtlargacha va ungacha bo'lgan holatlari xaqidagi axborotlar sistemasini o'z ichiga oladi. Korxona, tashkilotlarning, jamoa xo'jaligi faoliyatlarining iqtisodiy axborotlari natural, qiymat va boshqa ko'rsatkichlar orqali aks ettiriladi. Bu axborotlar qator xarakterli xususiyatlarga ega bo'lib, ularning asosiylariga quyidagilarni kiritish mumkin. axborotlar harfli-raqamli belgilar orqali ifodalanadi; berilgan ma'lumotlar va hisoblash natijalari, ayrim hollarda oraliq natijalari ham uzoq vaqt saqlanishi kerak; bir manbadan kelib chiqqan dastlabki axborotlar har xil boshqarish funktsiyalarida o'z aksini topadi; bajariladigan hisoblash jarayonlari nisbatan ko'p bo'lmasada, katta hajmli axborotlarga turli mazmundagi ma'lumotlarni olish uchun turlicha usulda ishlov beriladi; iqtisodiy axborotlarning ko'pchilik qismi muntazam ravishda ishlanadi; bajariladigan aniq funktsiyalarga ko'ra axborotlar berilgan vaqtlarda ishlanadi. Shuni alohida qayd etib o'tish kerakki, axborot (informatika) tushunchasining ishlatish sohasiga qarab ko'plab ma'nosi bor. Kibernetika ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:31:12
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.03 MB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:41
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:31 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.03 MB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:41 ]
Arxiv ichida: pptx