Ilmiy tadqiqod ishlarini turlari va bosqichlari Reja: 1 Tajribani dasturlash va o'tkazishdan maqsad 2 Tajribani kibernetik modeli (Eshbi qutichasi) 3. Tajribaning turlari. 4. Kiruvchi va chiquvchi faktorlar, ularga talablar 5. Tajriba matritsalari 6. Bir faktorli va ko'p faktorli tajriba 7. Regressiya tenglamasini adekvatligini Regressiya tenglamasini adekvatligini (mosligini) tekshirish. 8. Tajriba natijalarini grafik tasvirlash 9. Matematik modelni ko'rinishi va maxsus sirtlarni qurish Ilmiy tadqiqot turlari va maqsadi. Tadqiqot ishlarining bosqichlari. G'oya, tajriba, muqobillik mezoni. 1. Ilmiy tadqiqot turlari va maqsadi ITI quyidagilarga bo'linadi: Nazariy. Nazariy tajribaviy. Tajribaviy (laboratoriyada va sanoatda qo'llanuvchan). Hal qilinishi lozim bo'lgan masala bo'yicha ITI quyidagilarga bo'linadi. Buyumni ishlash yo'lini yoki mexanizmni ishlash tamoyilini ochib beruvchi nazariy tajribaviy ishlar. Yangi yaratilgan kiyimning yoki mashinaning strukturasi, xossalari, qo'llanish sharoitini o'rganishga bag'ishlangan ishlar. Dastlabki (aprior) tajribalar. Kiyim, mahsulot yoki mashina sifatini aniqlashga va standartlarni yaratishga bag'ishlangan ITI. Ilmiy ishlar usulini yaratishga bag'ishlangan ITI (moslamalar, o'zgartirib beruvchilarni yaratish). 2. Tadqiqot ishlarining bosqichlari. U quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: 1. Mavzuni tanlash va asoslash. 2 Tayyorlanish bosqichi. Texnologik jarayonni nazariy tahlili. Dastlabki (aprior) tajribani o'tkazish. Asosiy tajribani o'tkazish. Nazariy va tajribaviy tadqiqotlar natijasini tahlil qilish. Ilmiy tadqiqot hisobotini yozish va fikr mulohazalarni bayon etish. 3. Tadqiqot hisobotining strukturasi. Ilmiy ishni bajarilayotganda uslubiy dastur asosida uning rejasi keltirilgan bo'lishi kerak. Yozilgan hisobot DAVST 19600-74 asosida ro'yxatlangan bo'lishi lozim. Bunda hisobotda matematik formulalar, jadvallar, statistik va tajribaviy natijalar, grafiklar, sxemalar, rasmlar, ostsillogrammalar, diagrammalar, sanoatda qo'llanishi va qo'llanilganligi haqida dalolatnomalar bo'lish kerak. Hisobot albatta quyidagi qismlardan tashkil topgan bo'lishi lozim: Hisobotning yuzi. ITI ni bajaruvchilar ro'yxati. Ish referati. Mundarija. Kirish. Adabiyotlar, dissertatsiyalar, jurnallar, maqolalar, patentlar va avval bajarilgan ITI lar tahlili. Tanlangan ishning yo'nalishi tasdiqi. Hisobotning asosiy qismi (tajribaning mazmuni va olingan natijalar). Xotima (xulosa va takliflar). Ishlatilgan patent materiallar ro'yxati. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati. Ilovalar. Qisqartmalar, simvollar va maxsus terminlar ro'yxati. 1 Tajribani dasturlash va o'tkazishdan maqsad Tajribani o'tkazishdan va rejalashdan maqsad quyidagilar: 1. Uning matematik modelini qo'rish, bu model regressiya modeli deyiladi; 2. Kuzatilayotgan tajribada yoki obyektda yuz berayotgan hodisalarni o'rganish; Tadqiq qilinayotgan jarayonni yoki obyektni muqobillash (optimallash); Tajriba o'tkazish uchun lozim bo'lgan o'lchamlarni tanlash. Bu vazifalar amalga oshirilgach, tajribani kibernetik modeli quriladi. 2 Tajribani kibernetik modeli (Eshbi qutichasi) Texnologik jarayonni manosini yoki yangi yaratilayotgan mashina mexanizimi yoki uskunani ishlash va tamoyilini asoslash maqsadida, shuningdek yaratilayotgan obyektning muqobil o'lchamlarini aniqlash uchun jarayonni matematik modelini qo'rish lozim bo'ladi. Matematik modelni qo'rishda qora quticha, yani Eshbi qutichasidan foydalaniladi (16-Rasm.). Rasm. 1 Matematik model quyidagi ko'rinishda bo'ladi u ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:31:12
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
355.34 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:41
Arxiv ichida: docx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:31 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
355.34 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:41 ]
Arxiv ichida: docx