Infologik modelni qurish uslubiyoti

Infologik modelni qurish uslubiyoti

O'quvchilarga / Informatika va AT
Infologik modelni qurish uslubiyoti - rasmi

Material tavsifi

Infologik modelni qurish uslubiyoti Reja: Axborot-mantiqiy model haqida umumiy tushuncha Namunali MAMM Predmet sohasining axborot obyekti Axborot obyektlari Axborot obyekti strukturasi Rekvizitlarning funktsional bog'liqligi Predmet sohasining ma'lumotlari axborot mantiqiy modelining namunali shakli Axborot-mantiqiy model haqida umumiy tushuncha Axborot-mantiqiy model predmet sohasini axborot obyektlarining(AO) majmui va ular orasidagi strukturaviy aloqalar ko'rinishida aks ettiruvchi ma'lumotlar modelidir. MAMM ma'lumotlar bazasida saqlanishi lozim bo'lgan ma'lumotlarning mantiqiy modeli sifatida qaralishi mumkin. ma'lumotlarni mantiqiy modelini yaratishdan asosiy maqsad turli-tuman axborotlarni tizimlashtirish va uning xususiyatlarini mazmuniga ko'ra, hajmiga, bog'lanishlariga, barcha foydalanuvchilar toifalarini axborotga bo'lgan talabini qondirishni dinamikasiga ko'ra aks ettirilishidir. Malumonlarni mantiqiy modelini qurish bosqichma-bosqich amalga oshirilib, konkret sharoitlar chegarasida optimal variantiga yaqinlashtirish asosida olib boriladi. Malumonlarni mantiqiy modelinining foydaliyligi va samaradorligi modellashtirilayotgan predmet sohasini aks ettirish darajasiga bog'liqdir. Predmet sohasiga obyektlar)masalan, klientlar, ularning hisob raqamlari, hujjatlari, bajariladigan amallar va boshqalar), ular xususiyatlari va tavsiflari, o'zaro ta'sirlari va ular ustidagi jarayonlar kiradi. MAMM uchun ham analitik (yaqinlik matritsalari ko'rinishida), ham tegishli obyektlar tavsifi bilan to'ldiriluvchi grafik usul qo'llanilishi mumkin. Keyingisi ko'rgazmalikka ega hamda ancha qulay. Axborot - mantiqiy model (AMM) - predmet sohasini va ular orasidagi bog'lanishlarni axborot obyektlarini (mohiyatlarini) majmuasiga aytiladi. Axborot modellarini tuzish jarayoni bo'lajak ma'lumotlar bazalarini foydalanuvchilarini kontseptual talablarini aniqlashdan boshlanadi. Alohida foydalanuvchilarning talablari berilgan predmet sohasining kontseptual modeli deb ataluvchi bir butun ―umumlashgan tasavvurlarda‖ uyg'unlashadi. Rasm 3.1. Fizik saqlanishi usullari ko'rsatilmagan o'zaro bog'langan obyektlar ko'rinishidagi predmet sohasini kontseptual model aks ettiradi. Kontseptual model berilgan predmet sohasini ma'lumotlar bazalariga nisbatan barcha foydalanuvchilarning uyg'unlashgan kontseptual talablarini aks ettiradi. Bunda tuzuvchilarning kuch etibori asosan MB bo'lajak foydalanuvchilariga tegishli bo'lgan va ular orasidagi bog'lanishlarni axtarib topishga mo'ljallangan ma'lumotlarni strukturlashtirishga qaratilgan bo'ladi. Kontseptual modelda aks ettirilgan obyektlar orasidagi bog'lanishlar vaqt o'tishi bilan tanlab olingan MBBT vositalari natijasida ish bermay qolishi mumkin. Bu o'z navbatida kontseptual modelni o'zgartirishni talab qiladi. Aniq MBBT orqali yuritiladigan kontseptual modelning versiyasi mantiqiy model deb ataladi. ma'lumotlar bazasini ko'p bosqichli tasvirlanishi. Namunali MAMM Mantiqiy model atributlar orasidagi, ularning tarkibi va saqlash muhitidan qatiy nazar mantiqiy bog'lanishlarni aks ettiradi. Bu bog'lanishlar relyatsion, ierarxik yoki tarmoqli bo'lishi mumkin. Shunday axborot ma'lumotlari orasidagi mantiqiy bog'lanishlarni aks ettiradi. Axborot modelining turli foydalanuvchilarning tashqi modeli deb ataluvchi mantiqiy modelining turli to'plamchalariga mos keladi. Shunday qilib, foydalanuvchining tashqi modeli ushbu foydalanuvchining mantiqiy modeliga nisbatan kontseptual talablarini aks ettiradi hamda foydalanuvchining mantiqiy modeli asosida predmet sohasidagi tasavvurlariga mos keladi. Demak, tashqi model qanchalik puxta loyihalashtirilgan bo'lsa, axborot modeli predmet sohasini shunchalik aniq va to'liq aks ettiradi hamda ushbu predmet sohasini avtomatlashtirilgan ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 160.54 KB
Ko'rishlar soni 141 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:41 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 160.54 KB
Ko'rishlar soni 141 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga