Informatika fanga kirish. Fanning ukitilish maqsadi, mazmuni. EXMning avlodlari va tarixi Reja: Fanni o'qitishdan maqsad. Informatika fanining taraqqiyot darajasi. EXMning rivojlanish bosqichlari va avlodlari. Fanni o'qitishdan maqsad. Respublikamiz rivojlangan demokratik davlatlar katoridan joy olishligi uchun davlat tomonidan ta'lim tizimiga alohida ahamiyat berilishi bejiz emas. Buning dalili sifatida 1997 yil 29 avgustida ta'lim qonuni Prezident tomonidan tasdiklanishi alohida ahamiyatga ega. Rivojlangan davlatlar tajribasidan shu malumki, bozor iqtisodi sharoitida axborot tizimining kanchalik suratda takomillashuvi davlat tizimining ravnak darajasini belgilashi malum. Shu manoda, axborotlarning ishonchliligi, ularning o'z vaqtida tayerlanishi ko'p jihatdan kompyuter, dasturchilarni mukammal darajada bo'lishligiga bog'liq, chunki bu uch vosita bir-biri bilan chambarchas boglangan holda faoliyat kursatadi. Shu narsa kuvonchliki, Respublikamizni mustaqillikka erishuvi natijasida hozirgi barcha o'quvchilar va talabalar zamonaviy IBM PC va Pentium kompyuterlaridan foydalanish imkoniyatiga ega buldilar. Shu bois xam, Informatika fani Oliy o'quv yurtlarida ukitiladigan kompyuter savodxonligi borasidagi uzluksiz dastur tizimiga kiradi va Davlat ta'lim konsepsiyasiga asoslanadi. Bunday ulkan vazifani muvoffakkiyatli amalga oshirishda talabalarga davlat tilida ma'ruzalar matnini yetkazish alohida ahamiyatga ega, chunki o'zbek tilida shu kungacha ezilgan ushbu fanga oid adabiyotlar texnika mutaxasisligi bakalavri tayyorlashga bo'lgan talablarga javob bermaydi. ma'ruzalar OUMTV Oliy professional ta'lim Davlat standartiga mos holda Informatika fanidan yozilgan ma'ruzalar matnini asosiy maqsadi: talabalarning kompyuter imkoniyatlaridan xabardor qilib, kompyuter bilan muloqot urnatish usullarini o'rgatish va unda turli masalalarni echa olishga yo'naltirish. Shu fanni o'qitish jarayonida talaba hozirgi zamon kompyuterlari bilan muloqotda bo'lib (operatsion tizim va kobik dasturlar), uning texnik imkoniyatlarini uzlashtirishi, algoritmlash usullarini va turli amaliy masalalarni yechish uchun dasturlash tillari(Beysik yoki Paskal) dan birida dastur tuza olish, hamda amaliy dasturlar paketlaridan foydalana bilishi lozim. Talaba kompyuter imkoniyatlarini va dastur tuzishni uzlashtirgan holda o'z mutaxasisligi bo'yicha echiladigan masalalarga va muammolarga ularni tadbiq qilish ko'nikmasini hosil qilishi kerak. Informatika fanining taraqqiyot darajasi. Informatika - ilmiy axborotlarning struktura va umumiy xossalarini, shuningdek ularni yaratish, uzgartirish, uzatish va ulardan inson faoliyatining turli sohalarida foydalanish qonuniyatlarini o'rganadigan fan. Nazariy(ilmiy axborotlar predmeti va metodlari, mazmuni, strukturasi va xossalari), ilmiy kommunikatsiya(rasmiy va norasmiy protsesslar, ilmiy axborot xizmati), informatsion izlanishlar, ilmiy axborotlarni tarkatish va ulardan foydalanish, ilimy axborot xizmatini tashkil etish va uning tarixi bo'limlari bor. qisqa qilib informatikaga ta'rif beradigan bulsak, informatika-axborotlar haqidagi fan bo'lib, uning qayta ishlashdagi takomillashgan usul va vositalarni urgatadi. Xulosa kilgan holda shuni aytish mumkinki, davlatimiz nufuzli davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarni boshlagan ekan, albatta xar ikki davlat o'rtasida axborot almashinuvi tabiiydir. Bunday aloqalarni yanada yaxshilanishida yosh avlodni hozirgi zamon kompyuterlari va dastur ta'minoti asosidagi axborotlarni qayta ishlash usullari ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:31:12
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
38.97 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:41
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:31 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
38.97 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:41 ]
Arxiv ichida: doc