Informatika fanidan to'garaklar tashkil etish

Informatika fanidan to'garaklar tashkil etish

O'quvchilarga / Informatika va AT
Informatika fanidan to'garaklar tashkil etish - rasmi

Material tavsifi

Informatika fanidan to'garaklar tashkil etish Rеja 1. Maktablarda informatika fanidan tugaraklar tashkil etish 2. Tugarakning asosiy maqsad va moxiyatini nimalar tashkil etadi 3. Hulosa 4. Foydalanilgan adabiyotlar O'rta maktab, kasb-hunar kollejlari, akademik litsey va litseylarda xozirgi kunda informatika darsligi 5- sinfdan boshlab o'qitilish yo'lga qo'yilgan bo'lib, yuqori sinflarda ularni o'qitish belgilangan reja asosida takomillashtirib boriladi. Har bir ta'lim tizimi uchun mahsus dasturlar ishlab chiqilgan bo'lib, asosiy maqsad shu tizimdagi o'quvchilarga informatika fanini chuqur o'rgatishdan iboratdir. Informatika fani XX-asrning 60-yillariga kelib rivojlanish bosqichini boshlagan bo'lsa, shuncha o'tgan davr ichida bu fan sohasida juda ko'plab o'zgarishlar ro'y berdi. Informatika fanining tarihiga nazar tashlaydigan bo'lasak bu fan oldiniga faqat ishlab chiqarish o'z ichiga olgan bo'lsa, davrning o'zgarishi natijasida ta'lim tizimiga fan sifatida kirib keldi. Informatika fanini o'rganish vaqtida uni bir tomonlama emas, boshqa sohalar va fanlar bilan ham bog'liqlik taraflarini o'rganishni hayotning o'zi taqozo etmoqda. Informatika fani, ta'lim tizimiga kiritilgandan buyon uning yo'nalishlarini o'rganishga katta etibor qaratilib kelmoqda, shunga qaramay bu sohani mukammal egal masalasi to'liq hal etilmagan. Informatika fanini o'rganish vaqtida qo'shimcha darslar tshkil etish bilan birgalikda, kompyuter to'garaklarini tashkil etish maqsadga muofiq bo'ladi. Kompyuter to'garaklarining tashkil etishning bir necha omillari mavjud bo'lib bular qo'yidagilar hisoblanadi: 1. Ta'lim tizimida ish olib borayotgan bazi bir maktablar kompyuterlar bilan to'liq ta'minlanmagan. 2. Ta'minlangan maktablarda bu jarayon ancha yuqorilab ketgan. Shu ikki jarayonni hisobga olgan holda informatika fani o'qituvchisi kompyutеr mavjud bolmagan joyda, kompyuter mavjud maktablarga ekskursiyalar tashkil etishni amalga oshirishi lozim bo'ladi bu ham o'quvchilarning kompyuter tehnologiyasini o'rganishlariga imkoniyat yaratib beradi. Bundan tashqari maktab jamoasi bilan kеlishgan holda, darsdan bo'sh vaktlarda xaftada ikki marotaba, informatika fanidan to'garaklar tashkil etilsa bu jarayon ham o'quvchilarda fanni mukammal bilishlariga yordam beradi. Informatika fanidan to'garaklar qanday tashkil etiladi dеgan savolga qo'yida-gicha javob bеrish mumkin: Birinchidan to'garaklarni tashkil etishdan asosiy maqsad sinflardagi iqtidorli o'quvchilarni tanlab olib ularni qo'shimcha darslarga jalb etish bo'lsa, ikkinchidan sinfdagi past o'zlashtiradigan o'quvchilarning ham shu fanga bo'lgan qiziqishini oshirish bilan birgalikda, fanni chuqur o'rganishiga olib kelish mumkin. Informatika fanidan to'garaklar tashkil etish fan o'qituvchisidan chuqur bilim va ko'nikmani ta'lab etadi. Birinchidan tashkil etilayotgan, to'garakning ish rеjasi bilan o'quvchilarni tanishtirib o'tish va bajariladigan ishlarning dars jarayonidan murakkabligi bilan ajralib turishligini aytish lozim. To'garaklar tashkil etishda, o'qituvchi dars mobaynida o'tiladigan jarayolarni takrorlamasligi kеrak faqat ularga izoh berib o'tish mumkin. Ikkinchidan informatika fan to'garaklarining ish rеjasi sinflarga qarab ajratilgan bo'lishi kеrak, sababi 5-sinf informatikasi bilan yukori sinf informatikasi to'g'ri kеlmaydi, shuni etiborga olgan holda haftaning bir kunini qo'yi ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.28 KB
Ko'rishlar soni 173 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:42 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.28 KB
Ko'rishlar soni 173 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga