Informatika fanini o'qitishda innovatsion ishlanmalar yaratish texnologiyasi Respublikamizda oshiralayotgan islohotlarining bosh maqsadi va harakatga keltiruvchi kushi - har tomonlama rivojlangan barkamol insondir. Mamlakatimizda rivojlanishning muhim sharti zomonaviy iqtisodiyot fan, madaniyat, texnika, texnologiya rivoji asosida kadrlar tayyorlanishlarning takomillashgan tizimini yaratishdan iborat. Darvoqe, har bir jamiyatning bugungi kuni va kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo'lgan ta'lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo'lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta'lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko'tarish, unga ilg'or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Ta'lim to'g'risidagi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining qabul qilinishi bilan uzluksiz ta'lim tizimi orqali zamonaviy kadrlar tayyorlashning asosi yaratildi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ni amalga oshirishda uzluksiz ta'lim tizimining tuzilmasi va mavzusini zamonaviy ilmiy fikrlar yutuqlari va ijtimoiy tajribaga tayangan holda tub islohotlari ko'zda tutulgan. Buning uchun, avvalo, uzliksiz ta'lim tizimining barcha shakldagi ta'lim muassalarida ta'lim jarayoni sifatida ta'minlovchi ilg'or ilmiy-metodik jihatdan asoslangan uslublarni amalda qo'llash lozim. Fanda texnika va ilg'or texnologiya yutuqlaridan foydalangan holda yosh avlodga ta'lim va tarbiya berishning maqsad, maznun, uslub va vositalarini ilmiy jihatdan ta'minlash pedagogika fanining dolzarb muammolarning biri hisoblangan. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati uzluksiz ta'lim tizimi orqali shaxsning har tomonlama barkamol bo'lib yetishishini ko'zda tutadi. Shaxs uzluksiz ta'limda va kadrlar tayyorlashda ta'lim va xizmatlarining iste'molchisi sifatida namoyon bo'ladi. Shaxs ta'lim xizmatlarining ishlab chiqaruvchisi sifatida ta'lim jarayonida bilim va tajribani talaba (yoki o'quvchi)ga uzatish, ishlab chiqarish moddiy muhiti sharoitida, shunungdek, fan, madaniyat va ta'lim xizmatlarida ishtirok etadi. Respublikada shaxslarga o'z ijodiy salohiyatini amalga oshirish uchun mutaxasislik ta'lim dasturini tanlash huquqi berilgan. Oliy ta'lim uzluksiz ta'limda muhim o'rinni egallaydi. Oliy, umumiy o'rta, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limlari uzluksiz ta'lim tizimining mustaqil turi hisoblanadi va O'zbekiston Respublikasi Ta'lim to'g'risidagi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu hujjatlarda oliy ta'limning belgilangan vazifalaridan biri yuqori saviyada o'qitishni ta'minlash va malakali kadrlarni zamonaviy ta'lim kasb-hunar dasturlari asosida tayyorlashdir. Oliy ta'lim o'qituvchisining faoliyati shaxsni tarbiyalash jarayonida ta'lim-tarbiya olish sharoitlarini yaratish, uning ehtiyojlarini qondirish va qobilyatlarini ochish hamda rivojlantirishga yo'naltirilgan bo'lishi lozim. O'qituvchisining malakasi maxsus va pedagogik fanlar bilan yoritiladigan ikki qirraga ega bo'lishi lozim va u doimo: Nima uchun o'qitish kerak?, Qanday o'qitish kerak? degan savollarga javob topish zarur. Bu javoblar pedagogika fanining asosiy qoidalari va qonuniyatlariga mos holda talqin qilinishi, shuningdek, ta'lim xususiyatlari e'tiborga olingan bilimlarga asoslangan bo'lishi lozim. Pedagogikaning muhim mummolaridan biri o'qituvchining mutaxassisligiga faoliyatining asosini tashkil etish shart bo'lgan ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:31:12
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
4.33 MB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:42
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:31 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
4.33 MB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:42 ]
Arxiv ichida: doc