Informatika fanining maqsadi va vazifalari Reja: Informatika fanini vujudga kelishi va taraqqiyoti Informatika fanining tuzilmasi Informatika fanini vujudga kelishi va taraqqiyoti Informatika 60-yillarda Fransiyada elektron hisoblash mashinalari yordamida axborot qayta ishlash bilan shugullanuvchi sohani ifodaluvchi atama sifatida yuzaga keldi. Informatika atamasi lotincha informatik so'zidan kelib chiqqan bo'lib, tushuntirish, xabar qilish, bayon etish manolarini anglatadi. fransuzcha informatigue (informatika) so'zi axborot avtomatikasi yoki axborotni avtomatik qayta ishlash manosini anglatadi. Ingliz tilida so'zlashuvchi mamlakatlarda bu atamaga Comruter science (kompyuter texnikasi haqidagi fan) sinonimi mos keladi. Informatikaning inson faoliyatining mustaqil sohasi sifatida ajralib chiqishi birinchi navbatda kompyuter texnikasining rivojlanishi bilan bog'liq. Bunda asosiy xizmat mikroprotsessor texnikasiga to'gri keladi, uning paydo bo'lishi 70-yillar o'rtalarida ikkinchi elektron inqilobini boshlab berdi. Shu davrdan boshlab hisoblash mashinalarining element negizini integral sxema va mikroprotsessorlar tashkil etdi. Informatika atamasi nafaqat kopyuter texnikasi yutuqlarini aks ettirish va foydalanish, balki axborotni uzatish va qayta ishlash jarayonlari bilan ham boglanadi. Informatika axborotning qayta ishlash, ularni qo'llash va ijtimoiy amaliyotning turli sohalariga ta'sirini EXM tizimlariga asoslangan holda ishlab chiqish, loyihalash, yaratish, baholash, ishlashning turli jihatlarini o'rganuvchi kompleks ilmiy va muhandislik fani sohasidir. Informatika bu jihatdan axborot modellarini qurishning umumiy uslubiyot tamoyillarini ishlab chiqarishga yo'naltirilgan. Shu bois axborot uslublari obyekt, hodisa, jarayon va haka'zolarini axborot modellari yordamida bayon etish imkoniyatiga egadir. Informatikaning vazifalari, imkoniyatlari, vosita va uslublari ko'p qirrali bo'lib, uning ko'plab tushunchalari mavjud. Ularni umumlashtirib quyidagicha talqinni tavsiya etamiz. Informatika - kompyuterlar yordami va ularni qo'llash muhiti vositasida axborotni yangilash jarayonlari bilan bog'liq inson faoliyati sohasidir. Informatika va kibernetika tushunchalarida ko'pincha chalkashliklar uchrab turadi. Ularning o'xshashligi va farqini tushuntirishga harakat qilamiz. N.Vinner tomonidan kibernetikaga kiritilgan asosiy fikr inson faoliyatining turli sohalarida murakkab dinamik tizimlarini boshqarish nazariyasini ishlab chiqish bilan bog'liq. Kibernetika kompyuterlar mavjudligi yoki yo'qligidan qatiy nazar mavjuddir. Kibernetika - texnik, biologik, ijtimoiy va boshqa turli tizimlarda boshqaruvning umumiy tamoyillari haqidagi fandir. Informatika yangi axborotni ancha keng, kibernetika kabi turli obyektlarni boshqarish vazifalarini amaliy hal etmay, o'zgartirish va barpo etish jarayonlarini o'rganadi. Shu bois informatika haqida kibernetikadan ancha keng fan sohasi, degan tasavvur hosil bo'lishi mumkin. Biroq, boshqa jihatdan, informatika kompyuter texnikasi bilan bog'liq bo'lmagan muammolar yechimi bilan ifodalanmaydi, bu, shubhasiz, uning umumlashtiruvchi xususiyatini cheklaydi. Informatika kompyuter texnikasi rivojlanishi tufayli yuzaga keldi, unga asoslanadi va usiz mavjud bo'la olmaydi. Kibernetika kompyuter texnikasining barcha yutuqlaridan unumli foydalansa ham, lekin obyektlarni boshqarishning turli modellarini yaratgan holda o'z-o'zicha rivojlanaveradi. Kibernetika va informatika tashqi jihatdan bir-biriga juda o'xshash bo'lsa ham, lekin: informatika - axborot va uni qayta ishlovchi ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:31:12
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
34.59 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:42
Arxiv ichida: docx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:31 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
34.59 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:42 ]
Arxiv ichida: docx