Informatika fanining predmeti hisoblash texnikasi tarixi Reja: EXM tiplari va avlodlari. Zamonaviy IBM PS kompyuterlari ularning asosiy va qo'shimcha qurilmalari EXM tiplari va avlodlari Axborot - bu olamdagi butun borliq, undagi ruy beradigan hodisalar va jaryonlar haqidagi xabar va ma'lumotlardir. Axborot inson nutqida, kitobdagi matnlarda, musavvir tasvirida va boshqalarda mavjuddir. Inson turli a'zolari yordamida (kuzi, kulogi, sezgi a'zolari) axborotlarni kabul qiladi, ongi bilan idrok etadi, xotirasida saklaydi, boshqalarga uzatadi, insonning hayoti va faoliyati turli xil axborotlarni yigish bilan bog'liq. Ammo, insoniyat o'z taraqqiyoti davrida shu darajada ko'p axborot tuplaganki, ularning xammasining saqlash va idrok etish uchun insonning ongi ojizlik qiladi. Asrimizning mujizasi bo'lgan EXMlarning yaratilishi bejiz emas, buni insonning kundalik hayoti va faoliyati takozo etgan, fan va texnikaning rivojlanishi esa EXM yaratilishiga qadar turli xil axborotlarni yigish, saqlash , qayta ishlash va uzatish ishlarini inson bajargan bulsa, EXMning yaratilishi bu ishlarni mashina zimmasiga yuklashga imkoniyat berdi. EXMlar axborotni ishlovchi universal mashina sifatida insonga kumakdosh bulmokda. Informatika so'zi lotincha informatio so'zidan olingan bo'lib, tushuntirish, tavsiflash degan manoni anglatadi. Turli xil axborotlarni yigish, saqlash , qayta ishlash va uzatish usullari va vositalarini o'rganadigan mustaqil fan shakllandi. Bu fan informatika fani deyiladi. Axborotlarni yigish, saqlash , qayta ishlash va uzatishning asosiy vositasi sifatida hisoblash texnikasi xizmat kilmokda. hisoblash texnikasi fani informatika fanining bir kismi bo'lib, hisoblash texnikasining tuzilishi, ishlash prinsiplari (tamoyillari), undan foydalanishi usullarni urgatadi. hisoblash texnikasining rivojlanishining tarixi shartli ravishda uch davrga bulinadi: Mexanik mashinalargacha bo'lgan davr; Mexanik va elektromexanik mashinalari davri; Elektron hisoblash mashinalari davri. Yer yuzida eng birinchi hisoblash texnikasi ibtidoiy odamlarning kul va oyoq barmoklaridan iborat bo'lgan va hisobni 20 olib borishni ta'minlagan. Bu tabiiy hisoblash vositasi bo'lgan. Dastlabki va eng sodda sun'iy hisoblash asboblaridan biri birka bo'lgan. hisoblash ishlarining murakkablashuvi yangi hisoblash asboblari va usullarini izlashni takozo etgan. Natijada hozirgi chutni eslatuvchi asbob yaratilgan, Shotlandiyalik matematik Jon Neper rakamlar yozilgan bir kancha tayokchalarni joriy kilgan, va nixoyat logarifmik chizgich yaratilgan. Birinchi mexanik moslamalardan biri nemis olimi Vilgelm Shikkard tomonidan ixtiro qilingan. 1645 yil fransuz matematigi Blez Paskal arifmometr yasagan. Nemis matematigi, mexanigi va foylasufi Gotfrid Leybnits 1673 yil fakat qo'shish va ayrishni emas, balki to'rtala arifmetik amalni bajara oladigan mashina yaratadi. Mexanik hisoblash mashinalarining yaratilishida rus olimlari Z.Slonimskiy (1845yil), V.Bunyakovskiy (1867yil), P.L.Chebishev (1880yil), V.Odner (1889yil) va boshqalarning hissasi kattadir. Dastlabki mexanik mashinalar kul kuchi yordamida harakatga keltirilar edi. Keyinchalik elektr quvvati yordamida harakatga keltiriladigan mexanik mashinalar yaratildi. Bunday hisoblash mashinalari elektromexanik mashinalar deyiladi. Elektromexanik mashinalarda 8 soatlik ish kunida xammasi bo'lib ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:31:12
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
51.78 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:42
Arxiv ichida: docx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:31 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
51.78 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:42 ]
Arxiv ichida: docx