Informatika fanining rivojlanish tarixi

Informatika fanining rivojlanish tarixi

O'quvchilarga / Informatika va AT
Informatika fanining rivojlanish tarixi - rasmi

Material tavsifi

Informatika fanining rivojlanish tarixi Reja: Fanning maqsadi va vazifalari. Hisoblash texnikasi rivojlanish tarixi. EHMlarning avlodlari. 1. Hozirgi zamon ilmiy-texnika taraqqiyotining asosi bo'lmish hisoblash texnikasidan ishlab-chiqarishning turli iqtisodiy vazifalarini hal etish va har xil murakkab masalalarni yechishda keng foydalanilmoqda, chunki juda ko'p faktorlarni hisobga olish, ulkan hajmdagi axborotlar bilan ishlash zaruriyati- elektron mashinalarsiz hal etishga imkon bermaydi. Hisoblash texnikasi yordamida mashinasozlik, transport ishlab-chiqarishini rejalashtirish, loyihalash, hisoblash hamda tahlil ishlari keng hal qilinmoqda. SHuning uchun ham hisoblash texnikasi keng joriy etilishi munosobati bilan bu texnikalardan mustaqil foydalana oladigan mutaxassislarga talab oshib bormoqda. Fanning asosiy maqsadi ham talabalarga zamonaviy kompyuterlarda ishlashni o'rgatishdan iboratdir. Bu fanni o'rganish mobaynida talabalar kompyuterlarning ichki va tashqi qurilmalari va ularning ishlash prinpiplari bilan tanishish bilan bir qatorda aniq yo'nalishdagi masalalarni yechishga qaratilgan dastur mahsulotlari bilan ishlash qoidalarini ham o'rganib boradilar. Umuman bu fan orqali talaba kompyuterda mustaqil ishlay oladigan foydalanuvchiga aylanadi. 2. Ma'lumki moddiy-texnika vositalaridan va mavjud rezervlardan o'z vaqtida foydalanishni optimal tashkil etish uchun hisob ishlarini to'g'ri olib borish zarurdir. Bu har qanday korxona faoliyati ravnaqi uchun hal qiluvchi omil bo'lib hisoblanadi. Bundan tashqari hisob ishlarini to'g'ri olib borish ishlab-chiqarish korxonalarida mehnat unumdorligini oshirishda katta yordam beradi. Biroq ishlab-chiqarish rivojlanishi bilan hisob ishlarining hajmi ham ortib bormoqda. Natijada korxonani boshqarish uchun zarur bo'lgan texnik-iqtisodiy axborotlarni o'z vaqtida tayyorlash murakkab ishlardan biri bo'lib qolmoqda. SHuning uchun ham bunday ishlarni avtomatlashtirish zaruriyatlari paydo bo'lmoqda. Vaholanki bir necha asrlardan buyon insoniyat hisob ishlarini mashinalar yordamida bajarishga o'rinib kelgan. Pirovard natijada 1642 yili buyuk fransuz fizigi Paskal matematikaning ikki amalini (qo'shish va ayirish) bajaradigan dastlabki mexanik hisoblash mashinasini yaratdi. Birinchi elektromexanik hisoblash mashinasi amerika olimlari tomonidan 1937 ishlab chiqildi. Ushbu hisoblash mashinasi elektromexanik relelardan tashkil topgan bo'lib, 5 ot kuchiga ega bo'lgan elektrodvigatel orqali ishga tushirilar edi. Hisoblash texnikasining elektron davri 1945 yildan boshlanadi. CHunki shu yili dunyoda birinchi bo'lib, Amerika Qo'shma SHtatlarida ENIAC nomli elektron hisoblash mashinasi yaratilgandir. Uning xotira qurilmasi elektron lampalarga asoslangan bo'lib, boshlang'ich, oraliq hamda dasturlarni saqlash uchun xizmat qilgan. Dastur va ma'lumotlarni kiritish uchun perfokartalar, natijalarni olish uchun esa alifbo-sonli bosma qurilmasi ishlatilgan. SHundan so'ng izlanishlar natijasida 1971 yili INTEL firmasi tomonidan birinchi 4004 integral mikrosxema ya'ni mikroprotsessor yaratilgan. Bu mikroprotsessor mikrokalkulyatorlarda ishlatishga mo'ljallangan edi. INTEL firmasining 8080 mikroprotsessoriga asoslangan birinchi kompyuter ALTAIR-8800 nomi bilan MITS firmasi tomonidan ishlab chiqarildi. Bu kompyuterlarning xotira hajmi va ish bajarish koeffitsiyenti chegaralangan edi. SHunga qaramasdan bu kompyuter boshqa keng imkoniyatli kompyuterlarning yaratilishiga asos bo'lib qoldi. 1981 yili IBM firmasi ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.46 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:42 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.46 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga