О'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA О'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI Amaliy matematika va informatika kafedrasi 5130200- Amaliy matematika va informatika ta'lim yо'nalishi bo'yicha bakalavr darajasini olish uchun yozilgan SHERNAZAROV JO'RABEK NORMAMAT o'g'lining Informatika o'qitishda grafik organayzerlardan foydalanish mavzusidagi BITIRUV MALAKAVIY ISHI Ilmiy rahbar: dots.Q.Karimov Himoyaga tavsiya etilsin Fizika- matematika fakulteti dekani prof. A.Q. Tashatov 2017 yil Qarshi - 2017 yil MUNDARIJA KIRISH …….…3 I BOB INFORMATIKA VA UNI O'QITISHNI TASHKIL ETISH……6 1.1 Axborotlashgan jamiyat haqida……6 1.2. Kompyuterning dastur ta'minoti haqida ma'lumotlar 12 1.3 Pedagogik texnologiya konsepsiyasining rivojlanish tarixi……14 1.4 Pedagogik texnologiyaning ilmiy asoslari…….……16 II BOB GRAFIK ORGANAYZERLAR MOHIYATI VA UNDAN FOYDALANISH24 2.1 Grafik organayzerlar mohiyati……24 2.2 Informatikaning asosiy tushunchalarini o'rgatishda grafik organayzerlardan foydalanish30 2.3. Takrorlash operatorlari mavzusini o'qitish34 2.4 Mashgulotning metodik ishlanmasi……39 XULOSA 48 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……49 KIRISH Mamlakatimiz pedagoglarining asosiy vazifasi erkin, ijodkor, mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega, yetuk mutaxassis - komil shaxsni tarbiyalashdan iborat. Fan o'qituvchilari o'z oldilariga talabalarning ilmiy dunyoqarashi shakllantirish masalasini qo'yganlar, talabalardan esa bilimlarini o'zlashtirishda ijodiy yondashuv talab qilinmoqda. Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo'lgan ta'lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo'lidan borayotga mamlakatimizning uzluksiz ta'lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko'tarish, unga ilg'or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish hamda ta'lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasida ko'tarildi. Ta'lim to'g'risidagi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining qabul qilinishi bilan uzluksiz ta'lim tizimi orqali zamonaviy kadrlar tayyorlashning asosi yaratildi.[11] Zero, zamonaviy axborot texnologiyalarini samarali qo'llash talabalarga bilim berish sifatini oshirish, uning mazmun-mohiyatini takomillashtirish, ta'limni zamonaviy talablar darajasida tashkil etish, ta'lim muassasalarida ta'lim samaradorligini oshirish maqsadida ta'lim- tarbiya jarayoniga yangi pedagogik, axborot texnologiyalarini joriy etish, ularda interfaol usul va vositalardan foydalanish ko'zda tutilgan. Shu sababli, bugungi kunda ta'lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan «Informatika» fani o'qituvchilari oldida quyidagi muhim vazifalar turadi: talabalarning mustaqil bilim olish, o'rganish qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishda fanning o'rni va ahamiyatini oshirish; mashg'ulotlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish va o'tkazish; talabalarning faolligini oshirish, o'zlashtirish darajalarini rivojlantirishga yo'naltirilgan metod va shakllarni qo'llash; ta'lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish. Yuqorida sanab o'tilgan vazifalardan ko'rinib turibdiki, ta'lim muassasalari talabalarini mustaqil bilim olishiga yo'naltirilgan texnologiyalardan foydalanishga o'rgatish va doimiy ravishda faolligini oshirib borish lozim. O'qish jarayonida kompyuter texnologiyalari va axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda ta'lim jarayonini tashkil qilish ta'lim samaradorligiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Ishning dolzarbligi. «Informatika» fanini o'qitish samaradorligini oshirish o'quv mashg'ulotlarini tashkil etish hamda o'tkazishda pedagogik va axborot texnologiyalaridan keng foydalanish, o'qitish mazmuniga ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:31:12
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
1.48 MB
Ko'rishlar soni
135 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:42
Arxiv ichida: docx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:31 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
1.48 MB
Ko'rishlar soni
135 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:42 ]
Arxiv ichida: docx