Reja: 1. Informatika. Informatika fani. 2. Hisoblash mashinalari rivojlanish davrlari va avlodlari. 3. EHMning yaratilish tarixi. 4. EHM ning elementlar ba'zasi 5. Axborot. Axborot tushunchasi. 6. Informatika fanini jamiyatdagi o'rni va ahamiyati. 7. Informatika fanini boshqa fanlar bilan uzviy bog'liqligi. 8. sanoq sistemalari va ular ustida amallar. Informatika - (lotincha so'z information- tushuntirish), (fransuzcha- Informatique) so'zi bo'lib, Information (Informatsiya) va Avtomatique (Avtomatika) so'zlaridan tashkil topgan va informatsiya yig'ishni, qayta ishlashni, uzatishni, kompyuter yoki boshqa texnik vositalar yordamida avtomatik tarzda amalga oshirishni o'rganishga bag'ishlangan fandir. Bu fan G'arbiy Yevropadavlatlari va Amerikada «Somruter Science», MDH va Sharqiy Yevropadavlatlarida esa «Informatika» nomi bilan yuritiladi. Bu o'rinda elektron hisoblash mashinalari juda katta hajmdagi informatsiyani qayta ishlashga imkon beradigan samarali quroldir. Ikkinchi muhim tushunchasi «Informatsion texnologiyalar» tushunchasidir. Odatda, «texnologiya» so'zi moddiy ishlab chiqarish sohasiga nisbatan ishlatilib, biror materialni qayta ishlash yoki predmetni tayyorlash jarayonining maxsus texnik usullarini ifodalash maqsadida ishlatiladi. Bundan tashqari grekchadan tarjima qilganda san'at, mahorat degan ma'noni bildiradi. Informatsion texnologiyalarda qayta ishlash uchun «xomashyo» sifatida «axborot» qaraladi va u kompyuter -dastur va qo'shimcha texnik vositalar yordamida avtomatik tarzda qayta ishlanadi. Hozirgi kunga kelib, «Axborot texnologiyalar» informatika fanining ajralmas bir qismi bo'lib, u inson faoliyatining turli sohalarida uchraydigan informatsiyalarni, apparat-dastur vositalari va usullari yordamida qayta ishlash kabi vazifalarni bajarishga mo'ljallangan. Bu ta'rifdan ko'rinib turibdiki, informatika va informatsion texnologiyalar tushunchalari bir-biriga juda yaqin. Informatsion texnologiyalarning asosiy apparat vositasi elektron hisoblash mashinasidir. Dunyo bozorida mavjud turli-tuman EHM parklari orasida IVM (International Business Machine Corporation) kompyuterlari yetakchi o'rin tutadi. Informatika atamasini 1969 yilda fransuz olimlari tomonidan kiritilgan bo'lib, uning ma'nosi axborotni shaqlan almashtirish haqidagi fan demakdir. Informatsiya bu bizni o'rab turgan moddiy olamning obyektlari, voqea-hodisalari, jarayonlar va ularning o'zaro ta'siri, rivojlanishi va haka'zolar haqidagi ma'lumotlar to'plamining inson tomonidan, uning sezish organlari yoki yordamchi texnik vositalar yordamida anglanishi, o'rganilishi natijasida hosil bo'lgan xulosa va ma'lumotlardir. Informatsiya odatda uzluksiz (analog) va raqamli (diskret) ko'rinishlarda bo'ladi. Uzluksiz informatsiyaga misol sifatida odam tovushini, musiqa asarini, raqamli signalga esa, 0 va 1 sonlar kombinatsiyalari orqali ifodalangan uzlukli ma'lumotlarni keltirish mumkin. Mexanik mashinalargacha bo'lgan davr. Hisoblash ishlarining tarixi odamzod paydo bo'lishidan boshlanadi. yer yuzidagi eng birinchi hisoblash vositasi sifatida ibtidoiy odamlar tomonidan qo'l barmoqlari foydalanilgan . Qo'l va oyoq barmoqlari ibtidoiy hisoblash vositasi vazifasining o'tagan. Binobarin, o'sha qadim zamonlardayoq hisoblashning eng birinchi va eng oddiy usuli-barmoq hisobi paydo bo'lgan. U qadimiy qabilalarda hisobni 20 gacha olib borishni ta'minlagan. Hisoblashning bu usulida bir qo'l barmoqlari besh ni, ikki qo'l barmoqlari o'n ni, ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:31:12
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.58 MB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:42
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:31 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.58 MB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:42 ]
Arxiv ichida: ppt