Informatika va algoritmlashning asosiy tushunchalari. Axborot, informatika va uning tarkibiy qismlari haqida tushuncha. Sanoq sistemalari 2. Informatika axborotlashtirishning ilmiy bazasi Axborotlashtirishning ilmiy asosi 2 ta yo'nalishda rivojlanmoqda: 1) fundamental va amaliy tadqiqotlar (jamiyatni axborotga ehtiyoji uchun yangi axborot vositalari va texnologiyalarini yaratish). 2) sotsial informatika. Bu yerda axborotlashtirishning va axborotlashtirilgan jamiyatni qurishni metodologik asosini yaratish. Informatika termini ta'riflari Informatika - kompyuterlar yordami va ularni qo'llash muhiti vositasida axborotlarni yangilash jarayonlari bilan bog'liq inson faoliyati sohasidir. Hozircha faqat informatika va Computer science atamalari uchun (ingliz tilida so'zlashuvchi davlatlarda) nisbatan mustahkam pozitsiya mavjud. Ushbu sohada yetakchi bo'lgan Rossiya va xorijiy davlatlar mutaxassislarining informatika bazasidagi ayrim ta'riflarini keltirib o'tamiz. Informatika - bu axborotni uzatish va qayta ishlash jarayonini o'rganuvchi fundamental tabiiy fan nomi (A.L.Yershov). Informatika - bu, hisoblash texnikasiga tayanadigan axborotni qayta tashkil etish to'g'risidagi fan. Informatika predmeti ijtimoiy tarixiy fenomen, informatika tarkibi sifatida hisoblash texnikasi sanaladi. Informatika tarkibi bu bir-biri bilan uzluksiz va qattiq bog'liq qismlar sanaladi:texnik vositalar, dasturiy va algoritmik qism (A.A.Dorodnitsin) Informatika - bu EHMdan va mashina bilan muloqot qilish, nihoyat mashina yaratish muammosi bilan bog'liq bir qancha yirik fanlardan foydalanishga asoslangan ilmiy-tadqiqotlarning yangi texnologiyasini yaratishni o'z ichiga olgan qandaydir sintetik fan (Ya.Ya.Moiseev). Informatika - turli xil axborotlarni qayta ishlash, insonlarga keng axborot resurslarini taqdim etishga imkon beruvchi yuqori samarali yangi EHM yaratish, turli xil axborotlarni qayta ishlash muammosi to'g'risidagi fan (E.A. Yakubaytis). Informatika - bu, kompleks ilmiy va texnologik fan bo'lib, eng avvalo ma'lumotlarni qayta ishlovchi mashinalar tizimini ishlab chiqish, loyihalashtirish, yaratish hamda ularning jamiyat hayotidagi ta'sirini o'rganadi (V.S.Mixalevich). Informatika - bu, axborotni maqsadga muvofiq qayta ishlovchi avtomat vositalar yordamida amalga oshiriladigan fan bo'lib, texnik, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda bilim va ma'lumotlarni taqdim etish demakdir (fransuz fanlar akademiyasi). Kibernetika - texnik, biologik, iqtisodiy va boshqa turli tizimlarda boshqaruvning umumiy tamoyillari haqidagi fandir. Axborotlashgan jamiyat - bu real iqtisodiyotning tarmoq va sohalarida ishlayotganlarning ko'pchiligi axborotlarni va uning oliy shakli bo'lmish bilimlarni ishlab chiqish, qayta ishlash, saqlash va foydalanish bilan band bo'lgan kishilik jamiyatidir. Axborot industriyasi - bu eng zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida axborot mahsulotlari va xizmatlarini (gazetadan tortib, jurnal, kitob, kompyuter o'yinlari va kompyuter tarmoqlaridagi axborotlargacha) keng ko'lamda ishlab chiqarishdir. Axborot texnologiyalari - axborotni to'plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlardir. Informatika tuzilmasi Informatikaning nazariy asoslari: 1-axborotning statistik nazariyasi, falsafiy aspektlar, axborotning sifat nazariyasi, kognitologiya, kriptografiya; 2- axborot jarayonlari nazariyasi; 3-hisoblash texnikasi, hisoblash tarmog'ining nazariy asoslari -aloqa nazariyasi; 4-modellashtirish ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:31:12
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
628.26 KB
Ko'rishlar soni
74 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:42
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:31 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
628.26 KB
Ko'rishlar soni
74 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:42 ]
Arxiv ichida: ppt