IHTA bo'yicha ta'lim standarti «Ta'lim to'g'risida», «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasining «O'zbekiston Respublikasida umumiy o'rta ta'limni tashkil etish to'g'risida» 1998 yil 13 maydagi 203-son qarori bajarilishini ta'minlash, ta'lim mazmuniga islohotlarning bosh maqsadidan kelib chiqqan holda zarur tuzatishlar kiritish, uning sifati va samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va 1998-199 o'quv yilida ta'lim muassasalarida tajriba-sinovdan o'tgan umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standartlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi: 1998-199 o'quv yilida ta'lim muassasalarida tajriba-sinovdan o'tgan umumiy o'rta ta'lim o'quv dasturlari va rejalarini belgilangan tartibda tasdiqlansin; 199-200 o'quv yilidan boshlab umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standartlarini umumiy o'rta ta'lim muassasalarida o'quv dasturlari bilan birgalikda quyidagicha bosqichma-bosqich joriy etilsin: -199-200 o'quv yili 5-6 sinflar; -200-2001 o'quv yili 7-siif; -2001-2002 o'quv yili 8-sinf; -2002-2003 o'quv yili 9-sinf; umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standartlari va o'quv dasturlarini nashr etsin va 199 yil 1 sentyabrgacha ta'lim muassasalariga yetkazsin. yangi davlat ta'lim standartlari va o'quv dasturlariga asosan original darsliklarni yaratib, belgilangan tartib va muddatlarda nashriyotga topshirsin; kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari asosida 199-200 o'quv yilidan boshlab pedagog kadrlarni yangi davlat ta'lim standartlari va o'quv dasturlari bilan faoliyat ko'rsatishlarini ta'minlansin. 3. O'zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo'mitasi, «Sharq» nashriyot-matbaa konserni yangi davlat ta'lim standartlari va o'quv dasturlari asosida yaratilgan original darsliklarni buyurtma va ehtiyoj asosida o'z vaqtida chop etish hamda joylarga yetkazishni ta'minlasinlar. 4. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Xalq ta'limi vazirligi taqdim etgan smeta asosida davlat ta'lim standartlari va o'quv dasturlarni nashr etish uchun sarflanadigan mablag'larni belgilangan tartibda ajratsin. 5. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta ta'lim vazirligi hamda Xalq ta'limi vazirligi akademik litseylar, kasb-hunar kolejlari va oliy o'quv yurtlari uchun davlat ta'lim standartlari va o'quv dasturlarini ishlab chiqishda ta'lim turlari va bosqichlari o'rtasidagi uzviylikni, ta'lim mazmuni uzluksizligi ta'minlansin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari H.S.Karomatov zimmasiga yuklansin. Vazirlar Mahkamasining Raisi Islom Karimov Toshkent shahri 16 avgust 199 y. UMUMIY O'RTA TA'LIM O'QUV DASTURI INFORMATIKA VA HISOBLASH TEXNIKASI ASOSLARI Ushbu dastur O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ni hayotga joriy etish maqsadida ishlab chiqilgan «Umumiy o'rta ta'lim standarti» asosida tuzilgan. Dastur Respublika Ta'lim markazi qoshidagi Informatika va axborot banki bo'limi ilmiy-metodik kengash yig'ilishining 1998 yil 2 iyul 3-sonli qarori bilan sinov dasturi sifatida qo'llashga tavsiya etildi. UQTIRISH XATI «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da: kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:31:12
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.69 KB
Ko'rishlar soni
116 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:42
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:31 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.69 KB
Ko'rishlar soni
116 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:42 ]
Arxiv ichida: doc