Informatika va axborot texnologiyalari faniga kirish. Fanning bugungi taraqqiyot darajasi Reja: Informatika va axborot texnologiyalari fani haqida Fanning maqsad va vazifalari Fanning bugungi taraqqiyot darajasi Informatika va axborot texnologiyalar fani haqida «Informatika va axborot tеxnologiyalari» yildan yilga kishilik faoliyatining turli sohalarida yanada kеng qo'llanilib borilmoqda. Ularni yaratish, ishga tushirish va kеng qo'llashdan maqsad - jamiyat va inson butun hayot faoliyatini axborotlashtirish borasidagi muammolarni hal etishdir. Jamiyatni axborotlashtirish dеganda inson faoliyatining barcha ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan sohalarida boyitilgan bilimlar, ishonchli axborotlar bilan to'liq va o'z vaqtida foydalanishni ta'minlashga qaratilgan komplеks chora-tadbirlarni hamma joylarda tadbiq etish tushuniladi. Axborot xuddi an'anaviy rеsurslar kabi izlab topish, tarqatish mumkin bo'lgan rеsursga aylandi. Hozirgi zamonda biror bir sohada ishni boshlash va uni boshqarishni kompyutersiz tasavvur qilish qiyin. XXI asr savodxon kishisi bo'lishi uchun kompyuter savodxoni bo'lishi, axborot texnologiyalarini puxta egallamoq lozim. Har bir mutaxassis, u qaysi sohada ishlashdan qat'iy nazar, o'z vazifasini zamon talabi darajasida bajarishi uchun axborotni ishlab chiqaruvchi vositalar va ularni ishlatish uslobiyotini bili shva ishlash kunikmalarga ega bo'lishi zarur. Shu sababli bugO'ngi kunda mustaqil Respublikamizda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar, jumladan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida Kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta ko'rish nazarda to'tiladi deb ta'kidlangan. Davr talabiga ko'ra bugunga kelib kompyuter texnologiyasi juda rivojlanib bormoqda. Ma'lumotlarni boshqarish, ayniqsa, hozirgi kunda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ma'lumotlarni boshqarish tizimlariga bo'lgan talab kun sayin ortib bormoqda. Katta xajmdagi ma'lumotlar bazasi va axborotlar ustida ishlashga to'g'ri kelyapti. Jamiyat taraqqiyotida yo'z berayotgan jadal o'zgarishlar uning bir qismi bo'lgan informatika sohasiga ham o'z ta'sirini ko'rsatmoqda. Bu ta'sir shunchalik kuchliki, axborot texnologiyalarida bo'layotgan o'zgarishlar yillar ichida emas, balki oylar ichida o'zgarib va boyib bormoqda. Axborot texnologiyalarida juda katta yutuq va o'zgarishlar amalga oshdi. Yangi axborot texnologiyalarining yoki kompyuter texnologiyalarining paydo bo'lishi bu sohadagi xizmat qilish uslubini tubdan o'zgartirdi. Tasavvur qilib ko'ring, yaqin-yaqinlargacha biror masalani kompyuterda yechish uchun algoritmlarni, dasturlash tillaridan birini, dasturni kompyuter xotirasiga kiritishni, uning xatolarini, natijani taxlil qilishni talab qilar edi. Bu ishni faqat mutaxassislargina amalga oshirar edilar. Ammo bu sohada mutaxassis bo'lmagan foydalanuvchilar sonining kundan-kunga ko'payishi jamiyat oldida ma'lum qiyinchiliklarni tug'dirdi. Axborot texnologiyasi-bu aniq texnik dasturlar vositasining majmui bo'lib, ular yordamida biz ma'lumotlarni qayta ishlash bilan bog'liq bo'lgan hayotdagi turli-tuman masalalarni hal etamiz. Informatika keng ma'noda fan, texnika va ishlab chiqarish, ya'ni inson faoliyatining barcha sohalarida axborotni kompyuter va telekommunikatsiya yordamida qayta ishlash, saqlash, uzatish bilan bog'liq ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:31:12
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.38 KB
Ko'rishlar soni
128 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:42
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:31 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.38 KB
Ko'rishlar soni
128 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:42 ]
Arxiv ichida: doc