Reja: Fanning predmeti va vazifasi. Axborotning jamiyat, ishlab chiqarish va fandagi o'rni. Axborotni yig'ish, saqlash va ishlov berishning yangi texnologiyasi. Axborot turlari. Axborotlarni kompyuterda tasvirlash usullari. Fanning predmeti va vazifasi Informatika va axborot texnologiyalari fanining predmeti bir-biri bilan o'zviy bog'liq uchta tushuncha: algoritmlash, dasturlash va kompyuterdan tashkil topgan bo'lib, talabalarning algoritmik fikrlash madaniyatini o'stirish, kompyuter savodxonligini oshirish va kompyuterni o'qish jarayonida, ilmiy texnik hisoblash ishlarida, ilmiy izlanishlarda qo'llash bilimlarini berishni nazarda tutadi. Informatika va axborot texnologiyalari fanining vazifasi talabalarga kompyuterda qayta ishlov uchun zarur bo'lgan axborotlarni tasvirlash, yechilayotgan masalani birmuncha sodda bo'laklarga bo'lib, matematik modellash asoslarini o'zlashtirish, asosiy algoritmlar turlarini, algoritmik tillardan birini mukammal bilish, dastur tuzish va uni kompyuterga kiritib natija olish va shaxsiy kompyuterlarda ishlashni o'rgatishdan iboratdir. Axborotning jamiyat, ishlab chiqarish va fandagi o'rni Insoniyat o'zining rivojlanishi tarixi mobaynida modda, quvvat va axoborotlarni o'zlashtirib kelgan. Bu rivojlanishning butun bir davrlari shu bosqichning ilg'or texnologiyasi nomi bilan atalgan. Masalan: tosh asr - mehnat quroli yasash uchun toshga ishlov berish texnologiyasini egallash bosqichi, kitob chop etish asri - axborotni tarqatishni yangi usulini o'zlashtirish bosqichi, elektr asri - quvvatning yangi turlarini o'zlashtirish bosqichi shular jumlasidandir. Bundan 20-30 yillar ilgari atom asri boshlandi deyilgan bo'lsa, hozirgi kunda axborot asri, Kompyuter asri deb aytiladi. Informatika va axborot texnologiyalari fanining kelib chiqishi, uning uch tarkibiy qismi algoritm, dastur va hisoblash vositalari kompyuterning paydo bo'lishi va rivojlanishi bilan bog'liq. XIX asr oxiri, XX asr boshlarida fanlarning yangi yo'nalishlari va yangi fanlarning paydo bo'lishi ishlov berish uchun zarur bo'lgan axborotlar hajmini keskin oshib ketishiga olib keldi. XX asr o'rtalarida yaratilgan axborotlarni avtomatik ishlov qurilmasi-elektron hisoblash mashina (kompyuter) lar katta hajmdagi axborotlarni saqlab turish va katta tezlikda ishlov berish imkoniyatini tug'dirdi. Buning natijasida esa murakkab ilmiy-texnik masalalarni (atom energetikasi, kosmosni o'zlashtirish, ob-havo bashorati, ishlab chiqarishni avtomatlashtirilgan boshqarish, avtomatlashtirilgan loyihalash va x.k.) yechish, ularni tahlil qilish mumkin bo'lib qoldi. Demak, quyillgan masalani to'g'ri yechib olish uchun zarur bilim va mahorat (algoritm va usul), kompyuter tushunadigan dastur va kompyuterning o'zi bir butunning uch qismi, biz urgananishimiz kerak bo'lgan fanning tarkibiy qismidir. Informatika va axborot texnologiyalari axborotlarni kompyuter yordamida tasvirlash, saqlab turish, uzatish va ishlov berish usullarini o'rganadigan fandir. Bu fan ham boshqa fanlar qatorida olamni bilish uchun xizmat qiladi. Olamdagi har bir jonli va jonsiz mavjudot makonda va vaqtda o'zgarib turadigan modda va quvvat ko'rinishda namoyon bo'ladi. Modda va quvvat dunyoning ikki muhim mazmuni, uning ikki muhim tarkibiy qismidir. Lekin borliqning mavjud bo'lishi va uni bilishning yana bir muhim ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:31:12
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
39.98 KB
Ko'rishlar soni
135 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:43
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:31 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
39.98 KB
Ko'rishlar soni
135 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:43 ]
Arxiv ichida: doc