Informatika va uning jamiyatdagi o'rni Reja: 1.Informatika fanining maqsadi va vazifalari 2.Informatikaning taraqqiyoti va yo'nalishi 3.O'zbekiston Respublikasining axborotlashtirish dasturi Informatika fanining maqsadi va vazifalari. Informatika fanini o'rganishdan maqsad quyidagilar haqida mukammal bilimga ega bo'lishdan iborat: -informatika fanining taraqqiyoti; -axborotlar va ularning tasnifi; -axborotlarning EHM da tasvirlanishi; -kompyuter avlodlari; -kompyuter qurilmalari va ularning ishlash prinsiplari; -dasturlash haqida ma'lumotlar. Informatika. Axborot xususiyatlarini o'rganish, uni yig'ish, saqlash, qidirish, qayta ishlash, o'zgartirish hamda inson faoliyatining turli sohalarida foydalanish va tarqatish bilan shug'ullanadigan fan informatika deb ataladi. Informatika fanining asosiy vazifasi - milliy iqtisodiyotda iqtisodiy va texnologik jarayonlarni tashkil qilish va boshqarish masalalarini hal qilishda informatika fanining yutuqlaridan, yani matematik modellashtirish, algoritmlar tuzish, axborot ta'minotini tayyorlash, dasturlardan foydalanish va masalalarni kompyuterda yechishni o'rganishdan iborat. Informatika faning asosiy vazifalari qatoriga quyidagilarni ham kiritish mumkin: a) turli sohalardagi axborot jarayonlarini tadqiq etish; b) tadqiqotdan olingan natijalar asosida axborotni qayta ishlaydigan axborot tizimini ishlab chiqish va yangi taxnologiya yaratish; v) barcha sohalarda kompyuter texnikasi va texnologiyasidan samrali foydalanishning ilmiy muammolarni yechish va tadbiq qilishdan iborat. Informatikaning taraqqiyoti va yo'nalishi. Informatika 1960 - yillarda Fransiyada EHM yordamida axborotlarni qayta ishlash bilan shug'ullanuvchi sohani ifodalovchi atama sifatida yuzaga keldi. Informatika atamasi lotincha informatic so'zidan kelib chiqqan bo'lib, tushuntirish, xabar qilish, bayon etish manolarini anglatadi. Informatikaning fan sifatida ajralib chiqishi birinchi navbatda kompyuter texnikasining rivojlanishi bilan uzviy bog'liqdir. Informatika inson faoliyatining turli jabhalardagi axborotlarni izlash, to'plash, qayta ishlash qonuniyatlarini EHM tizimlariga asoslangan holda o'rganuvchi fandir. Informatikaning asosiy uchta yo'nalishi mavjud. Birinchi yo'nalish axborotni uzatish, yig'ish va qayta ishlashning texnik vositalarini rivojlantirish nazariyasi bilan bog'liq. U o'z ichiga hisoblash komplekslarini, lokal va global hisoblash tarmoqlari, aloqa nazariyasini olgan keng ilmiy-ommaviy sohadir. Ikkinchi yo'nalish ma'lumotlarni qayta ishlash bo'yicha har xil amaliy vazifalarni hal etish yuzasidan turli kategoriyadagi foydalanuvchilar uchun texnik vositalar bilan samarali ishlashni tashkil qilish imkonini beradigan, dasturiy ta'minotni ishlab chiqishga yo'naltirilgan, matematik va amaliy fanlar kompleksini o'z ichiga olgan dasturlashtirishdir. Bu yo'nalishga algoritmlashtirish tillari nazariyasi, ma'lumotlarni tashkil etish, saqlash, qidirish va qayta ishlash nazariyasi, tizimli hamda amaliy dasturlashtirish nazariyasi kiradi. Uchinchi yo'nalish - avtomatlashtirilgan usulda turli darajadagi vazifalarni hal etish modellari, algoritmlari, tartibi, texnologiyasini ishlab chiqish va tashkil qilishdir. Informatika o'zaro aloqador uch qismdan iborat: algoritmik vositalar, dasturiy vositalar va texnik vositalar. Informatikaning moddiy-texnik bazasi boshqaruv faoliyatining turli sohasi va darajalarida ishlayotgan mutaxassislar uchun avtomatlashtirilgan ish joylaridan keng foydalanish inkonini beradi va shuningdek, ekspert - professional (ekspert tizimi) darajasida qaror qabul qilishga qodir bo'lgan ixtisoslashtirilgan predmet sohasida hisoblash tizimini va axborot-kommunikatsiya ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:31:12
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.94 KB
Ko'rishlar soni
139 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:43
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:31 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.94 KB
Ko'rishlar soni
139 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:43 ]
Arxiv ichida: doc