Informatikani o'qitishda interfaol ta'lim va uning didaktik imkoniyatlari

Informatikani o'qitishda interfaol ta'lim va uning didaktik imkoniyatlari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Informatikani o'qitishda interfaol ta'lim va uning didaktik imkoniyatlari - rasmi

Material tavsifi

Informatikani o'qitishda interfaol ta'lim va uning didaktik imkoniyatlari MUNDARIJA Kirish……. 2 I bob. Informatika fani va uni o'qitishni tashkil etish 5 1.1. Axborot va uning turlari5 1.2. Informatika o'qitishning tashkiliy shakllari. …… 9 1.3 Informatikani o'qitishda didaktik tamoyillar 16 II bob. O'qitishda interfaol metodlardan foydalanish……. 21 2.1 Interfaol ta'lim va uning didaktik imkoniyatlari 21 2.2 Interfaol ta'limning asosiy belgilari 25 2.3 O'qitishning interfaol usullari29 2.3 Qiziqtiruvchi texnologiyalar…… 37 2.5 Informatika faniga oid dars ishlanmasi……41 Xulosa…… .46 Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati……47 KIRISH Ta'lim to'g'risidagi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining qabul qilinishi bilan uzluksiz ta'lim tizimi orqali zamonaviy kadrlar tayyorlashning asosi yaratildi. Ta'lim jarayoni samaradorligini oshirish, ta'lim oluvchilarning mustahkam nazariy bilim, faoliyat, ko'nikma va malakalarini shakllantirish, ularni kasbiy mahoratga aylanishini ta'minlash maqsadida o'quv tarbiya jarayonida interfaol metodlardan foydalanish davr taqozosi hamda ijtimoiy zaruriyat sifatida kun tartibiga qo'yilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 28 maydagi Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi muassasalarini shunday kadrlar bilan ta'minlash tizimini takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to'g'risida qabul qilgan qarorida zamonaviy fikrlovchi pedagogik kadrlar tayyorlashga, ta'lim jarayonida ilg'or pedagogik va axborot- kommunikatsiya texnologiyalari, shuningdek elektron ta'lim resurslari va mul'timedia taqdimotlaridan foydalanishni yo'lga qo'yishga alohida e'tbor qaratilishiga urg'u berilgan. Shu munosabat bilan bugungi kunda yuqorida aytilgan bilimlarni pedagoglar tomonidan o'rganish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Ishning dolzarbligi. Pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi va ularning o'quv-tarbiya jarayoniga kirib kelishi, shuningdek, axborot texnologiyalarining tez almashinuvi va takomillashuvi jarayonida har bir inson uchun o'z kasbiy tayyorgarligini, mahoratini kuchaytirish imkoniyati yaratiladi. Ta'lim-tarbiya jarayoniga interfaol metodlarni tadbiq etish kadrlar tayyorlashga yo'naltirilgan umumiy jarayon mazmunining sifat jihatdan o'zgarishni ta'minlaydi. O'qitishda interfaol metodlarni informatika darslarida qo'llash bo'yicha A.A.Abduqodirov, F.Zokirova, D. Ro'ziyeva va boshqa shu kabi olimlar tomonidan o'qitish jarayonida foydalanish imkoniyatlari o'rganilgan.[5,22] Lekin informatikani o'qitishda interfaol metodlardan foydalanishni uzluksiz ta'lim tizimining barcha bo'g'inlarida qo'llash borasidagi ilmiy tadqiqotlar yetar-licha o'rganilmagan. Hozirgi kunda o'qitishda interfaol metodlardan foydalanish uning mazmun mohiyatini bilish juda muhimdir. Uning ta'limda qo'llanilishi esa o'quv jarayonini samaradorligini oshirish yo'llaridan biri bo'lib hisoblanadi. Shu jihatdan olganda ishning muammosi dolzarb hisoblanadi. Ishning obyekti: kasb-hunar kollejlarida, o'quv yurtlarida informatikani o'qitishda interfaol metodlarni qo'llash jarayoni, ularni amaliyotga joriy etish va foydalanish. Ishning predmeti: o'quv jarayonida informatikani o'qitishda interfaol metodlarni qo'llash va undan foydalanish muammolari va istiqbollari. Ishining asosiy maqsadi: - interfaol metodlarni qo'llab informatikani o'qitish jarayoni samaradorligi bo'yicha ishlarni tahlil etish va informatikani o'qitishda interfaol metodlarni qo'llash imkoniyatlarini aniqlashdan iborat; Buning uchun quydagi vazifalarni amalga oshirish lozim: - interfaol metodlarni informatikani o'qitish jarayoniga ko'maklashish samaradorligi bo'yicha ishlarni tahlil etish; - ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.24 MB
Ko'rishlar soni 119 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:43 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.24 MB
Ko'rishlar soni 119 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga