Reja: Axborot va ma'lumot tushunchalari Informatikaning asosiy tushunchalari va vazifalari Kirish O'zbekiston Respublikasi o'z mustaqilligiga erishganiga uncha ko'p muddat bo'lmaganiga qaramasdan, u jahon hamjamiyatida va sivilizatsiyasida o'zining munosib o'rnini mustahkam egallab oldi va ildam qadamlar bilan XXI asrga - axborotlashgan jamiyat sari kirib keldi. Respublikamizda qabul qilingan Axborotlashtirish to'grisidagi (1993 yil may), EHM va ma'lumotlar bazasi uchun dasturlarni huquqiy muhofaza qilish haqidagi (1994 yil may) qonunlari va ularning bajarilishi maqsadida Vazirlar mahkamasi tomonidan O'zbekiston Respublikasini axborotlashtirish konsepsiyasining (1994 y dekabr) ishlab chiqilishi fikrimizning yorkin dalilidir. Chunki hozirgi paytda insoniyat, shuningdek informatika fani muqarrar haqiqat bilan yuzma-yuz bo'lmokda. Uning asosiy masalasi-muammosi insoniyat faoliyatining boshqa biror sohasida bo'lmagan-uchramagan informatsion-axborot inqirozini (behisob ko'payib ketishini) engib o'tishdir. Ammo qo'yilgan masalani yechishni zamonaviy axborot texnologiyalari majmui- super-kompyuterlar, kompyuter va axborot tizimlari, mahalliy va global tarmoqlar, Internet umumjahon tarmoqlaridan unumli foydalangan holda amalga oshirish mumkin. O'z navbatida, yangi ming yillikda istalgan sohaning zamonaviy mutaxassislari, jumladan muhandislar, iqtisodchilar, moliyachilar, bank va soliq tizimi xodimlari, menejerlar, marketologlar va boshqalar tegishli sohaning axborot resurslaridan erkin va samarali foydalanishi (olish, to'plash, yaratish, qayta ishlash, saqlash, uzatish va hokazo) uchun zamonaviy kompyuter-axborot-telekommunikatsiya vositalari bo'yicha tegishli ilmlarga- axborot madaniyatiga ega bo'lishlari kerak bo'ladi. Axborot madaniyatining zaminini yaratish esa Informatika fanining predmetini tashkil etadi va uni o'rganish maktab partasidan boshlanib, oliy o'quv yurtlarida davom ettiriladi. Mazkur fanning asosiy maqsadi talabalarga informatikaning texnik, programma (tizimli va amaliy) va algoritmlash vositalarining imkoniyatlarini o'rganish bo'yicha nazariy bilimlar hamda tegishli soha masalalarini yechish bo'yicha amaliy foydalanish ko'nikmalarini mukammal shakllantirishdan iboratdir. Ushbu o'quv kursi Respublikamiz oliy o'quv yurtlarida, jumladan malaka oshirish institutlarida hamda turli tashkilot va korxonalarda mavjud bo'lgan IBM va unga o'rindosh bo'lgan zamonaviy kompyuterlardan foydalanishga mo'ljallangan mavzularni o'z ichiga oladi. Kursni o'rganishda asosiy etibor quyidagilarga qaratilishi lozim: zamonaviy ShEXM larda erkin ishlash ko'nikmalarini shakllantirish, tegishli sohalarga doir masalalarni kompyuterlarda yechish texnologiyasini o'rganish va qo'llash, zamonaviy matn muharrirlari va jadval protsessorlari asoslarini o'rganish va qo'llash. Kursni o'rganish jarayonida tegishli mavzular bo'yicha ma'ruza, amaliy darslar ishlari, mustaqil ta'lim va mustaqil ishlarni bajarish ko'zda tutiladi. Nazorat turlari: joriy baholash, oraliq baholash, yakuniy baholash test va yozma ravishda o'tkazish rejalashtirilgan. 1.2. Axborot va ma'lumot tushunchalari. Kompyuterlar bilan ishlash usullarini o'rganish jarayonida uni dastlabki xayolga kelmagan imkoniyatlari ochildi. Zamonaviy kompyuterlar amalda xamma narsani bajarishi mumkin, lekin buning uchun odamning o'zi nimani istayotganligini aniq bilishi, eng muhimi mashinaga buni qanday bajarish kerakligini tushuntirib bera olishi shart. O'z navbatida mashinaga nimanidir tushuntirish uchun esa unga informatsiyani-axborotni yozish zarurdir. Chunki, axborot informatika sohasining asosiy ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:31:12
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.58 KB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:43
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:31 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.58 KB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:43 ]
Arxiv ichida: doc