Informatsion texnologiyalar va informatsion tizimlar

Informatsion texnologiyalar va informatsion tizimlar

O'quvchilarga / Informatika va AT
Informatsion texnologiyalar va informatsion tizimlar - rasmi

Material tavsifi

INFORMATSION TYeXNOLOGIYaLAR VA INFORMATSION SISTYeMALAR Axborotlashgan jamiyat - jamiyatning kupchilik a'zolari axborot, ayniqsa, uning oliy shakli bulmish bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash , qayta ishlash va amalga oshirish bilan band bo'lgan jamiyatdir. Informatika atamasi lotincha informatic so'zidan kelib chikkan bo'lib, tushuntirish, xabar qilish, bayon etish manosini anglatadi. Ingliz tilida bu atamaga Computer science (kompyuter texnikasi haqidagi fan) sinonimi mos keladi. Informatikaning asosiy resursi - axborotdir. Informatika - axborot texnologiyalari vositalari yordamida axborotni takdim etish, kabul qilish, saqlash , unga ishlov berish, uzatish usullarini, yani axboriy jarayonlarni va axborot texnologiyalari vositalarining faoliyat ko'rsatish tamoyillarini, ularni boshqarish usullarini sistemali ravishda o'rganuvchi fandir. Informatikada «tizim» tushunchasi kuprok texnik vositalar, asosan, kompyuterlar va murakkab obyektlarni boshqarishga nisbatan ishlatiladi. «Tizim» tushunchasiga «axborot» so'zining kushilishi uning belgilangan funksiyasini va yaratilish maqsadini aniq aks ettiradi. Axborot tizimi - belgilangan maqsadga erishish yo'lida axborotni yigish, saqlash , qayta ishlash va uzatish uchun qo'llaniladigan usullar, vositalar va shaxslarning o'zaro boKlangan majmuasidir. Texnologiya - bu sun'iy obyektlarni yaratishga yo'naltirilgan jarayonlarni boshqarishdir. A x b o r o t t e x n o l o g i ya s i - bu axboriy ma'lumotni bir ko'rinishdan ikkinchi, sifat jihatidan yangi ko'rinishga keltirish, axborotni yiKish, qayta ishlash va uzatishning usul va vositalari majmuasidan foydalanish jarayonidir. Axborot texnologiyalari hozirgi vaqtga qadar bir necha evolyutsion bosqichlarni bosib utdi. 1-bosqich. XIX asrning ikkinchi yarmigacha davom etgan. Bu bosqichda «Kullik» axborot texnologiya taraqqiy etgan. Uning vositasi: pero, siyoxdon, kitob. Kommunikatsiya, yani aloqa odamdan odamga yoki pochta orqali xat vositasida amalga oshirilgan. 2-bosqich. XIX asrning oxiri, unda «Mexanik» texnologiya rivoj topgan. Uning asosiy vositasi yozuv mashinkasidan iborat. 3-bosqich. XX asr boshlariga mansub bo'lib, «Elektromexanik» texnologiyalar bilan farq qiladi. Uning asosiy vositalari sifatida telegraf va telefonlardan foydalanilgan. Bu bosqichda axborot texnologiyasining maqsadi xam uzgardi. Unda asosiy urKu axborotni tasvirlash shaklidan, uning mazmunini shakllantirishga kuchirildi. 4-bosqich. XX asr o'rtalariga to'g'ri kelib, «Elektron» texnologiyalar qo'llanilishi bilan belgilanadi. Bu texnologiyalarning asosiy vositasi EUMlar va ular asosida tashkil etiladigan avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari va axborot izlash tizimlaridir. 5-bosqich. XX asr oxiriga to'g'ri keladi. Bu bosqichda «Kompyuter» texnologiyalari taraqqiy etdi. Ularning asosiy vositasi turli maqsadlarga mo'ljallangan dasturiy vositalarga ega bo'lgan shaxsiy kompyuterlardir. Bu bos­kichda kundalik turmush, madaniyat va boshqa sohalarga mo'ljallangan texnik vositalarning o'zgarishi ruy berdi. Lokal va global kompyuter tarmoqlari ishlatila boshlandi. Axborot texnologiyalari bir necha turlarga bulinadi: 1. ma'lumotlarga ishlov beruvchi axborot texnologiyalari. Ular malum algoritmlar bo'yicha boshlanKich ma'lumotlarga ishlov beruvchi masalalarni yechishga mo'ljallangan. Masalan, xar bir firmada uzining xodimlari haqidagi axborotga ishlov beruvchi axborot ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 65.04 KB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:43 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 65.04 KB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga