Informatsion tizimlarning boshqaruvda tutgan o'rni

Informatsion tizimlarning boshqaruvda tutgan o'rni

O'quvchilarga / Informatika va AT
Informatsion tizimlarning boshqaruvda tutgan o'rni - rasmi

Material tavsifi

Informatsion tizimlarning boshqaruvda tutgan o'rni Ma'lumotlarni avtomatlashtirilgan qayta ishlash boyicha kompyuterlarni samarali qollash doirasi kundan-kunga kengayib bormoqda. Informatikani tatbiq etishning asosiy sohalari quyidagilardir: - ishlab chiqarishni toliq avtomatlashtirish va robotlashtirish; - ilmiy izlanishlar va loyihalashtirishni avtomatlashtirish; - tashkiliy - iqtisodiy boshqarishda informatikani qollash; - maktablar, kollejlar, oliy oquv yurtlarida oqitish va kadrlar tayyorlashni kompyuterlashtirish; - xizmat korsatish, sogliqni saqlash va aholi turmush sohalariga informatikani tatbiq etish. Xususiy kompyuterlarning paydo bolishi informatikani tatbiq etish va kompyuter boyicha savodsizlikni tugatishni tezlatishga asosiy turtki bo'ldi. Hozirgi zamon kompyuterlariga bolgan qiziqish shuning uchun ham oshdiki, ular masalani yechishda mehnat unumdorligini keskin oshirdi. Masalan, katta integral sxemalarini loyihalashtirishni avtomatlashtirishda kompyuterlarning qollanishi loyihalarni ishlab chiqishni bir necha yildan bir necha oygacha qisqartirish imkonini berdi. Bu integral sxemalar yangi kompyuterlarda qollanishini hisobga olsak, kompyuterlarning mukammallashib borishi juda tez yuz berishi va yaqin orada juda ham mukammal kompyuterlar yaratilishi kutilishiga umid qilishimiz mumkin. Xususiy kompyuterlarning imkoniyatlari avtomatlashtirilgan ish orinlari (AIO')- ning yangi avlodini yaratish imkonini beradi. Bunday aqlli stantsiyalar programma ta'minotining asosiy qismlaridan biri bolib funktsional protsessorlar xizmat qiladi. Hisoblash texnikasidan hisob-kitob, ma'lumotlarni qayta ishlash va boshqarish ishlarini bajarishda foydalanish, bu ishlarni yuqori saviyada bajarishdan tashqari boshqaruv apparatidagi xizmatchilar sonini kamaytirish, toliq va aniq ma'lumotlarni istalgan vaqt oraligi uchun olish imkonini beradi. Hozirgi zamon aloqa sistemalari kompyuterlarni istalgan uzoqlikdagi elektron ma'lumot manbalariga ulash imkonini beradi. Bunga misol bolib, sun'iy yo'ldoshlar orqali bog'langan kosmik aloqa sistemasi hamda dunyoning 30 dan ortiq mamlakatidagi 1500 dan ortiq ilmiy markazlarni bog'lovchi xalqaro kompyuter tarmog'i xizmat qilishi mumkin. 1976 yilda Frantsiyada Videotex deb nomlangan milliy tarmoq yaratishga kirishildi. Bu tarmoqdan foydalanish uchun har bir telefon apparati bor bo'lgan xonadan o'z xonadoniga terminalni o'rnatishi mumkin. Bu terminal yordamida telefon tarmog'i orqali kerakli tashkilot nomerini terib, u yerdagi kompyuterdan foydalanib turli xil xizmatlarni, shu jumladan bank xizmatlarini ham olish mumkin. 1986 yilga kelib 2,5 million shunday terminallar o'rnatildi. Shulardan bir qismi tekinga o'rnatildi. Teletal nomli loyihaga binoan 2 ming xil xizmat ko'rsatish turi mavjud bo'lib, shulardan 30 xili bank xizmatlari ko'rsatish uchun mo'ljallangan. 1986 yil boshida 150 ming iste'molchilar uchun va 50 ming ishbilarmon uchun elektron schetlar ochildi. 1986 yil oxirida Frantsiyaning taxminan 2% xonadon egalari o'z uylarida banklarning bo'limlariga ega bo'ldilar. Bu yo'nalishlarni Buyuk Britaniyada Nottingxem Bilding Sosayeti va Benk of Skotland, Germaniyada Kelbn jamg^arma banki va Gamburgdagi Ferbrauxer Bank tashkilotlari boshlab berdi. Shvetsiyada uylardagi banklar bilan ishlashni Stokgolbmdagi Gota banken boshlab berdi. O'zbekiston Respublikasi uchun ko'rib chiqilayotgan muammo juda ham dolzarbdir. Bank tizimini ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 363.6 KB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:43 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 363.6 KB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga