Instrumental vositalar muhitida ishlash

Instrumental vositalar muhitida ishlash

O'quvchilarga / Informatika va AT
Instrumental vositalar muhitida ishlash - rasmi

Material tavsifi

Instrumental vositalar muhitida ishlash Reja: 1. FAR programmasi haqida ma'lumot. 2. FAR imkoniyatlari. 3. FAR panellari tarkibi 4. FAR da funksional tugmalar vazifasi 5. Fayllar guruhini tanlash 6. Fayl matnini ekranda ko'rish va tahrirlash 7. Fayl va katalog nusxasini olish 8. Fayl va katalogni qayta nomlash,ko'chirish va o'chirish 9. Katalog tashkil etish 10.Faylni tez topish FAR programmasi haqida ma'lumot FAR Manager ,keyinchalik FAR, dasturining muallifi - Yevgeniy Roshal (Rossiya). Ushbu dasturning interfeysi NC juda o'xshash bo'lib, lekin fakatgina Windows tizimida ishlash uchun mo'ljallangan. FAR dasturi maxsus programma-klient FTP bilan ishlashga mo'ljallangan va tekst redaktori bevosita buferdagi ma'lumotlarni o'qiy olish imkoniga ega. Kataloglarga qo'shimcha izoxlar berish imkoni ham mavjud. Bu programma fayllar va direktoriyalar bilan asosiy amallarni: qidirish,nusxa ko'chirish, qayta nomlash,o'chirish kabilarni soddaroq,qulayroq va yaqqol bajaradi. Shunday qilib,FAR operatsion sistema vazifalarni bajaradi va uning imkoniyatlarini kengaytiradi.Operatsion tizimning komandalari bilan tug'ridan-tug'ri FAR dan chiqmasdan turib ishlash mumkin. FAR imkoniyatlari FAR turli funksiyalarni bajaradi,xususan -Diskdagi kataloglar ruyxatini yaqqol ko'rsatadi; -Diskdagi kataloglar daraxtini ko'rsatish,kataloglarni yaratish,qayta nomlash,o'chirish imkoniyatlariga ega; -Fayllar ustida nusxa ko'chirish,qayta nomlash,joyni o'zgartirish va o'chirish komandalarini kulayroq bajaradi; -Turli matnli fayllarni,ma'lumotlar bazasi yozuvlarini ko'rish, matnli fayllarni tahrirlash imkoniga ega. - ixtiyoriy komandani bajaradi. -FARdan chiqish uchun [F10] tugmachasi bosiladi. FAR panellari tarkibi FAR panelida biror disk yoki katalogning katalog, fayllari haqidagi ma'lumotlar yoki diskdagi kataloglar daraxti va hoka'zolar tasvirlanishi mumkin. Bunda panelning yuqori qismida joriy disk yoki katalog nomi ko'rsatiladi. NC panellarini boshqarish uchun tugmalarning quyidagi majmuasidan foydalanish mumkin: [TAB]-joriy panelni o'zgartiradi [Ctrl]+[O]-ekrandagi panellarni o'chiradi va chiqaradi [Ctrl]+[P]-joriy bo'lmagan panelni o'chiradi va chiqaradi [Ctrl]+[U]-panellarning o'rnini almashtiradi [Ctrl]+[F1]-chap panelni o'chiradi va chiqaradi [Ctrl]+[F2]-o'ng panelni o'chiradi va chiqaradi [Alt]+[F1]-chap panelda disklar ro'yxatini chiqaradi [Alt]+[F2]-o'ng panelda disklar ro'yxatini chiqaradi Agarda FAR panelida katalog ro'yxati keltirilsa, panelning yuqori qismida katalog nomi keltiriladi. FAR fayllar va papkalarning nomlari har xil rangda yoziladi. Bundan tashqari fayllar tipi bo'yicha, o'z navbatida ,har xil rangda tasvirlanadi. Panelning pastki qismida ajratilgan yoki tanlangan fayllar haqida ma'lumot keltiriladi. FAR fayllar haqidagi ma'lumotlarni quyidagi tartibda chiqarishi mumkin:nomlar,kengaytgichlar bo'yicha alfavit tartibida,yozilgan kun, vaqt va hajm kamayish tartibida. FAR da funksional tugmachalar vazifasi Funksional tugmachalar tavsifi quyidagicha: (F1)- Help, ishlash jarayonida tugmachalar vazifasi haqidagi qisqacha ma'lumotni beradi. (F2) - Menu, Foydalanuvchi ro'yxatda ko'rsatgan komandalar ishini ta'minlaydi . (F3)- View, Fayl matnini ekranga chiqaradi. Matnli fayllar matnini ko'rish imkonini beradi. (F4) - Edit, Faylni tahrirlash imkoniyatini beradi. (F5) - Copy, Faylning nusxasini ko'chiradi. Ekran o'rtasida fayl nusxasini qaerga ko'chirish haqidagi savol hosil bo'ladi. Katalog nomi ko'rsatilmasa,fayl nusxasi ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.58 KB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:43 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.58 KB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga