Integral operatsion kuchaytirgichlar sxemotexnikasi. Ularning ishlash prinsipi va strukturasi Reja: 1. Signallarni kuchaytirish Elektron kuchaytirgichlar Kuchaytirgichlarning asosiy xarakteristikasi va parametrlari 1. Signallarni kuchaytirish Texnikada kam energiya sarf qilgan holda manbalarning katta energiyasini boshqarish jarayoni keng tarqalgan. Unda ham boshqariluvchi energiya mexanik, yorug'lik, issiqlik elektr va boshqa tur tabiatga ega bo'lishi mumkin. Agar energiyani boshqarish uzluksiz, bir me'yorda va o'zgarish qonuni saqlangan holda bo'lsa uni kuchaytirish jarayoni deb ataladi. Uni amalga oshiruvchi qurilma esa kuchaytirgich deyiladi. Energiya turiga qarab kuchaytirgichlar elektr, mexanik, issiqlik va boshqa tur kuchaytirgichlariga bo'linadi. Kuchaytirgichning signal ta'sir etadigan zanjiri kirish zanjiri yoki kirish deb, kuchayib chiqqan signal berladigan qurilma esa, tashqi nagruzka - iste'molchi deb ataladi. Kuchaytirgichning (tashqi) nagruzka ulanadigan zanjiri - chiqish zanjiri yoki chiqish deb ataladi. 2. Elektron kuchaytirgichlar Kuchaytirgichlar ichida elektr signali kuchaytirgichlari eng ko'p tarqalgan bo'lib, ularda boshqaruvchi va boshqariluvchi energiya elektr energiyasidan iborat bo'ladi. Bu kuchaytirgichlar elektron, elektromexanik magnit va boshqa tur kuchaytirgichlarga bo'linadi. Ulardan elektron kuchaytirgichlar universalligi, qator sifatli xarakteristikalarga ega bo'lishi bilan boshqa kuchaytirgichlar ustun turadi. Shuning uchun ulardan juda ko'p radioelektron va boshqa masalalarni hal qilishda keng foydalaniladi. Qo'llaniladigan o'rni, vazifasi va boshqa belgilariga qarab juda ko'p turdagi elektron kuchaytirgichlar ishlab chiqariladi va turlicha nomlar bilan yuritiladi. Kuchaytirish jarayonini uning ishlash prinsipi orqali tushuntirish mumkin. Unda o'zgarmas Ye tok manbai bo'lib ketma - ket qilib ikki qarshilik -Zi (boshqariluvchi) va Zn (o'zgarmas) ulangan. Zn qarshilik nagruzka qarshiligi deb ataladi. Zi chiziqli bo'lmagan aktiv element qarshiligi bo'lib, zanjirning kirishiga boshqaruvchi kuchlanish yoki tok ta'sir etganda kattaligi o'zgarib boradi. Bu o'zgarish juda keng oraliqda bo'lib, manba energichyasi sarf bo'lmagan yoki juda oz miqdor sarf bo'lgan holda sodir bo'ladi. Lekin Zn qarshilikda ajraladigan quvvat ortadi. Shunga ko'ra boshqaruvchi elementning vazifasi o'zgarmas tok manbai energiyasini Zn nagruzka qarshiligiga uzatilishini tartibga solishdan iboratdir. Odatda bu jarayon juda katta tezlikda o'tadi. Shuning uchun Zi juda kichik enertsiyali element bo'lishi kerak. Eng sodda holda Zi vazifani ko'p elektrodli elektron lampa yoki yarim o'tkazgichli triod bajaradi. Shunday qilib, kuchaytirish fizikaviy jarayon bo'lib, kam quvvatli manba yordamida katta quvvatli manba energiyasi boshqarilishidan iboratdir. Bu katta quvvatli manba energiyasining kam quvvatli signalga uzatilishiga to'g'ri keladi. Shunga ko'ra kuchaytirgich katta quvvatli manba energiyasiga kam quvvatli signalga uzatilishini amalga oshiruvchi qurilmadir. Agar signal quvvatining ortishida uning shakli saqlansa, kuchaytirish chiziqli deb ataladi. Shuni yodda tutish kerakki, kuchaytirgich ta'sir etuvchi tebranish amplitudasini oshirib beradigan juda ko'p qurilmalardan tubdan farq qiladi. Masalan, yuksaltiruvchi transformatorning ikkilamchi cho'lg'amining kuchlanishidan katta bo'ladi, yakka konturda rezonans vaqtida ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:31:12
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.51 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:43
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:31 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.51 KB
Ko'rishlar soni
110 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:43 ]
Arxiv ichida: doc