Integrallashgan internet marketing kommunikatsiyalari amaliyot va nazariya Reja: Internet marketing Ijtimoiy media marketing va marketing imkoniyatlari Ijtimoiy medianing maqsadi Ijtimoiy mediada marketingli kommunikatsiyalarning asosiy yo'nalishlari Internet marketing Internet marketing - Internet tarmog'i muhitida marketingni shakllantirish nazariyasi va usullarini o'z ichiga oladi. Eng muhimi shundaki, bu o'rinda marketingning ajralmas qismi hisoblangan reklama iste'molchilarni jalb etish usuligina bo'lib qolmay, balki bo'lajak xaridorlar bilan bevosita aloqa o'rnatish imkonini maksimal darajada osonlashtiradi. Aynan shuning uchun ham, reklamaning faqat bir turi - internet reklamalaridan foydalanishning o'zi yetarli bo'ladi. Ijtimoiy media marketing va imkoniyatlari Ijtimoiy media marketing (Social Media Marketing) - marketing faoliyatini ijtimoiy tarmoqlar, mavzuli blok hamda foto va video portallar yordamida amalga oshirilishidir. Ijtimoiy tarmoq keng imkoniyatlarga ega marketing maydonchasi bo'lib, iqtisodiyotning turli sohalaridagi korxonalar, mijozlar bilan ijtimoiy tarmoq orqali ish yuritishadi. Ijtimoiy tarmoqlar korxonalarga foydalanuvchilar bilan aloqa o'rnatishga, o'z mijozlari bilan uzoq muddatli munosabatlarni tashkil qilishga, korxona brendi va mavqeining mustahkamlanishiga, savdoning o'sishiga, biznes rivojlanishining boshqa munosabatlariga imkoniyat yaratib beradi. Ijtimoiy tarmoq sahifalarida korxonalar mahsulot va xizmatlari haqida turli xil fikr va mulohazalar nashr qilinadi, suratlar, videoroliklar va taqdimot materiallari joylashtiriladi, xaridorlar bilan doimiy muloqot olib boriladi. Ijtimoiy medianing maqsadi Ijtimoiy medianing maqsadi internetda o'zaro qiziqishlar yoki faoliyatga ega shaxslar bilan muloqot qurishdan iborat. O'zaro aloqa ichki pochta yoki xabar almashish tizimi orqali amalga oshiriladi. Media internet reklamasida hatto bannerli ko'rlik iborasi bor: bunda odam web sahifaga kiradi-yu, uning miyasi shu sahifaning ba'zi bir maydonchalarini qabul qilishga qarshilik qiladi, chunki web sahifaning ayni shu joylarida, odatda, bannerlar (reklamalar) joylashadi. Natijada bularning hammasi reklamaning samaradorligida aks etadi. Ijtimoiy tarmoqlarda esa antireklama filtrlari ishga tushmaydi. Gap shundaki, ijtimoiy media marketingda reklama formatidan foydalanilmaydi. Asosiy o'zaro ta'sir mexanizmi - bu foydalanuvchi uchun dolzarb bo'lgan mavzularda muloqot va unga qiziqarli kontentni tarqatishdan iborat. Ijtimoiy mediada marketingli kommunikatsiyalarning asosiy 4 yo'nalishini ajratish mumkin: - ijtimoiy tarmoqlar monitoringi; - ijtimoiy tarmoqlar oldinga siljishi; - ijtimoiy tarmoqlarda mavqe qozonishni boshqarish; - ijtimoiy tarmoqlarda mijozlarning qo'llab-quvvatlanishi. Ijtimoiy tarmoqlarda muvafaqqiyatli harakatlarga misol Foydalanuvchilarni qo'llab-quvvatlashga misol Salbiy fikr va mulohazalarni o'z vaqtida aniqlash. Ijtimoiy tarmoqlarning xususiyatlaridan biri - o'ta tezlik bilan axborotlarning tarqalishidir. Shunisi ham borki, nafaqat ijobiy fikrlar, balki tanqid, salbiy fikr va mulohazalar ham yashin tezligida tarqalishi mumkin. Natijada bir necha soat mobaynida korxona mavqei pasayib borishi va soat sayin keskin vaziyat o'sa borishi mumkin. Monitoringning ushbu vazifasidan kelib chiqib, qancha tez noo'rin keltirilgan salbiy fikr va mulohazalarni zararlantirish ishini boshlasa, u shuncha samarali va kamxarajat bo'ladi. Raqobatchilar tahlili. Muhim marketing ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:31:12
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
950.84 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:43
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:31 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
950.84 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:43 ]
Arxiv ichida: doc