Mavzu: Interaktiv hujjatlarni yaratishning zamonaviy axborot texnologiyalari. Reja: 1. PowerPoint dasturi haqida umumiy ma'lumot. 2. Taqdimotlar yaratish. 3. Maxsus effektlarni o‛rnatish. 4. PowerPoint dasturidagi qo‛shimcha elementlar bilan ishlash. 1. PowerPoint dasturi haqida umumiy ma'lumot. Microsoft PowerPoint dasturi universal imkoniyatlari keng, bo'lgan ko'rgazmali grafika dasturi bo'lib, u matn, rasm, chizma, grafiklar, animatsiya effektlari, ovoz, videorolik va boshqalardan tashkil topgan slaydlarni yaratish imkonini beradi. PowerPoint dasturi MICROSOFT firmasining WINDOWS qobig'i ostida yaratilgan bo'lib, ushbu dastur prezentatsiyalar (taqdimot qilish, ya'ni tanishtirish) bilan ishlash uchun eng qulay bo'lgan dasturiy vositalardan biridir. Dasturdagi asosiy tushunchalar bu - slayd va prezentatsiya tushunchalaridir. Slayd - ma'lum bir o'lchamga ega bo'lgan muloqot varaqalari hisoblanadi. Unda biror maqsad bilan yaratilayotgan namoyish elementlari joylanadi. Prezentatsiya (taqdimot) - yaratilayotgan slaydlar turkumi va uni namoyish etish uchun beriladigan fayl nomi. Masalan: Prezentatsiya 1 - PowerPoint dasturi ochilganda, sarlavhalar qatorida paydo bo'lib, yaratilgan yoki yaratilayotgan taqdimotning ayni vaqtdagi nomi hisoblanadi. Bu nomni keyinchalik o'z xohishingizga ko'ra almashtirishingiz mumkin. PowerPoint dasturi quyidagi buyruqlarni bajarish orqali ishga tushiriladi: «Пуск» «Программы» «Microsoft PowerPoint». PowerPoint dasturidan chiqish uchun «Файл» menyusidan «Выход» («Chiqish») buyrug'i tanlanadi yoki sistema menyusidagi [X] belgi ustida «sichqoncha» tugmasini bosiladi. Ko'rgazmalar yaratish muloqot darchasining umumiy ko'rinishi. PowerPoint dasturi sarlavhalar qatori, menyu, uskunalar paneli, rejim bilan ishlash tugmachalari va ish maydonini o'z ichiga oladi. PowerPoint ekranining pastki chap burchagida ish rejimi va uning turlarini boshqaruvchi tugmachalar (piktogrammalar) guruhi joylashgan. 2. Taqdimotlar yaratish. Yangi taqdimotni yaratishda PowerPoint dasturining asosiy oynasidagi gorizontal menyuning «Файл»-«Создать» (Fayl-Yaratish) buyruqlari ketma-ket bajariladi. Bu buyruqlar bajarilgandan so'ng «Создать презентацию» (Prezentatsiya yaratish) muloqot darchasi qo'llanadi Taqdimotlarni tahrirlash. Taqdimotlarni saqlagandan so'ng uning tarkibidagi barcha slaydlarni alohida-alohida o'zgartirish mumkin. Buning uchun yaratilgan slaydlarga sichqoncha ko'rsatkichi olib kelinadi va tugmasi bosilib tasdiqlangandan so'ng kerakli o'zgartirishlarni kiritish mumkin bo'ladi. 3. Maxsus effektlarni o‛rnatish. Maxsus effektlarni o'rnatish deganda namoyishlarni bir slayddan boshqa slaydga o'tish tezliklari ketma-ketligi tushuniladi. Bu funksiyani bajarish uchun PowerPoint dasturining «Slaydlarning almashishi» («Смена слайдов») nomli muloqot darchasi bo'lib, u gorizontal menyudagi quyidagi buyruqlar orqali ishga tushiriladi «Показ слайдов» (Slaydlarni ko'rsatish) - «Смена слайдов» (Slaydlarning almashishi). Bu buyruqlar bajarilgandan so'ng ekranda quyidagi oyna hosil bo'ladi Bu oynada ish yuritish, ya'ni bir slayddan boshqa slaydga o'tish ikki xil usulda olib boriladi: 1. Sichqoncha tugmasini bosish orqali. Bunda oynaning chap pastki qismidagi «Продвижение» (Harakatlanish) darchasidagi «по щелчку» oldiga belgi qo'yiladi. 2. Avtomatik ravishda (belgilangan vaqtdan keyin). Buning uchun 1- usuldagi ish takrorlanadi. Faqat «Продвижение» (Harakatlanish) darchasida «Автоматически после» oldiga belgi qo'yiladi va uning tagida slaydlarning almashinish daqiqasi kiritiladi. ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:31:12
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
858.68 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:43
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:31 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
858.68 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:43 ]
Arxiv ichida: pptx