Interfeys - rasmi

Material tavsifi

Логотип 8-sinf Informatika va hisoblash texnikasi asoslari 9-mavzu Interfeys Umumlashtirib shuni aytish mumkinki, kompyuterning texnik va dasturiy ta'minoti o'zaro uzviy aloqada bo'ladi hamda birgalikda foydalanuvchi uchun xizmat qiladi. Interfeys (ing. - interface) - bu o'zaro ta'sir, aloqa, birlashtirish, muvofiqlashtirish vositasidir. Bu atama informatikada keng tushunchalar doirasida ifodalanadi: apparatli interfeys (elektron qismlar darajasida), dasturiy interfeys (dasturiy modullarni tutashtirish haqidagi qoida va kelishuvlar majmuasi), dasturlarning qurilmalar bilan o'zaro munosabati apparatli-dasturiy interfeys va nihoyat, dastur va kompyuterning inson bilan muloqoti hamda o'zaro ta'sir vositasi sifatidagi foydalanuvchi interfeysi. Paint yoki MS Word dasturlarining muloqot oynasi, bu dasturlarning asosiy elementlaridan: menyular, ishchi maydoni va uskunalar paneli. Interfeys vositalarning o'zaro umumiy protokolga (qonun-qoidalarga) rioya qilinishini talab etadi. Masalan, elektr lampochkani elektr manbayiga ulash uchun quyidagi shartlar (moslik) bajarilishi kerak: elektr lampochka patronga mos bo'lishi kerak; elektr lampochka elektr manbayidagi kuchlanishga mo'ljallangan bo'lishi kerak. Aks holda, bu vositalar o'zaro bog'lana olmaydi. Ma'lumki, kompyuterli tizimda o'nlab qurilmalar bir-biri bilan bog'lanishi va minglab dasturlar ular bilan mutanosib ishlashi kerak. Kompyuterda apparatli interfeysni uning qurilmalarini ishlab chiqaruvchilar ta'minlaydi. Ular qurilmalarning bir-biri bilan bog'lanishi (ulanishi)ning mosligi va bir xil kuchlanish bilan ishlashini kuzatib boradilar. Dasturiy ta'minot bilan apparatli ta'minot o'rtasidagi muvofiqlashtirishni maxsus dastur - operatsion sistema o'z zimmasiga oladi. Dasturlar xilma-xil bo'lgani kabi ularning interfeysi ham turlicha bo'ladi. Foydalanuvchi interfeysi xususiyatlariga ko'ra bir necha turga ajratilishi mumkin. Agar dastur bilan muloqot qilish juda qulay bo'lib, foydalanuvchi uchun qiyinchilik tug'- dirmasa, bunday dastur qulay foydalanuvchi interfeysiga ega deyiladi. Agar dastur bilan turli xil usullarda ishlash mumkin bo'lsa, bunday dastur yumshoq interfeysga ega deyiladi. Shunday dasturlar ham bo'ladiki, ular bilan ishlashda ma'lum talab va ko'rsatmalardan tashqariga chiqib bo'lmaydi. Bu holda dastur qattiq interfeysga ega deyiladi. Dasturning ishlash muhiti (holati)ga qarab, dastur nografik (grafik bo'lmagan yoki matnli - A rasm) yoki grafik (B rasm) interfeysga ega deyish mumkin. A rasm B rasm Dastur matnli interfeysga ega deyilishi dastur bilan ishlashda faqat klaviaturadan foydalanilishi yoki ma'lumotlar ekranda faqat matn ko'rinishida aks ettirilishi bilan bog'liq. Agar dastur ishlashi jarayonida ekranda grafik tasvirlar aks ettirilsa va uni sichqoncha yordamida boshqarish mumkin bo'lsa, u holda bunday dasturlar grafik interfeysga ega deyiladi. Savol va topshiriqlar 1. Interfeys va uning turlari haqida so'zlab bering. 2. Interfeys protokoli deganda nimani tushunasiz? 3. Foydalanuvchi interfeysi nima? Misollar keltiring. 4. Foydalanuvchi interfeysi xususiyatiga ko'ra qanday bo'lishi mumkin? 5. Yumshoq va qattiq interfeyslarni misollar bilan yoriting. 6. Nografik interfeys deganda nimani tushunasiz? 7. Grafik interfeys deganda-chi? ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.05 MB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:43 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.05 MB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga