Internet Exploler va unda ishlash asoslari haqida umumiy ma'lumot

Internet Exploler va unda ishlash asoslari haqida umumiy ma'lumot

O'quvchilarga / Informatika va AT
Internet Exploler va unda ishlash asoslari haqida umumiy ma'lumot - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Internet Exploler va unda ishlash asoslari. Reja: 1. Brauzerlar. 2. Internet Explorer. 1. Brauzеrlar. WW tizimi bilan ishlashda foydalanuvchilar bu tizim kliеnt-dasturlari, ya'ni brauzеrlar bilan ishlaydi. Brauzеr (ingl. browse - ko'rib chiqmoq, varaqlamoq) - foydalanuvchi va ww tizimi orasida dialog amalga oshiradigan dastur, ww-saxifalarini o'qiydi, ww-sеrvеrlari va boshqa Internet rеsurslari bilan ishlaydi. Netscape Navigator va Microsoft Internet Explorer brauzerlari. Bozorda ikki asosiy brauzer: Netscape Navigator va Microsoft Internet Explorer ustunlik qiladi. Ularning birgalikda barcha versiyalarini qo'shganda, hozirda ishlatilayotgan brauzerlarning tahminan 90 %ni (yoki undan ko'prog'ini) tashkil etadi. Bu ikki brauzer bozorda hukmronlik qilish uchun o'zaro raqobatlashmoqda. Ular kurashining natijasi sifatida HTML-teglarining firma kolleksiyasi hamda turli texnologiyalarning bir-biriga mos bo'lmagan amalga oshirishlari (Dynamic HTML, hamda JavaScript va Cascading Style Sheets - kaskadli stillar jadvallari) yuzaga keldi. Boshqa tomondan, Netscape va Microsoft o'rtasidagi raqobat, umuman olganda, WEB-muhitning tez rivojlanishiga ko'maklashdi. Opera. Opera - bu Oslodagi Opera Software (Norvegiya) kompaniyasi tomonidan yaratilgan kichikkina va oddiygina brauzer. Bu brauzer juda kam vaqt ichida yuklanadi va disk hajmiga minimal talablar qo'yadi. Opera ning afzalligi HTML standartlariga to'liq mos kelishidir. Ancha obro'li brauzerlar o'tkazib yuboradigan teglarni yozishdagi noaniqliklar (masalan, yopuvchi teglarni qoldirib ketish, noto'g'ri o'rnatish va h.k.) bu brauzerda to'g'ri aks etmaydi. Opera ni 5.0 Java, kaskadli stillar jadvallari va DHTML qo'llab-quvvatlaydi. Lynx. Lynx - bu faqat matnni ko'rishni ta'minlaydigan bepul tarqatiladigan brauzer, sizga Webdan tez va ishonchli erkin foydalanishni taklif etadi. U Web-sahifani bazaviy funksional tavsiflar bo'yicha tekshirish uchun yaroqli bo'lgan standart sifatida mashhur bo'ldi. Oddiyligiga qaramay, bu brauzer eskirmaydi. Lynx har doim takomillashtiriladi va zamonaviylashtiriladi. Hozir u jadvallar, shakllar va hatto JavaScript ni ham ta'minlaydi! 2. Internet Explorer. Windows Internet Explorer (sobiq Microsoft Internet Explorer, qisqartmasi IE yoki MSIE) Microsoft tomonidan yaratilgan grafik veb brauzeri bo'lib, 1995 yildan boshlab Microsoft Windows operatsion sistemasi tarkibiga kiritilgandir. Internet Explorer 199 yildan boshlab eng keng tarqalgan veb-brauzeridir; 2002 va 2003 yillarda 95% ishlatilish cho'qqisiga yetdi. Internet Explorer 7.0 brauzerning joriy versiyasi bo'lib, uni 2006 yil 18 oktabridan boshlab Microsoft saytidan olish mumkin. Internet Explorer 7.0Windows Vista tarkibiga kiritilgan. Internet Explorer bepul, ammo uni o'rnatish uchun mijoz Microsoft Windows yoki Windows NToilasiga kiruvchi operatsion sistemani sotib olishi yoki uning qoniniy litsenziya egasi bo'lishi shart.[1] Brauzerning Windows-versiyalari Trident motori asosida yaratilgan. Internet Explorer Mac OS va Unix-kabi operatsion sistemalari ochun oxirgi versiyasi Internet Explorer 5.2.3 SP1 va Explorer 5.0 SP1 Beta mos ravishda edi. Hozirgi vaqatda bu sistemalar uchun Internet Explorer ishlab chiqarish to'xtatilgan. Lekin hozirdaMicrosoft Windowsdan farqlanuvchi ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.21 MB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:44 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.21 MB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga