Internet haqida nimalarni bilish zarur

Internet haqida nimalarni bilish zarur

O'quvchilarga / Informatika va AT
Internet haqida nimalarni bilish zarur - rasmi

Material tavsifi

Internet haqida nimalarni bilish zarur Reja: Tadbirkor uchun Internetning imkoniyatlari Tavsifi Imkoniyatlari Internetdan ish faoliyatida foydalanish bo'yicha maslahatlar Tadbirkor uchun Internetning imkoniyatlari Internet bu turli-tuman ma'lumotlar omboridir. ushbu ma'lumotlardan foydalanish uchun omborga kirish imkoniyatiga ega bo'lish etarlidir. Aynan shu imkoniyat Internet foydalanuvchilarini o'ziga jalb etadi. Ayniqsa, bu tadbirkorlikda juda asqotadi. Internet yordamida ma'lumotni olish bilan birga, savdo-sotiqni amalga oshirish mumkin. Buning uchun undan unumli foydalanish zarur. Keling, Internetning tadbirkorlikdagi imkoniyatlarini sanab o'taylik va ularni misollarda ko'raylik. Bir andijonlik mo'ysafid usta Internetdagi bunyodkorlikka oid shakllardan anchadan beri ish faoliyatida foydalanib kelmoqda. dehqonchilik bilan shug'ullanuvchi fermerlar esa obhavoni bilish uchun va urug' tanlashda Internetdan foydalanmoqdalar. Shuning uchun bo'lsa kerak, keyingi paytlarda bozorlarda turli xorijiy nomdagi sabzavotlar sotilmoqda. Ayniqsa, fermerlar qishloq xo'jalik uchun zarur texnologiyalar anjomlarini sotib olish uchun undan unumli foydalanmoqdalar. Internetda o'z mahsulotlari hamda xizmatlari haqidagi ma'lumotlarni beruvchi korxonalar soni o'sib bormoqda. Hattoki, oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilish imkoniyati ham mavjud. Internet do'koni orqali buni amalga oshirish mumkin. To'lovlarni bajarish uchun ham bankga borish zarurati yo'qolib bormoqda. Tadbirkorlar uchun Internet yordamida yangiliklarni olish va yuborish qulay bo'lib qoldi. Tadbirkorlar O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi vebsahifasidagi ma'lumotlar, yangiliklar va maslahatlardan foydalanib kelmoqdalar. Bu esa Internet yordamida tadbirkorlikni amalga oshirish imkoniyatlari Respublikamizda rivojlanayotganining dalilidir. Keling, tadbirkor uchun Internetning imkoniyatlarini sanab o'taylik: ma'lumotlarni olish, saqlash va ular ustida ishlash. Yangi bilimlarni olish va malaka oshirish. Mijozlarni va hamkorlarni topish. Mahsulot va xizmatlarni sotish. Marketing va bozor monitoringini amalga oshirish. Raqobatchilarning ish faoliyatini nazorat qilish. Yangi g'oyalarni olish va biznesni rivojlantirish. Tezkor aloqa qilish. ushbu imkoniyatlarga erishish uchun Internetdan unumli foydalanish zarur. Shu bilan birga, korxona haqidagi axborotni Internet omboriga joylashtirish va uni ommaviylashtirishni yo'lga qo'yish muhimdir. Axborotni joylashtirishda, uning mijozlar etiborini tortish zaruratiga etibor qaratish lozim, yani dizayn va shakli yoqimli bo'lishi muhimdir. ushbu qo'llanmada Internet texnologiyalari tavsifi va ulardan foydalanish bo'yicha tavsiya va maslahatlar bilan tanishasiz. Internet olamiga sayohatingizda muvaffaqiyatlar tilaymiz. Agar ushbu sayohat natijasida sizda savol va tavsiyalar paydo bo'lsa, ularni ww.bfu.o'z va ww.chamber.o'z sahifalari orqali yuborishingiz mumkin. Tavsifi Internet bu global tarmoqdir. uni butun jahon o'rgimchak to'ri (World Wide Web) deb ham ataydilar. Bu tarmoq millionlab kompyuterlar (veb-serverlar) to'ridan tashkil topadi. ular o'zaro telefon tarmog'i, kabellar va sun'iy yo'ldosh tarmoqlari orqali bog'lanadi. Axborotlar ushbu kompyuterlarda joylashgan bo'lib, ular jahon yagona axborot olamini yaratadi. ushbu axborot olami tarmoqdagi barcha kompyuterlarga ochiq bo'ladi. Axborotlar gipermatnli hujjatlardan tashkil topgan bo'lib, ular veb-sahifalar deb ataladi. larni kutubxonadagi kabi kitob va jurnallarda, kitob va jurnallarni esa javonlarga joylaydilar. Bunda ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 631.21 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 631.21 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga