Internet orqali muloqot va uning ahamiyati

Internet orqali muloqot va uning ahamiyati

O'quvchilarga / Informatika va AT
Internet orqali muloqot va uning ahamiyati - rasmi

Material tavsifi

Internet orqali muloqot va uning ahamiyati Reja: Forum tushunchasi. Milliy va xalqaro internet forumlari; Uforum.o'z - milliy forumi; Forumlarda ishtirok etish tartibi; Bloglar va viki - saytdagi materialga izoh berish va ma'lumot qoldirish; Chat tushunchasi. Internetda chatdan foydalanish va muloqot qilish; Internet orqali so'zlashuv va video muloqot; Skayp, Meyl Agent, Google Talk, ICQ dasturlari va ular orqali muloqot o'rnatish; Tvitter ommaviy axborotlarni jo'natish tizimi, undan to'g'ri foydalanish; Internet orqali muloqot qilish va izoh qoldirish madaniyati. Forum tushunchasi Veb-forum - Internet tarmog'ida o'zaro muloqotni tashkil etish uchun mo'ljallangan veb sayt sahifalari va uskunalari majmui. Qisqacha aytganda, forum bu veb-saytning tashrif buyuruvchilari muloqot o'rnatadigan maydonchasi. Foydalanuvchi forum veb saytiga tashrif buyurib, o'zini qiziqtirgan mavzuni o'rtaga tashlashi va veb-saytning boshqa tashrif buyuruvchilari bilan muhokama qilishlari mumkin. xalqaro internet forumlari Internet forumlari alohida yo'nalishlarga ixtisoslashgan yoki umumiy bo'lishi mumkin. Ixtisoslashgan forumlarda faqatgina mo'ljallangan sohaga oid mavzular muhokama qilinadi, umumiy forumlarda esa ixtiyoriy mavzuni o'rtaga tashlash mumkin. Ixtisoslashgan Internet forumlar: Meditsina dasturlash texnologiyalari dizayn va moda kompyuter o'yinlari transport vositalari va x.k. Uforum.o'z - milliy forumi Uforum.o'z - milliy forum hisoblanib, bunda Respublikamizning axborot texnologiyalari, ta'lim, madaniyat, moliya, sog'liqni saqlash sohalarida hamda davlat sektori va elektron hukumat tuzilmasida ro'y berayotgan masalalar muhokamasini o'z ichiga oladi. Quyidagi rasmda milliy forumning ta'lim sohasiga oid mavzulari tasvirlangan. Forumlarda ishtirok etish tartibi forumdan ro'yxatdan o'tish. Forum qoidalariga va O'zbekiston Respublikasi qonunlariga rioya qilish shart; forumdan ro'yxatdan o'tishda rasmiy shaxslar login uchun o'zlarining haqiqiy ma'lumotlarini Ism Sharifi, shuningdek ish joyi va lavozim xam majburiy shartlarga kiradi; ma'lumotlarni kiritish bilan birga foydalanuvchi profil uchun avatar sifatida surat xam taqdim etishi lozim; ma'lumotlarini oshkor qilishni istamagan foydalanuvchilar esa o'zlari maqul deb topgan niklarni tanlashlari mumkin; tsenzuraga oid so'zlashuv, xaqorat, fleym, offtop, spam va reklama taqiqlanadi; insonlar shaxsiyatiga tegadigan, O'zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi va qonunlariga zid muhokamalar, resurslarga ishoratlar, fayllar va tasvirlar nashr qilish taqiqlanadi; O'zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq tarzda faoliyat olib bormaydigan saytlarga ishorat joylash yoki shunday ma'lumotlarga ega bo'lgan saytlardan ma'lumot joylash taqiqlanadi. Bloglar va viki Blog - bu tarkibi matn, tasvir va multimedia ma'lumotlaridan iborat bo'lgan doimiy ravishda qo'shilib turiladigan ma'lumotlar yoki izohlardan iborat bo'lgan sayt. Viki - bu saytning o'zi tomonidan taqdim etiladigan uskunalar yordamida uning tuzilmasini va tarkibini foydalanuvchilar o'zgartira olish imkoniga ega bo'lgan veb sayt. Chat va undan Internetda foydalanish Chat - bu real vaqt tizimida Internet tarmog'i orqali xabarlarni tezkor almashish vositalari va ushbu muloqotni ta'minlab beruvchi dasturiy ta'minotdir. Chat - bu bir vaqtning o'zida bir necha ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 705.6 KB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:44 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 705.6 KB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga