Internet qanday ishlaydi

Internet qanday ishlaydi

O'quvchilarga / Informatika va AT
Internet qanday ishlaydi - rasmi

Material tavsifi

Internet qanday ishlaydi Reja: Internetda axborotlar kaysi prinsip va usul erdamida uzatiladi. Marshrutizator nima Yuqorida ko'rib chiqqan internetning informatsion va kommunikatsion funktsialari umuman olganda odatdagi mavjud muloqat vositalari va ommaviy axborot tizimlari funksiyalarini takrorlayotgandek tuyuladi. Aslida ham shunday, faqat endi u mutlaqo yangi imkoniyat doirasida: tez, qulay va sifatli, eng muhimi esa iqtisodiy jihatdan arzon ko'rinishda amalga oshiriladi. Ushbu texnologiyaning yana eng muhim xususiyatlaridan biri, bunda axborot manbaalari, aloqa kanallari va texnik vositalardan bir vaqtning o'zida jamoa bo'lib foydalanish imkoniyatining mavjudligidir. Internetda muloqat qilish, axborotlarni yig'ish va elon (nashr) qilishning arzonligi sababi ham ana shundadir. Bunday imkoniyatlar mohiyatini chuqurrok bilish uchun internetning o'zi qanday ishlashini, axborotlarlar kaysi prinsiplar va usullar yordamida uzatilishi, qayta ishlanishini o'rganishimiz zarur bo'ladi. Buni quyidagi misol yordamida tushuntirishga harakat qilamiz. Nima uchun Amerika bilan telefon orqali gaplashishning har daqiqasi 3-4 $ turadi-yu, xuddi shu muloqot internet orqali amalga oshirilsa bir necha o'n barobar kam xarajat talab qiladi? Buning sabablarini o'rganaylik. Odatda analogli telefon yordamida ikki kishi muloqat davomida ushbu aloqa kanalini band qilishadi, yani ular kanalni va aloqa kanalini band qilishadi, yani ular kanalni va ushbu aloqani ta'minlashda ishtirok etayotgan texnik vositalarni monopolik ravishda egallab olishgan bo'ladi. O'zaro muloqat qilayotgan mijozlar o'rtasidagi masofa qancha uzoq bo'lsa, shuncha ko'p aloqa vositalari ishtirok etadi va aloqa narxi ham oshib boradi. Internetda muloqat amalga oshirilganda esa, aloqa kanali ham va unda ishtirok etuvchi biror bir texnik vosita ham monopol egallanmaydi. Buning sababi internet tarmog'ida uzatilayotgan surov, xabar va ma'lumotlar bir necha mayda bo'laklarga ajratilgan «paket» lar ko'rinishida amalga oshiriladi. Bu paketlar TCP (Transfer Control Protocol) - paketlari deb ataladi. Har bir TSR paket tarkibida junatuvchi va kabul qiluvchilarning IP adreslari mavjud bo'ladi . (2.3-rasm). Internet tarmog'ida mavjud bo'lgan kommunikatsiya vazifasini utovi maxsus texnik vositalar va host-kompyuterlar TSR paketlar tarkibidagi IP adreslar asosida, peket kimga yo'llanganligini aniqlab, usha mijozga yoki navbatdagi mijozga yaqin bo'lgan tarmoq tuguniga yunaltiradi Mijoz kompteriga etib kelgan TSR paketlar yagona bir hujjatga yigiladi. 2.3-rasm Har bir TSR paket junatilayotganida va kimdan kaerda yigilishi kerakligi haqidagi informatsiyani o'zida olib yurganligi uchun, bir aloqa kanalining o'zida bir nechta mijozlarning TSR paketlarini bir vaqtning o'zida aralashtirib uzatish mumkin bo'ladi (2.4-rasm). Bu paketlar ushbu oqim ichida yukolib ham, adashib ham qolmaydi. Ularni kaysi mijozlarga tegishli ekanliklarini, hamda egalariga to'la-to'qis etib borishligini maxsus programma va texnik vositalr katiy nazorat qilib turadi. Shunday qilib Amerika bilan Toshkentni yoki Yevropani boglab turgan aloqa kanali bir vaqtning o'zida millionlab mijozlarga xizmat ko'rsatish mumkin. Malumki ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.64 KB
Ko'rishlar soni 73 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.64 KB
Ko'rishlar soni 73 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga