Internet reklama uchun internetdan foydalanishning ahamiyati va natijalari

Internet reklama uchun internetdan foydalanishning ahamiyati va natijalari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Internet reklama uchun internetdan foydalanishning ahamiyati va natijalari - rasmi

Material tavsifi

Internet reklama uchun internetdan foydalanishning ahamiyati va natijalari Reja: Internetda reklamadan foydalanishning ahamiyatlari Veb sahifaning ommabopligi Reklama bannerining dizayni Internet marketing Internet tarmog'i muhitida marketingni shakllantirish nazariyasi va usullarini o'z ichiga oladi. Eng muhimi shundaki, bu o'rinda marketingning ajralmas qismi hisoblangan reklama iste'molchilarni jalb etish usuligina bo'lib qolmay, balki bo'lajak xaridorlar bilan bevosita aloqa o'rnatish imkonini maksimal darajada osonlashtiradi. Aynan shuning uchun ham, reklamaning faqat bir turi - internet reklamalaridan foydalanishning o'zi yetarli bo'ladi. Internet reklama an'anaviy reklama usullardan farqli ravishda quyidagi afzalliklarga ega: -namoyishlar soni va vaqti chegaralanmagan; - reklama bennerini ishlab chiqish yoki o'zgartirish vaqti nisbatan qisqa; -istalgan badiiy va audiovizual elementlardan foydalanish; - tayyor bannerlarni joylashtirish uchun qo'shimcha vaqt va mablag' talab etilmaydi; -tanlangan iste'molchilar guruhiga murajaat qilish; -reklama ta'sirini tez va aniq baholash; - bir vaqtning o'zida ichki va tashqi bozorga chiqish. Internet reklamalarini yo'lga qo'yish nisbatan murakkab va ko'p bosqichli jarayon. Buning uchun reklama beruvchi eng birinchi navbatda, o'z veb-sahifasini ishga tushirishi, so'ngra reklamani tayyorlash va qaysi veb-sahifalarga joylashtirishni belgilashda quyidagilarga ahamiyat berishi lozim: Veb-sahifaning ommabopligi; reklama bannerining o'lchamlari va joylashgan o'rni; reklama bannerining dizayni; narxlash modellari. Veb-sahifaning ommabopligi. Reklama beruvchi mavjud mahalliy va horijiy veb-sahifalar, ularga murojaat etuvchilar soni, qaysi yosh va qiziqishdagi foydalanuvchilarga mo'ljallanganligi haqidagi batafsil ma'lumotlarga ega bo'lishi lozim. Reklama bannerining o'lchamlari va joylashgan o'rni. Har bir veb-sahifa o'ziga xos dizaynga ega. Shuning uchun ham ularning ba'zilaridagi reklama uchun ajratilgan o'rinlar ikkinchisi bilan bir xil emas. Ammo barcha asosiy sahifalardagi reklama bannerlari maydonlarini shartli ravishda quyidagi umumiy shablon yordamida tasvirlash mumkin (1-rasm). Bunda 1-eng yuqori banner, o'lchamlari 468X60rx (rx-piksel); 2-markaziy banner, uning o'lchamlari turlicha; 3-pastki chap burchakdagi banner 120×600 yoki 160x600rx; 4-eng pastki banner 468x60rx; 5-o'ng tarafdagi markaziy banner 200x200rx. Reklama bannerining dizayni. Har bir banner o'ziga xos ijodiy yondashuvni talab etadi. Siz ekranning kichkinagina qismidan foydalanib, sanoqsiz iste'molchilarga murojaat qilasiz. Demak, reklama banneri kishi e'tiborini tez torta oladigan, takrorlanmas, undagi har bir so'z va element mahsulot yoki xizmatning xususiyatlarini ochib berishga qaratilgan, foydalanilgan barcha ranglar bir-birini to'ldirib, umumiy uyg'unlikka ega bo'lishi lozim. Bannerlar ikki xil statik va dinamik bo'lishi mumkin. Odatda ularni tayyorlashda Adobe Photoshop yoki Adobe Flash dasturlaridan foydalaniladi. Adobe Flash dasturidan foydalanganda bannerda animatsiyalar bilan birga, tasvirga hamohang musiqalarni ham joylashtirish mumkin. Reklama bannerining dizayni. Narxlash modellari Asosiy adabiyotlar: Бокарев Т. Энциклопедия интернет-рекламы. -М.:Издательство «ПРОМО-РУ», 200 г. Высоткин А. Реклама в Internet: тонкости, советы, примеры и способы работы. М., 199 Гуров В.В. Интернет для бизнеса. М., 1997 Загуменнов А.П. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 219.8 KB
Ko'rishlar soni 77 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 219.8 KB
Ko'rishlar soni 77 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga