Internet-sahifani Word vositalari bilan yaratish Reja: HTML tahrirlagichlari to'g'risida umumiy tushuncha INTERNET ASSISTANT ning dasturiy vositalar Web -sahifalarni yaratish bo'yicha Wordning har versiyalarida ishlash xususiyatlari Web-sahifani shablon bo'yicha va Web − sahifa masteri yordami bilan yaratish Sahifa fonini tanlash va rang bilan ishlash Ro'yxatlarni rasmiylashtirish Jadvallar bilan ishlash Multimediya elementlarini o'rnatish Internet-sahifalarni tahrirlash Jarayonida ko'rib chiqish HTML tahrirlagichlari to'g'risida umumiy tushuncha Malumki, Web-sahifalarni yaratish uchun ko'plab har xil asbob vositalari mavjud. Dasturlar tuzishni osonlashtirish, internet sahifalarini samarali olib borish, shu bilan birga ularni doimiy ravishda korrektirovkalash va tahrirlash uchun yanada ko'proq dasturlar, utilitlar va HTML tahrirlagichlar ishlab chiqarilmoqda. Hozirgi vaqtda bazi zamonaviy HTML tahrirlagichlar oddiy ekranli, matnli va HTML fragmentlarini avtomatik usulda kiritishga va Web-sahifalarni tahrirlashga imkon yaratib beruvchi o'rnatilgan buyruq va funksiyali eng oddiy matn tahrirlagichini eslatadi. HTML tahrirlagichlarining boshqa xilini Wysiwyg tahrirlagich, deyiladi. (Wysiwyg What you see is what xou get-nimani ko'rsang, o'shani olasan) Bu HTML tahrirlagichlar Web -saqifani brauzerda qanday aks ettirilgan bo'lsa, xuddi shunday ko'rinishda ko'rsatadi. Agar siz, matnni yarim qorashrift bilan aks etishini istasangiz, u xuddi siz aytganingizdek, ekranda yarim qora shrift bilan aks etiriladi. Tasvirni kiritganingizda siz, tegini ko'rmasdan grafikaning o'zini ko'rasiz. WYSIWYG HTML tahrirlagichlar ommabopdir, chunki sahifa yaratish jarayonida uning ko'rinishi bilan tanishish imkonini darrov beradi. Lekin, afsus bu tahrirlagichlar etarli egiluvchanlikka ega emaslar. Shu bilan birga, ko'plab tadqiqotchilar tahrirlagichlarning ikkala xilidan foydalanadilar. Keyinchalik HTML tahrirlagichlarga HOT DOG Pro va Coffee Cuplar ham tegishlidir. Ulardan birinchisi shartli tekin dastur hisoblanib, 16 va 32.blit variantlarida taqdim etiladi. Dasturni sotib olishdan oldin u bilan 14 tekshirish va boshqa imkoniyatlar kiritilgan. HOT DOG Pgo ning kengaytirilgan versiyasi ham mavjud. Lekin ularning narxi ancha yuqori. Hot DOG Pro dasturini quyidagi adres bo'yicha yuklash mumkin. http ww sausaqe. com. HTML tahrirlagich HOT DOG HTML 3,2 va 3,3.ning barcha eng yangi imkoniyatlarini o'z ichiga olgan. U Web-tadqiqotchilari orasida juda ham ommabop hisoblanadi, chunki u multimediyali maxsus effektlarni tatbiq qilish imkoniyatiga ega va Web-ning boshqa asboblari bilan yaxshi birlashaoladi [46]. HOT DOGning muhim imkoniyatlaridan biri − bu sizni muloqot (dialog) darchasi yordamida hamma bo'layotgan jarayonlardan olib o'tuvchi jadval va grafikalar yaratishdagi o'rnatilgan vositalardir. Tahrirlagich tugmalari panelidagi jadval yoki grafika tugmasi ustida oddiygina chiqqilatib, kerakli elementni yaratish uchun yordam beradigan muloqot darchasini ko'rish mumkin. Bu HTML kodini 'yozish jarayonidagi toliqishdan qutilish imkonini beradi. HOT DOG ni kompyuterda o'rnatgach, uni HTML hujjatlarni to'g'ridan-to'g'ri tahrirlagichdan brauzer yordamida olib ko'rib chiqish mumkin bo'ladigan darajada sozlash mumkin. Menyu satrida Tools Options ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:35:01
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
500.38 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:35 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
500.38 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:45 ]
Arxiv ichida: doc