Internet tarmog'i resurslari

Internet tarmog'i resurslari

O'quvchilarga / Informatika va AT
Internet tarmog'i resurslari - rasmi

Material tavsifi

Internet tarmog'i resurslari Mavzular Veb sahifa tushunchasi va shakli; Veb sayt tushunchasi va shakli; Veb portal tushunchasi; Veb saytlarning toifalari va vazifalari; Internetga resurslarni joylashtirish va ko'chirib olish; Manzil tushunchasi va Internet resurslari manzili; O'zbekiston Respublikasi Hukumat portali; Ziyonet - ta'lim tarmog'i va undan foydalanish; Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziriligi, O'rta-maxsus kasb-hunar ta'lim markazi, Xalq ta'limi vaziriligi va Davlat test markazi veb saytlari va ulardan foydalanish; Masofaviy ta'lim va uning ahamiyati; Salbiy va ijobiy resurslarga ega bo'lgan veb saytlar va ularning ahamiyati. Veb-sahifa tushunchasi va shakli Internet manzili (URL) bilan bir xil manoda belgilanuvchi mantiqiy birlik. U veb-saytning tarkibiy qismidir. Veb sahifa biror voqelik, hodisa yoki obyekt to'g'risida ma'lumotlarni o'zida jamlagan ma'lumotlar faylidir. Veb-sayt tushunchasi va shakli Veb-sayt inglizcha site so'zidan olingan bo'lib, joy, joylashish kabi manolarni bildiradi. Umumjahon o'rgimchak to'ri malum axborotni topish mumkin bo'lgan va noyob URL manzillar bilan belgilangan virtual joy. Veb-sayt bosh sahifasida saytning boshqa sahifalari yoki boshqa saytlarga murojaatlari mavjud bo'ladi. Veb-sayt sahifalari HTML, ASP, PHP, JSP, texnologiyalari yordamida yaratilib, matn, grafik, dastur kodi va boshqa ma'lumotlardan tashkil topgan bo'lishi mumkin. Veb-saytni ochish uchun brouzer dasturidan foydalanib uning manzil maydoniga kerakli veb saytning manzili kiritiladi. Veb-sayt shaxsiy, tijorat, axborot va boshqa ko'rinishlarda bo'lishi mumkin. Veb portal tushunchasi Veb portal (inglizcha portal - darvoza so'zidan olingan) - bu Internet foydalanuvchisiga turli interaktiv xizmatlarni ko'rsatuvchi yirik veb-sayt. Portallar gorizontal (ko'p mavzularni qamrovchi) va vertikal (malum mavzuga bag'ishlangan), xalqaro va mintaqaviy, shuningdek ommaviy va korporativ bo'lishi mumkin Portal orqali Internet foydalanuvchilariga quyidagi interaktiv xizmatlar ko'rsatiladi: Elektron pochta ma'lumotlarni qidirish Veb-saytlarni joylashtirish Konferentsaloqalarni taqdim etish Yangiliklar forumlar va x.k Veb saytlarning toifalari va vazifalari (ta'lim saytlari) Bu turdagi saytlarga ta'lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va masofaviy ta'lim saytlari kiradi, masalan: edu.o'z, eduportal.o'z Veb saytlarning toifalari va vazifalari (Tijorat saytlari) Bu turdagi saytlarga internet do'konlar, internet to'lov tizimlari va internet konvertatsiya tizimlari saytlari kiradi, masalan: websum.o'z, webmoney.ru, egold.com Veb saytlarning toifalari va vazifalari (Ko'ngilochar saytlar) Bu turdagi saytlarga kompyuter o'yinlariga, fotogalereyalarga, sayohat va turizmga, musiqa va kino namoyishlarga bag'ishlangan saytlarni kiritish mumkin, masalan: mp3.o'z, melody.o'z, shou-biznes.o'z Veb saytlarning toifalari va vazifalari (Korxona va tashkilotlar saytlari) Bu turdagi saytlarga davlat korxonalari, xo'jalik va boshqaruv organlari saytlari kiritiladi. Internetda manzil tushunchasi va Internet resurslari manzili Sahifa, fayl yoki boshqa resursning Internetda joylashishini aniqlovchi noyob manzil - URL deb ataladi. Kompyuter domen manzilining yoki veb resurs manzilining namunaviy ko'rinishi quyidagicha: http:ww.tuit.o'z, http:ww.aci.o'z. Domen manzilining shakllanishi Internet domen tizimi o'z - Uzbekistan KG - ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.6 MB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:45 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.6 MB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga