INTERNET TARMOG'I VA UNING AHAMIYaTI Mavzular Internet tushunchasi; Global tarmoq tushunchasi; Internet tarmog'ining tuzilishi; Internetga bog'lanish: Telefon liniyasi orqali Internetga ulanish; Mobil aloqa vositalari yordamida Internetga ulanish; Modem tushunchasi va uning vazifasi; O'zbekiston Respublikasidagi Internet tarmog'ining rivojlanishi; Internet tarmog'ining vazifasi va undan foydalanish maqsadlari. Internet tushunchasi Internet - bu yagona standart asosida faoliyat ko'rsatuvchi jahon global kompyuter tarmog'idir. Uning nomi ikki xil talqin qilinadi, yani International Network - xalqaro tarmoq va Interconnected networks «tarmoqlararo» degan manoni anglatadi. Global tarmoq tushunchasi Internet tarmog'ining asosiy yacheykalari (qismlari) bu shaxsiy kompyuterlar va ularni o'zaro bog'lovchi lokal tarmoqlardir. Internet tarmog'i - bu global tarmoq vakili hisoblanadi. Internet alohida kompyuterlar o'rtasida aloqa o'rnatibgina qolmay, balki kompyuterlar guruhini o'zaro birlashtirish imkonini ham beradi. Internet tarmog'ining tuzilishi Internet o'z - o'zini shakllantiruvchi va boshqaruvchi murakkab tizim bo'lib, asosan uchta tarkibiy qismdan tashkil topgan: Internet tarmog'ining texnik ta'minoti har xil turdagi kompyuterlar, aloqa kanallari hamda tarmoqning texnik vositalari majmuidan tashkil topgan. Internet tarmog'ining dasturiy ta'minoti tarmoqka ulangan xilma-xil kompyuterlar va tarmoq vositalarini yagona standart asosida ishlashni taminlovchi dasturlar. Internet tarmog'ining axborot ta'minoti Internet tarmog'ida mavjud bo'lgan turli elektron hujjatlar, grafik rasm, audio yozuv, video tasvir, veb-sayt va hokazo ko'rinishdagi axborotlar majmuasidan tashkil topgan. Internet bilan bog'lanish Oddiy telefon liniyasi orqali Internetga bog'lanish Mobil telefon orqali Internetga bog'lanish Modem tushunchasi va uning vazifasi Modem modulyator-demodulyator so'zlarining qisqartmasi hisoblanadi. Modem signalni (axborot) telekommunikatsiya kanallar bo'ylab uzatishni ta'minlaydi. Modem yordamida internetda oddiy analog telefon tarmog'i orqali bog'lanish mumkin. Bunday modemlarning nazariy jihatdan eng yuqori foydalanish tezligi 56 Kbsek. ni tashkil etadi. Modem ichki va tashqi turlarga bo'linadi va har ikkalasi ham internetga yoki telekommunikatsiya tarmoqlariga ulanish uchun xizmat qiladi. Tashqi faksmodem Simsiz modem Ichki modem O'zbekiston Respublikasidagi Internet tarmog'ining rivojlanishi Respublikamizda milliy Internet-segmentini rivojlantirish bo'yicha ishlar O'zR Vazirlar Mahkamasining Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida 2002 yil 6 iyundagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan 2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturiga asosan amalga oshirilmoqda. Hozirgi vaqtda Respublikamizda Internet foydalanuvchilarining umumiy soni 7,3 mln. kishidan ortdi, shundan 3,5 mln. kishi, yani 100ta fuqarodan 11tasi aloqa liniyalari orqali Internetga shaxsiy kompyuterlari orqali ulanadi. Mobil Internet foydalanuvchilarining soni esa hozirgi kunda 3,8 mln. kishini tashkil etadi. Respublikada .o'z domen zonasida ikkinchi darajali domen nomlarini ro'yxatga olish bo'yicha 7ta registratorlar faoliyat ko'rsatadi: Tomas, Billur.com, Arsenal-D, Sarkor Telecom, VSS, TV-Inform va Simus. o'z Milliy domen zonasidagi domen nomlarining soni 11088 tani tashkil etdi, yil boshiga nisbatan bo'lgan o'sish 16%ni tashkil etdi. Internet ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:35:01
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
558.74 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:45
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:35 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
558.74 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:45 ]
Arxiv ichida: ppt