Internet tarmog'ining tuzilish prinsipi, asosiy tushunchalar va ta'riflar

Internet tarmog'ining tuzilish prinsipi, asosiy tushunchalar va ta'riflar

O'quvchilarga / Informatika va AT
Internet tarmog'ining tuzilish prinsipi, asosiy tushunchalar va ta'riflar - rasmi

Material tavsifi

Internet tarmog'ining tuzilish prinsipi asosiy tushunchalar va ta'riflar Reja: 1. Internet tarmog'ining tuzilish prinsipi. 2. Asosiy tushunchalar va ta'riflar. 3. Internet sohasidagi standartlar. 1. Internet tarmog'ining tuzilish prinsipi Internet (ingl. Internet = internet work) - tarkibiy tarmoq yoki quyidagi fizik tarmoqlar asosida quriladigan inter tarmoqdir: -lokal - Local Area Networks (LAN) - katta bo'lmagan hududlardagi (radiusi 1-2 km dan ortiq bo'lmagan) kompyuter tarmoqlari; -global - Wide Area Networks (WAN) - turli shahar va mamlakatlarda joylashgan, territorial taqsimlangan kompyuterlarni birlashtiruvchi tarmoq; -shahar (yoki megapolislar tarmog'i)- Metropolitan Area Networks (MAN) - yirik shaharlar- megapolislar hududlariga xizmat ko'rsatish mo'ljallangan tarmoqlar. Tarkibiy tarmoqqa kiruvchi tarmoqlar, quyi tarmoqlar (subnet), tashkil etuvchi tarmoqlar yoki oddiygina tarmoqlar deb ataladi. Tarkibiy tarmoqning komponentlari ham lokal, ham global tarmoqlar bo'lishi mumkin. Bitta quyi tarmoq doirasida barcha uzellar, ular uchun yagona bo'lgan texnologiyadan foydalanib o'zaro harakatda bo'lishadi. 2-rasm. Internet tarmog'ining tarkibiy qismlari 2. Asosiy tushunchalar va ta'riflar Internet - Yer sharining turli burchaklaridagi millionlab hisoblash qurilmalarini yagona butunlikka bog'lovchi, butun dunyo kompyuter tarmog'idir: -stol ustida turadigan shaxsiy kompyuterlar, serverlar, PDA, televizorlar, mobil kompyuterlar - xost tizimlar yoki oxirgi tizimlar; -Ishchi stansiya - kompyuter tarmog'ining abonenti bevosita ishlaydigan kompyuterdir; -Server - bu kompyuter tarmog'ining umumiy masalalarini bajaruvchi va ishchi stansiyalarga xizmatlarni taqdim etuvchi kompyuterdir. Xost - bu IP-adresga ega, Internet tarmog'iga ulanadigan universal nuqtadir. Bu kompyuter bo'lib, u ilovalarni bajaradi va TCPIP protokolini qo'llabquvvatlovchi, bitta yoki birnechta foydalanuvchilarga ega bo'ladi. Xost kommunikatsiya tarmog'ining oxirgi nuqtasi sifatida ishlaydi. IP-adres qaydlangan 4 bayt (32 bit) uzunlikka ega. IP-adresning taqdimlanish keng tarqalgan shakli to'rtta raqam ko'rinishida yozilishidir, xar bir bayt qiymatini nuqtalar bilan ajratilgan o'nli shaklda taqdimlanishidir, masalan: 128.10.2.30. Bu adres ikkilik formatda ham taqdimlanishi mumkin: 100 001010 0010 00110 Tarmoqdagi IP-adreslarning maksimal soni 232=4 294 967 296 bo'ladi. Insonga raqamli adresni eslab qolish ancha mushkuldir, shuning uchun ismlarning domen tizimi (DNS) kiritildi, u raqamli Internet - adresga mos noyob domen ism qo'yiladi. Domen - bu bir qancha belgilar bo'yicha birlashtirilgan kompyuterlar guruhidir. Domen tizimi ierarxik strukturaga ega: yuqori (birinchi) daraja domenlari; ikkinchi daraja domenlari; uchinchi daraja domenlari va x.k (o'ngdan chapga). 2-rasm. Ismlarning domen tizimiga misol Xost tizimlar orasida bog'lanish maxsus kommutatsiyalovchi qurilmalar - marshrutizatorlar ulaydigan ketma-ket liniyalar to'plami yordamida amalga oshiriladi. Marshrutizator o'zining kirish aloqa kanalidan birida uzatilayotgan ma'lumotlar portsiyasini qabul qiladi va uni o'zining chiqish aloqa kanallaridan biriga yo'naltiradi. Paketlar - uzatilayotgan ma'lumotlar portsiyasi. Paket o'tadigan aloqa kanallari va marshrutizatorlar ketma-ketligi - marshrut yoki paketning tarmoqdagi yo'lidir. Paketning yo'li avvaldan malum ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 503.95 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:45 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 503.95 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga