Internet tarmoqlarda kommutatsiya va marshrutizatsiya. Paketli axborotlarni uzatish prinsiplari. Reja: 1. Paketli kommutatsiya 2. Marshrutizatorda paketlarni qayta ishlash. 3. Deytagrammali uzatish 4.Logik ulanishni o'rnatish bilan uzatish 5.Virtual kanalni o'rnatish bilan uzatish 1. Paketli kommutatsiya Kompyuter tarmoqlarda katta hajmli xabarlar kichik fragmentlarga paketlarga bo'linadi. Uzatish paytida paket ketma ket aloqa liniyalar va marshrutizatorlar orqali o'tadi. Marshrutizatorlar oraliq saqlash bilan uzatish mexanizmni ishlatadi paket avval to'liq qabul qilinadi va buferga yoziladi, keyin aloqa liniyaga uzatiladi (1. rasm). Marshrutizatorlarda yig'ish o'shlanishi paydo bo'ladi, u paket uzunligiga proportsional: Tzn=LR bu yerda L - paket uzunligi bit, R - chiqish aloqa liniyaning tezligi bits 1. rasm. Paketli kommutatsiyada paketlarni yig'ish va o'tkazish. Marshrutizator chiqish va kirish aloqa liniyalarga ega. Xar bitta aloqa liniya cheklangan razmerga ega bo'lgan buferga (chiqish navbati) ega. Bufer razmeri cheklangani uchun, shunday holat paydo bo'lish mumkin, yangi paketni joylashish uchun buferda joy yetishmasligi mumkin. Bu holatda paket yo'qotiladi yoki yangi paket, yoki navbatda turgan paket yo'qotiladi. Paketli kommutatsiya bilan oddiy tarmoq strukturani ko'rib chiqamiz (2. rasm.). A,V xostlari Ye xostiga birgalikda paketlarni jo'natadi, A va V xostlarning birinchi marshrutizator bilan aloqasi 10Mbits tezligi bilan Ethernet aloqa liniyasi bilan amalga oshiriladi. Marshrutizator aloqa liniyaga paketlarni 1,5Mbits tezligi bilan yuboradi. Agar aloqa liniya yuklangan bo'lsa paketlar uni bo'shatishni navbatda kutib turadilar. 2.rasm. Paketli kommutatsiya bilan oddiy tarmoqning strukturasi. Agar A va V birdan paketlarni yuborsa, nima bo'lishini ko'rib chiqamiz. Xostlar o'rtasida sinxronizatsiya yo'q, paketlarni uzatish tartibini oldindan aytib bo'lmaydi, bu usul statik multipleksorlash deb aytiladi. Xostlar o'rtasida paketlar uzatish vaqti qo'yidagisiga teng: Tp=Q*LR bu yerda L - paket uzunligi bit, R - chiqish aloqa liniyaning tezligi bits, Q - xostlar o'rtasida aloqa liniyalarning soni. Paketlar tarmoqqa manba bergan tezligi bo'yicha aloqa liniya oldindan zahiralanmagan paytida kiradi. Paketli tarmoq kommutatsiyali tarmoqdan asosiy farqi u xar doim paketlarni oxirgi tugundan qabul qilishga tayyor. Paketli kommutatsiya real vaqt ilovalarni telefoniya, videochaqiruv, konferents aloqa sifatli xizmat ko'rsatishni ta'minlab bermaydi, lekin aloqa liniya o'tkazuvchanligini samarali bo'linishni ta'minlab beradi. 2. Marshrutizatorda paketlarni qayta ishlash Paket tarkibiga sarlavha, ma'lumot joyi va oxiri kiradi. Sarlavha paket boshida joylashga joyi hisoblanadi, unda uzatish adresi va jo'natuvchi uchun ishlatiladigan boshqa yordamchi ma'lumot joylashgan (ma'lumotlar joy uzunligi, nazorat summasi va hoqazo). Paket oxiri bu paket oxirida joylashgan joy hisoblanadi, unda ma'lumot tarmoqda uzatish paytida o'zgargan yoki o'zarmaganligini tekshiradigan nazorat summasi joylashgan. Xar bitta paket kommutator yordamida tarmoq trafikni tashkil qilgan boshqa paketlarga bog'liq bo'lmagan holda qayta ishlanadi. Texnologiyaga qarab paketlar fiksatsiyalangan yoki o'zgaruvchan uzunligiga ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:35:01
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
694.97 KB
Ko'rishlar soni
109 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:35 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
694.97 KB
Ko'rishlar soni
109 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:45 ]
Arxiv ichida: doc