Internet tarmoqlarda kommutatsiyalash va marshrutlashtirish

Internet tarmoqlarda kommutatsiyalash va marshrutlashtirish

O'quvchilarga / Informatika va AT
Internet tarmoqlarda kommutatsiyalash va marshrutlashtirish - rasmi

Material tavsifi

Internet-tarmoqlarda kommutatsiyalash va marshrutlashtirish Reja: 1.Kommutatsiyalash tavsifi 2.Axborot oqimi tavsifi 3.Internet-tarmoqlardagi marshrutlashtirish 4.Kommutatsiyalash usullari, ularning avzalliklari va kamchiliklari 5.Kanallarni kommutatsiyalash usullari 6. Kanallar kommutatsiyalanadigan tarmoqlarda multiplekslash 1. Kommutatsiyalash tavsifi Kompyuterlar ayrim topologiyaga muvofiq o'zaro fizik bog'langan va manzillashtirish tizimi tanlangan bo'lsin (9.1-rasmga qarang). Eng muhim muammo echilmasdan qolayapdi. Oxirgi tugunlar orasida ma'lumotlarni qnday usulda uzatish kerak? 1-rasm. Tranzit tugunlar tarmog'i orqali foydalanuvchilarni kommutatsiyalash. Tranzit tugunlar tarmog'i orqali oxirga tugunlarning bog'lanishi kommutatsiyalash deyiladi. Jo'natuvchidan oluvchiga yo'lda yotadigan tugunlar ketma-ketligi marshrutni hosil qiladi. Masalan, 9.1-rasmda keltirilgan tarmoqda 2- va 4-tugunlar to'g'ridanto'g'ri o'zaro bog'lanmagan va ma'lumotlarni tranzit tugunlar, masalan 1- va 5-tugunlar orqali uzatishga majbur. 1-tugun o'z A va V interfeyslar orasida, 5-tugun esa F va B interfeyslar orasida ma'lumotlarni uzatilishini bajarishi kerak. bu holatda marshrut 2-1-5-4 ketma-ketlik hisoblanadi, bu yerda 2 - jo'natuvchi tugun, 1- va 5 - tranzit tugunlar, 4 - oluvchi tugun. Umumiy ko'rinishda kommutatsiyalash masalasi quyidagi o'zaro bog'langan xususiy masalalar ko'rinishida berilishi mumkin: 1.Ular uchun marshrutlar hosil qilinishi talab qilinadigan axborot oqimlarini aniqlash; 2.Oqimlarni marshrutlashtirish; 3.Oqimlarni harakatlantirish, yani oqimlarni tanish va ularni har bir tranzit tugunda lokal (ajratilgan) kommutatsiyalash; 4.Oqimlarni multiplekslash va demultiplekslash. 2. Axborot oqimi tavsifi Bitta tranzit tugun orqali bir necha marshrutlar o'tishi mumkin. masalan 5-tugun orqali (9.1-rasmga qarang) 4-tugun qolgan tugunlarning har biriga jo'natadigan barcha mlumotlar, shuningdek 3, 4- va 10-tugunlarga keladigan barcha ma'lumotlar o'tadi. Tranzit tugun kerakli tugunga olib boradigan aynan o'sha o'z interfeysiga ma'lumotlar oqimlaridan har birini uzatilishini ta'minlash uchun unga keladigan ma'lumotlar oqimlarini tanishni bilishi kerak. Axborot oqimi yoki ma'lumotlar oqimi deb ma'lumotlarni umumiy tarmoq trafigidan ajratadigan umumiy belgilar to'plami bilan birlashtirilgan uzluksiz ma'lumotlar ketma-ketligiga aytiladi. Masalan, bitta kompyuterdan keladigan barcha ma'lumotlar - oqimni qanday aniqlash mumkin. birlashtiruvchi belgi manbaning manzili hisoblanadi. Bu ma'lumotlarni bir necha nimoqimlar yig'indisi sifatida tasavvur qilish mumkin, belgi yuborish manzili hisoblanadi. Nihoyat, bu nimoqimlardan har birini, o'z navbatida, turli ilovalar - elektron pochta, fayllarni ko'chirish dasturi, veb-server hosil qilgan maydaroq nimoqimlarga bo'lish mumkin. Oqimni hosil qiladigan ma'lumotlar turli ma'lumotlar axborot birliklari - paketlar, kadrlar yoki yacheykalar ko'rinishida bo'lishi mumkin. Kommutatsiyalashda oqimning majburiy belgisi ma'lumotlarni yuborish manzili hisoblanadi. Yuborish manziliga asoslanish orqali tranzit tugunga kiradigan butun ma'lumotlar oqimi nimoqimlarga bo'linadi, ulardan har biri ma'lumotlarning harakatlanishi marshrutiga mos interfeysga uzatiladi. Manba va yuborish manzillari mos oxirgi tugunlar juftligi uchun oqimni aniqlaydi. 3. Internet-tarmoqlardagi marshrutlashtirish Marshrut bu jo'natuvchidan oluvchiga yo'lda yotadigan tugunlar ketmaketligi hisoblanadi. Marshrulashtirish masalasi quyidai ikki vazifalarni o'z ichiga oladi: 1.Marshrutni aniqlash; 2.Tanlangan marshrut haqida tarmoqni ogohlantirish. Marshrutni aniqlash ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 204.33 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:45 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 204.33 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga