Internet tarmoqlari va ularni tuzulishi

Internet tarmoqlari va ularni tuzulishi

O'quvchilarga / Informatika va AT
Internet tarmoqlari va ularni tuzulishi - rasmi

Material tavsifi

Internet tarmoqlari va ularni tuzulishi Reja: Internet va intranet. Internetning tarkibiy qismlari. IR(Internet Protokol) va URL(Uniform Resource Locator) manzillar tushunchasi. Internetga ulanish usullari va tartiblari. To'g'ridan to'g'ri bog'lanish. Internetni ishlash tartibi. Web server tushunchasi. Web sahifaning aktiv komponentlari. Elektron pochta. Internet va intranet. Internet xizmati turlari elektron sahifa, elektron pochta, telekonferensiya, fayllarni uzatish, domen nomlari, Telnet, IRC yoki Chat konferensiya, ma'lumotlarni izlash xizmatlari tavsiflari keltiriladi. Internet bu yagona standart asosida faoliyat ko'rsatuvchi jahon global kompyuter tarmog'idir. Uning nomi «tarmoqlararo» degan maononi anglatadi. U maalliy (lokal) kompyuter tarmoqlarni birlashtiruvchi informatsion tizim bo'lib, o'zining alohida axborot maydoniga ega bo'lgan virtual to'plamdan tashkil topadi. Internet, unga ulangan tarmoqqa kiruvchi barcha kompyuterlarning o'zaro ma'lumotlar almashish imkoniyatini yaratib beradi. O'zining kompyuteri orqali internetning xar bir mijozi boshqa shahar yoki mamlakatga axborot uzatishi mumkin. Internet XX asrning eng buyuk kashfiyotlaridan biri hisoblanadi. Ushbu kashfiyot tufayli butun jahon bo'ylab yoyilib ketgan yuz millionlab kompyuterlarni yagona informatsion muhitga biriktirish imkoniyati tug'ildi. Quyidagi rasmda internet va unga bog'lanishning umumiy shakli keltirilgan. Unga asosan internetga bog'lanish va undan foydalanishning asosiy texnik vositasini shaxsii komppyuterlar tashkil etadi. Uning imkoniyatlarini kengaytirish V4YH unga mikrofon, videokamera, ovoz chiqargich (audiokolonka) va boshqa ko'shimcha qurilmalar ulanishi mumkin. Internet xizmati internet provayderlari yordamida aloqa kanallari orqali amalga oshiriladi. Aloqa kanallari sifatida telefon tarmog'i, kabelli kanallar, radio va kosmos aloqa tizimlaridan foydalanish mumkin. Internet tarmog'i ning asosiy yacheykalari bu shaxsiy kompyuterlar va ularni o'zaro bog'lovchi lokal tarmoqlardir. Internet alohida kompyuterlar o'rtasida aloqa o'rnatibgina qolmay, balki kompyuterlar guruhini o'zaro birlashtirish imkonini xam beradi. Agar biron bir maalliy tarmoq bevosita internetga ulangan bo'lsa, u holda mazkur tarmog'ning xar bir ishchi stansiyasi internetga ulanishi mumkin. Shuningdek, internetga mustaqil ravishda ulangan kompyuterlar xam mavjud. Ularni xost kompyuterlar (host - rahbar) deb atashadi. Tarmoqqa ulangan xar bir kompyuter o'z manziliga ega va uning yordamida jahonning istalgan nuqtasidagi istalgan mijoz uni topa olishi mumkin. Internet bu internet texnologiyasi, dastur ta'minoti va protokollari asosida tashkil etilgan, hamda ma'lumotlar bazasi va elektron hujjatlar bilan jamoa ravishda ishlash imkonini beruvchi korxona yoki kontsern miqyosidagi yagona informatsion muhitni tashkil etuvchi kompyuter tarmog'idir. Internetda esa bunday noqulayliklarni oldi olingan bo'lib, uning foydalanuvchisi bunday ma'lumotlarni bilishi shart emas. Bundan tashqari internet tarmog'ida mavjud bo'lgan barcha elektron hujjat va ma'lumotlar bazasini giper bog'lanishlar yordamida o'zaro bog'lab yagona informatsion muhit qurish, unda qulay informatsion qidiruv tizimlarini tashkil etish mumkin bo'ladi. Internetning tarkibiy qismlari. Internet o'z - o'zini shakllantiruvchi va boshqaruvchi murakkab tizim bo'lib, asosan uchta tarkibiy qismdan tashkil topgandir: - Texnik ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 806.81 KB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:45 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 806.81 KB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga