Internet tarmoqlarida axborot makoni. Elektron pochtalar bilan ishlash. Reja: Internetda ma'lumot izlash Qidiruv tizimi Internet foydalanuvchilari qidiruvni global tarmoqda Axborotlarni parametrlari bo'yicha qidirish Qidirish turlari Internetda ma'lumot izlash Internet ta'sirida va vositasida kasb tanlayotganlar, bilim olayotgan, tanish orttirayotgan, oila qurayotgan, xorij bilan aloqa o'rnatayotgan, tadbirkorlikni yo'lga qo'yayotganlar (va hokazo), qisqasi o'z taqdirini belgilayotganlar atrofimizda ko'plab topiladi. Nimadir kerak bo'lib qolsa yoki nimanidir qidirib topmoqchi bo'lganlarning aksari darhol internetga murojaat qiladi. Ko'pincha bu murojaatdan ijobiy javob olinadi. Qidiruv tizimi nima? Internetdan foydalanuvchilar orasida qidiruv tizimlariga murojaat qilmaydiganlari juda kam topilsa kerak. Google kabi qidiruv tizimlari salkam internet so'zining sinonimiga aylangan. Qidiruv tizimi - veb-interfeysli dasturiy-apparat majmuasi hisoblanadi. U orqali internetdan ma'lumotlar qidiriladi. Qidiruv tizimi deyilganda odatda ma'lum bir sayt nazarda tutiladi. Unda interfeys tizimi o'rnatilgan holda kalit so'zlar bo'yicha qidirish amalga oshiriladi. Axborot-qidiruv tizimlari internet resurslari ichidan so'ralgan ixtiyoriy ma'lumotlarni qidirib topib berish imkoniyatiga ega. Internet foydalanuvchilari qidiruvni global tarmoqda joylashgan veb-saytlar, ularning manzili va ichki ma'lumotlari bo'yicha olib borishi mumkin. Bu esa foydalanuvchiga kerakli bo'lgan axborotni samarali qidirish va tez topish imkoniyatini beradi. Har bir foydalanuvchi axborotni qidirish uchun bir yoki bir necha so'zdan tashkil topgan jumlalardan foydalanadi. Bunda foydalanuvchi tomonidan qidiruv maydoniga kerakli ma'lumotga doir so'z yoki jumla kiritiladi va qidiruv tizimi ishga tushadi. Axborotlarni parametrlari bo'yicha qidirish Har bir foydalanuvchi internet tarmog'i orqali o'ziga kerakli bo'lgan ma'lumotlarni oson va tez qidirib topishi uchun axborotni ma'lum parametrlar bo'yicha qidirish tavsiya qilinadi. Bular quyidagilardan iborat: Ma'lumotlarni uning tili bo'yicha qidiruv; Ma'lumotlarni uning turi (matn, rasm, musiqa, video) bo'yicha qidiruv; Ma'lumotlarni uning joylashgan mintaqasi bo'yicha qidiruv; Ma'lumotlarni uning joylashtirilgan sanasi bo'yicha qidiruv; Ma'lumotlarni uning joylashgan internet hududi bo'yicha qidiruv; Ma'lumotlarni xavfsiz qidiruv. Qidirish turlari Internet tarmog'ida turli ma'lumotlar, fayllar mavjud. Dearli ularning har bir turini qidirib topishga mo'ljallangan alohida tizimlar ishlab turibdi. Masalan, odamlarni, kino yoki musiqani, rasmlarni alohida qidirish imkoniyati bor. Global tarmoqda grafik ma'lumotlarning ko'plab turlari uchraydi, ya'ni: chizma (vektor), foto (rastr), harakatlanuvchi (animatsiya) hamda siqilgan rasmlar. Rasm ko'rinishidagi ma'lumotlarni faqatgina uning nomi yoki turi bo'yicha qidirib topish mumkin. Ko'pgina internet qidiruv tizimlari grafik yoki tasvir ko'rinishidagi ma'lumotlarni axtarish uchun alohida bo'lim va funksiyalarni joriy etgan. Bunday tartibdagi ixtisoslashuv izlanayotgan ma'lumotning tez va aniq topilishiga ko'maklashadi. Milliy axborot-qidiruv tizimi Albatta, yurtimizda internetning taraqqiy etishi va milliy segment hajmining oshib borishi milliy axborot-qidiruv tizimlarini yo'lga qo'yish ehtiyojini yuzaga keltirdi. Bugungi kunda bir nechta mahalliy qidiruv tizimlari faoliyat ko'rsatapti. Ular orasida WW.o'z - Milliy axborot-qidiruv tizimi alohida o'rin tutadi. WW.o'z - ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:35:01
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
899.95 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:46
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:35 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
899.95 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:46 ]
Arxiv ichida: ppt