O'zbekiston RespublikaSI OLIY TA'LIM VAZIRLIGI O'zbekiston RespublikaSI MADANIYAT VAZIRLIGI YUNUS RAJABIY NOMIDAGI O'ZBEK MILLIY MUSIQA VA SAN'ATI INSTITUTI O'ZBEK MAQOMI TARIXI VA NAZARIYASI KAFEDRASI MAQOM ASOSLARI FANIDAN Kurs ishi Internet tarmoqlarida Shashmaqomga oid ma'lumotlarning sharhi Tekshirdi: . Bajardi: Toshkent-2023 Reja: Kirish 1.Internet tarmoqlarida maqom san'atiga oid ilmiy maqolalar. 2.Internet tarmoqlarida Shashmaqom kuylari va video yozuvlari. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati. Kirish Shashmaqom bizga qadar, o'rta asrlarda O'n ikki maqom sifatida shakllanib kelgan. XII asr Buxoro amrligida O'n ikki maqom faqatgina bayramlarda, katta tadbirlarda, saroylarda ijro etilgan.Shashmaqom O'n ikki maqom ko'rinishida XIX asr birinchi yarmiga qadar kelgan. Ko'plab san'atshunos olimlar, hofizlar, sozandalar tomonidan ijro etilgan kuylar mahsulidir.1936-yil Toshkent Davlat Konservatoriyasi ochildi.1972 yilda Sharqshunoslikfakulteti ichidaAn'anaviy ijrochilik kafedrasi ochildi, ushbu kafedra ichida yetuk mohir sozanda, chang va dutor ustasi Faxriddin Sodiqov boshchiligida maqomchilar ansambli tuzildi va shu yili Olmota shahrida bo'lib o'tgan II-xalqaro simpoziumda Shashmaqom cholg'u yo'llaridan Tarje' Buzruk ko'plab olqishlarga sazovor bo'ldi. XX asr ikkinchi yarmidaAkademik Yunus Rajabiy sa'yi harakati bilan Shashmaqom to'plami kitob shakliga keltirilgan. Bugunga kelib esa, bu Shashmaqom haqida ko'plab ma'lumotlar olishimiz mumkin. Xususan, Is'hoq Rajabovning ko'plab maqomga doir ilmiy maqolalari, ilmiy ishlari va kitoblari chop ettirilgan. Misol qilib aytadigan bo'lsak, Maqomlar kitobi bunga yaqqol misol bo'la oladi. Is'hoq Rajabov Namudlarni ko'plab ko'rinishlarini kitob qilib chop ettirgan. Bugungi kunga kelib, ko'plab olimlarimiz maqomga doir ilmiy ma'ruzalar matni,hamda kitoblar yozishgan. Misol qilib aytadigan bo'lsak,Is'hoq Rajabov yozib qoldirgan Maqomlarqo'lyozmasi, O.Ibrohimov vaboshqa san'atshunos olimlar sa'yi harakati bilan kitob shakliga keltirilgan. R.Yunusov Maqom asoslari,Faxriddin Sodiqovhayoti va ijodi kabi kitoblarini yozilishiga o'z hissasini qo'shgan. Internet tarmoqlarida maqom san'atiga oid ilmiy maqolalar Internet tarmoqlaridamaqomga oid ilmiy maqolalar, ma'ruzalar, maqom oqshomlari, maqomchilar ansambllari hamda Shashmaqom haqida san'atshunos professorlarimiz tomonidan ko'plab ma'lumotlar muntazam yoritib kelinmoqda. Shashmaqom (fors tilida - ,,shash olti va maqom lad ) - o'zbek va tojik xalqlari musiqiy merosida markaziy o'rin tutgan maqomlar turkumi; parda, ohang , usul, shakl, uslub kabi vositalar bilan o'zaro uzviy bog'langan mumtoz kuy va ashulalar majmui. U muayyan shart-sharoitlarda musiqiy folklor hamda kasbiy musiqa yo'nalishlarida orttirilgan ko'p asrlik ilmiy-ijodiy tajriba hamda izlanishlar natijasida yuzaga kelgan. Shashmaqom milliy hamda mintaqaviy mumtoz musiqa an'analarining tarixan uzun taraqqiyot jarayoni natijasida bir qator bastakorlar avlodi san'atining qomusiy mahsulidir. O'rta asr Yaqin va O'rta Sharq xalqlari musiqa ilmida maqom, asosan, parda tuzilmalari tushunchasini hamda ularga mos holda yaratilgan kuy va ashulalarni ifodalaydi. Maqomlar dastlabki davrda tarqoq shakllarda rivojlandi, XIIasrda esa Safiuddin al-Urmaviy ularni o'n ikki asosiy maqomdan iborat nazariy tizim shakliga keltirdi. XVIIasrdan so'ng O'n ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:35:01
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
416.03 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:46
Arxiv ichida: docx
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:35 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
416.03 KB
Ko'rishlar soni
84 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:46 ]
Arxiv ichida: docx