Internet texnologiyalari haqida nimalarni bilish zarur

Internet texnologiyalari haqida nimalarni bilish zarur

O'quvchilarga / Informatika va AT
Internet texnologiyalari haqida nimalarni bilish zarur - rasmi

Material tavsifi

Internet texnologiyalari haqida nimalarni bilish zarur? Reja: Tadbirkor uchun Internet imkoniyatlari Internet imkoniyatlarining taraqqiyoti Internet imkoniyatlaridan ish yuritishda va boshqarishda foydalanish bo'yicha maslahatlar Internet - bu o'rgimchaksiz jahon axborot o'rgimchak to'ridir Tadbirkor uchun Internet imkoniyatlari Butun dunyo hamjamiyati shuni tan olmoqdaki, XXI asrda bilim - eng bebaho resurs sifatida - iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotning harakatlantiruvchi ku chi sifatida namoyon bo'ladi. Bilim va axborotlarni yaratish, uzatish va ularga ega bo'lish tez suratlarda amalga oshayotgan bir davrda ularni eslab qolish imkoniyati mavjud emas. Bilim va axborotlarni yig'ish, tanlash, qayta ishlash, uzatish va amaliyotda qo'llashning vosita va usullariga ega bo'lish zarur. Ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ekologik sohalarda jiddiy o'zgarishlarga sababchi bo'lgan globallashuv jarayonida, ayniqsa, AKT sohasidagi keskin taraqqiyot axborot resurslarining rivojlanishiga olib keldi. Bu esa foydalanuvchilardan axborotdan unumli foydalanishni talab etadi. XXI asrning insoniyatga taqdim etgan afzalliklaridan biri AKT imkoniyatlari bo'lib, u aynan shu talabga javob beradi, yani bugungi kunda inson AKT imkoniyatlaridan foydalanibgina qolmay, balki ularni kundalik faoliyatida to'g'ri va unumli joriy etish, ko'zlangan maqsadlari yo'lida yutuqlarga erishishiga ko'mak berishi shartdir. Bugungi kunda, Internet imkoniyatlaridan xabardor bo'lish va ulardan foydalana bilish zarurati o'sib bormoqda. Dastlab Internet bu turli-tuman ma'lumotlar, bilimlar ombori edi. Endilikda Internet yordamida birgalikda unumli ishlash imkoniyatlari ham rivojlanib bormoqda. Internet aynan shu imkoniyatlari bilan foydalanuvchilarni o'ziga jalb etmoqda, mazkur imkoniyatlar, ayniqsa, tadbirkorlikda juda asqotmoqda. Buning uchun ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanish zarur. Masalan, kundalik faoliyatda zarur bo'lgan axborot va bilimlarni topish, yangiliklar bilan tanishish, xaridorlar bilan muloqot qilish, zarur anjomlar va texnologiyalarni sotib olish va to'lovlarni amalga oshirish uchun foydalanilmoqda. Internetda o'z korxonasi hamda xizmatlari haqidagi ma'lumotlarni veb-sahifada va jamoa tarmoqlarida beruvchi korxonalar soni o'sib bormoqda. Internet orqali xizmatlarni amalga oshiruvchi korxonalar soni ko'paymoqda. To'lovlarni bajarish uchun ham bankka borish zarurati yo'qolib bormoqda. Tadbirkorlar uchun Internet yordamida yangiliklarni olish va yuborish qulay bo'lib qoldi. O'zbekiston Savdosanoat Palatasi veb-sahifasidagi ma'lumotlar, yangiliklar va maslahatlardan tadbirkorlar foydalanib kelmoqda. Bu esa Internet yordamida tadbirkorlikni amalga oshirish imkoniyatlari Respublikamizda rivojlanib borayotganining dalilidir. Keling, tadbirkor uchun Internet imkoniyatlarini sanab o'taylik: ma'lumotlarni topish, olish, saqlash va ular ustida ishlash. Yangiliklardan xabardor bo'lish, yangi bilimlarni olish va malakani oshirish. Mijozlarni va hamkorlarni topish. Mahsulot va xizmatlarni sotish imkoniyati. Marketing va bozor monitoringini amalga oshirish. Raqobatlarning ish faoliyatini nazorat qilish. To'lovlarni bajarish. Biznesni boshqarish. Yangi g'oyalar va loyihalar haqida ma'lumot olish va biznesni rivojlantirish. Tezkor aloqa qilish va murojaat etish. ushbu imkoniyatlarga erishish uchun Internet texnologiyalaridan unumli foydalanish zarur. Shu bilan birga, korxona va uning xizmatlari haqidagi ma'lumotni ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 476.04 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:46 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 476.04 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga