Internet texnologiyalari va uning ta'limdagi o'rni. Internet qidiruv tizimlaridan foydalanish

Internet texnologiyalari va uning ta'limdagi o'rni. Internet qidiruv tizimlaridan foydalanish

O'quvchilarga / Informatika va AT
Internet texnologiyalari va uning ta'limdagi o'rni. Internet qidiruv tizimlaridan foydalanish - rasmi

Material tavsifi

Internet texnologiyalari va uning ta'limdagi o'rni. Internet qidiruv tizimlaridan foydalanish. 1965 - yili Laurens Roberts va Tomas Merryville California va Massachusetts shtatlarida joylashgan ikki kompyuterni bir-biriga bog'lashdi. Bog'lanish telefon yo'llari orqali amalga oshirilib, dunyo tarixida birinchi kompyuter tarmog'i bo'ldi. Bu texnologiya bilan AQSH Mudofaa Vazirligining DARPA― agentligi qiziqib, ularga harbiy qo'shinlarni bir tarmoqqa birlashtirish g'oyasi yoqib qoldi. Darpa― agentligi mutaxassislari bu g'oya bo'yicha qattiq ishlar olib borib, 1969-yili ARPANET― tarmog'ini yaratishdi. Reja: ARPANET― tarmog'I TCPIP - ma'lumot 1983-yili ARPANET ikki tarmoqqa bo'lindi Chaqiruv yordamida bog'lanish (Dialup Access, Dialup) Dastlab ARPANET― tarmog'i 4-ta shtat unversitetlarida joylashgan to'rt kompyuterdan iborat edi. DARPA― agentligi o'zining tadqiqotlarini maxfiy tutmasdan, aksincha, majlis va namoyishlar o'tkazib, yana tadqiqotlarga boshqa ilmiy guruhlarni ham taklif etib bordi. Shu bois ARPANETga ulangan kompyuterlar soni tez oshib boraverdi. 1972-yili Internetning asosiy xizmatlaridan biri - elektron pochta paydo bo'ldi va bu umumjahon tarmog'iga zo'r impuls, turtki bo'ldi. 1971-yil oktyabr oyida insoniyat tarixida ilk marotaba BBN kompaniyasi xodimi Ray Tomlinson elektron pochta orqali xabar yubordi. . Matn klaviaturaning yuqori qatoridagi QWERTYUIOP harflardan iborat bo'lib, Tomlinsonning o'ziga yuborilgan. 1972-yilning mart oyida Tomlinson SNGMSG va READMAIL elektron xabarlarni yuborish va o'qish dasturlarini yaratdi. O'sha paytning o'zida ARPANET ning barcha foydalanuvchilariga yuborilgan xatda elektron manzillarning @ yordamida tuzilish asoslarini bildirdi (loginname@hostname). 1974-yili tarmoq rivojlanish tarixida TCPIP(transmission control protokolinternet protokol) tarmoqlararo protokol ishlab chiqarilishi natijasida keskin yuksalish sodir bo'ldi. Bu kashfiyotning mualliflari - Robert Kan va Stenford universitetining professori Vinton Serf. Umuman, Internet tushunchasi 1980-yillarning boshida shakllandi. Bu vaqtda TCPIP - ma'lumotni paketga bo'lib uzatish protokoli joriy qilinishi boshlandi. Bu protokol hozirda ham asosiy protokol bo'lib qo'llanib kelmoqda. 1977 -yil tarmoq tarixida yana bir muhim voqea sodir bo'ldi. 1983-yili ARPANET ikki tarmoqqa bo'lindi. Harbiy aloqa uchun MILNET tarmog'i va tadqiqotlarga mo'ljallangan tarmoqqa ARPANET nomi qoldirildi. Ikkala tarmoq haqida gap ketganda, ―Internet‖ so'zi qo'llanilgan edi.1990-yillarning boshlarida Amerika va Yevropaqit'alarida yuzlab tarmoqlar birlashtirilgan edi. Internetning rivojlanish sur'ati xuddi tog'da sodir bo'ladigan qor ko'chishiga oxshab, uni hech kim boshqara olmay qoldi.Internetga yanada ommaviy mashhurlikni Yevropaelementar zarrachalar fizika laboratoriyasining xodimi Tim Berners-Li -ning tadqiqoti olib keldi. Bu kashfiyotdan avval tarmoqdagi ma'lumotlar faqat matn ko'rinishida uzatilar edi. Berners-Li va uning hamkasblari WW nomi bilan mashhur texnologiyani yaratishdi. Bu texnologiya rang -barang web sahifalarni yaratishga yo'l ochib, giperko'rsatkichlar yordamida Internetda boshqa sahifalar bilan bog'lashga imkoniyat yaratdi. 1993-yili Mark Andresen (Marc Andreesen) Illinois shtati universitetida ―Mosaic‖ nomli web-sahifalarini ko'rish dasturini yaratdi.1995-yili AQSH ning bir necha yillar davomida Internetni qo'llab-quvvatlab kelayotgan ―Milliy ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 571.13 KB
Ko'rishlar soni 120 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:46 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 571.13 KB
Ko'rishlar soni 120 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga