Internet va ta'lim. Global kompyuter tarmoqlari orqali masofaviy o'qitish tushunchasi Reja 1.Zamonaviy ta'lim tushunchasi. 2.Masofali o'qitish tizimi. 3. Dars jarayonida elektron axborot vositalaridan foydalanishni tashkil etish. Jamiyatda bulayotgan o'zgarishlar, fan va texnikaning rivojlanishi o'z navbatida boshqa fanlar katori astronomiya fanini o'qitishini xam uzluksiz takomillashtirib berishni takozo etadi. Astronomiya o'qitish tarixiga nazar solsak yil sayin yangi metodlar yaratilib o'quv jarayonida joriy etilib kelinmokda. ¥ozirgi kunda Respublikamizda ta'lim sohasida olib borilayotgan islohatlar astronomiya o'qitish jarayoniga xam yangi pedagogik texnologiyalarni qo'llashni talab etadi. Bugungi kunda ta'lim sohasida kompyuterlardan keng foydalinmokda. Zamonaviy dars deganda, bugungi kunda, yangi axborot texnologiyalaridan keng foydalangan holda jahon tajribalariga asoslangan holda dars utishni tushinmok kerak. Bunda asosiy etibor o'qitishning natijasiga, yani o'quvchilarning nazariy bilimlarni mukammal egallashiga va shu bilan birga etarli amaliy ko'nikmalariga ega bo'lishiga, yani olgan nazariy bilimlarini amalda kullay olish qobiliyatini shakllantirishga karatilishi kerak. Buning uchun astronomiya darslarini o'qitishda fan va texnika yutuklaridan, yangi texnologiyalardan unumli foydalanmok zarur. o'quvchilarning mustaqil bilim olish ko'nikmasini shakllantirishga xam alohida etibor karatmok kerak. Malumki, dunyoda ilmiy izlanishlar bo'yicha axborotlar doim usib, ularni tahlil qilish jarayoni tobora murakkablashib bormokda. hozirgi zamon mutaxassisi kaysi coxada ishlamasin, uning oldida uzining sohasiga tegishli hodisa va vokealarni bilib turish va bilim saviyasini doimiy ravishda oshirib borish talabi kundalang turadi. ATlarini o'quv jarayonida qo'llashni takomillashtirish bir kancha kkrinishlarda namoyon bo'ladi. Ana shulardan biri-masofadan o'qitish tizimi ko'rinishidir. Masofadan o'qitish tizimi - bu ta'lim tizimi rivojining yangi bosqichi bo'lib, o'qitish va uning uslublari uchun noan'anaviy yondashishni talab etadi. Masofali o'qitish tizimi juda keng mikyosga daxldor imkoniyatlar yaratadiki, uning asosida yoshi, ma'lumoti, mutaxassisligi har xil bo'lgan insonlar bilan muloqot qilishni ta'minlash, karalayotgan masalalarni shaxsning kamoliga karab yo'naltirish bilan bir katorda, uzluksiz ta'limni ruyobga chiqarish imkoniyati xam yuzaga keladi. Shuning uchun hozirgi vaqtda masofaviy o'qitish tizimini amalga oshirish uchun pedagogik tajriba olib borish va uning samaradorligini aniqlash masalasi turibdi. Shu urinda bu uslubning afzallik tomonlarini kursatib utish mumkin. Bular, birinchidan, fanni uzlashtirish uchun ajratilgan vaqtni tejash (masalan, 3 oylik kursni 3-4 xafta ichida tugatish mumkin), ikkinchidan, bir vaqtning uzida ishlash, o'qish va ixtiyoriy paytda dunyoning boshqa burchagidagi mutaxassisdan kerakli maslahatni olish imkoniyatlarining mavjudligidan iborat. Masofadan ukiyotgan kishi malum bir vaqtda malum bir joyda bo'lishi shart emas. Bu uslub tadrijiy (dinamik) jarayonni takozo etib, ukitilayotgan fanda ruy berayotgan o'zgarishlar va rivojlanishlarni etirof etishni talab qiladi. istiqbolda internet-global tarmoq tizimining intensiv kurslariga doir maxsus ishchi Web-sahifalarning modelini yaratish mumkin. Umuman, masofaviy o'qitish tizimi - ta'lim tizimining rivojlantirilgan ko'rinishi bo'lib, unda o'qitish «o'quvchi-o'quvchi» va ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:35:01
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
84.36 KB
Ko'rishlar soni
72 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:46
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:35 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
84.36 KB
Ko'rishlar soni
72 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:46 ]
Arxiv ichida: doc