Internet xizmati rivojining holati va kelajagi Reja: 1.Internet xizmatlari, internetda axborotlarni ifodalash. 2. «Webga yo'naltirilgan programmalash» kursining predmeti, mazmuni va uning asosiy maqsadlari va vazifalari. Asosiy savollar: 1.Internet xizmatlari, internetda axborotlarni ifodalash. 2. «Webga yo'naltirilgan programmalash» kursining predmeti, mazmuni va uning asosiy maqsadlari va vazifalari. Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Internet xizmatlari, Telnet, FTP, E- mail, Whois, faks, elektron tarjimon, shlyuzlar, Copher, WAIS, WW, HTML, Web - texnologiya, Web - sahifalar, Web - sayt, URL, HTTP, CGI, «butun dunyo o'rgamchak turi», dizayn, rassom, Web - master, yozuvchi, kontent - master, analitik, server administratori. 1-asosiy savol bayoni: Informatsion - kompyuter texnologiyasi muhitida innovatsiya jarayoni juda yuqori suratlar bilan o'tayotgani odatiy xolga aylanib bormoqda. Ayniqsa, bu Internet global tarmog'i uchun xarakterlidir. hozir Internet nafaqat behisob xajmdagi axborotga ega bo'lgan global kompyuter tarmog'i hisoblanishi bilan birga, sanog'iga etib bo'lmaydigan miqdordagi odamlar uchun prinsipial yangi muloqot qilish muhitiga aylanib bormoqda. Internet gorizontal usul deb atalishi mumkin bo'lgan yangi insoniy muloqat usulini kashf etmoqda. U paydo bo'lgunga qadar muloqot va axborotga tarqalishi asosan vertikal tarzda bo'lgan. Masalan, avtor kitob yozadi, o'quvchilar uni o'qiydilar, radio va televideniya nimanidir uzatadi- tamoshabin va tinglovchilar uni ko'radilar va tinglaydilar, gazeta yangiliklarni nashr qiladi - obunachilar uni o'qiydilar va x.k. Unga talab juda yuqori bo'lsada, teskari aloqa umuman yo'q edi. Gazetalarga yuboriladigan xatlar, radio va teleko'rsatuvlardagi talab va mulohazalar yuqoridagi fikrimizga guvoxlik berib turibdi. Konkret bir kitob o'quvchilari o'rtasida, konkret uzatuv tinglovchilari o'rtasida axborot almashuvi praktik tomondan amalga oshishi qiyin edi. Internet esa son - sanoqsiz iste'molchilar davrasi uchun axborot tarqalishini ta'minlaydi. Shu bilan birga ular osongina muxokamaga kirishishlari mumkin bo'ladi. hozirgi vaqtda Internet global tarmog'i vertikal informatsion muloqot uchun ajoyib imkoniyatlarga ega. hukumat bilan fuqarolar o'rtasida, oxirgilari birinchilar bilan teskari bog'lanishi uchun. Internetni bizning turmushimizga keng miqyosda tatbiq etishda xech qanaqa tashkilot bo'lmaydi. Tarmoq xuddi hodisa kabi mustaqil rivojlanib boraveradi, butun insoniyat uning dvigateli hisoblanadi. hozir Internetning asosiy g'oyasi- bu axborotlarni erkin ravishda tarqatish va odamlar o'rtasida aloqa tiklashdir. Bu odamlar, xalqlar mamlakatlar o'rtasidagi diniy, ideologik va xarxil to'siqlarni olib tashlashdagi eng samarali yo'ldir. Internet texnologik jarayondagi eng ahamiyatli demokratik huquqlardan biri hisoblanadi. Uning paydo bo'lishi bilan axborot ko'pchilik planeta odamlarining potentsial imkoniyatiga aylanib bormoqda. Telegraf, telefon, radio, televideniya vo kompyuter texnikasi bilan chambarchas bog'langan barcha global kommunikatsiyalar yagona butunlikda integrallanadi. Bu yerda gap axborotni tarqatish mexanizmi, odamlarni birlashtirish, masofa, vaqt, davlat va ko'plab shunga o'xshash chegaralar mavjudligidan qatiy nazar ularning o'zaro muloqotda bo'lishlari to'g'risida ketmoqda. Internet behisob ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:35:01
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.78 KB
Ko'rishlar soni
73 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:46
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:35 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.78 KB
Ko'rishlar soni
73 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:46 ]
Arxiv ichida: doc