Internetda adreslash tizimi

Internetda adreslash tizimi

O'quvchilarga / Informatika va AT
Internetda adreslash tizimi - rasmi

Material tavsifi

Internetda adreslash tizimi Reja: 1. Foydalanuvchining internet bilan muloqot variantlari 2. Kompyuterni internetda ishlash uchun ulash va rostlash 3. Internetda ishlashning texnologiyalari 4. Telnet - uzoqdagi kompyuter bilan ishlash dasturi Tarmoqdagi xost-kompyuterlarning adreslariga maxsus talablar quyiladi. Adres formatga еga bo'lishi kerak, bu format bir tomondan adresning sintaksis avtomatik qayta ishlashni bajarishga imkon berishi kerak, ikkinchi tomondan еsa u semantik tusga еga bo'lishi kerak, ya'ni adreslanadigan ob'ekt to'g'risida biror ma'lumotni o'zida mujassamlashi lozim. Shuning uchun xost-kompyuterlarning adreslari Internet tarmog'ida ikkilangan kodlashga еga bo'lishi mumkin: telekommunikaciya tizimini tarmoqda ishlashi uchun qulay bo'lgan majburiy kodlash: kompyuterga do'stona raqamli IP-adres (IP - Internet Protocol); tarmoq abonenta uchun qulay bo'lgan majburiy bo'lmagan kodlash: foydalanuvchiga do'stona domenli DNS-adres (DNS-Domain Name System). Raqamli IP-adres 32 razryadli ikqilik son ko'rinishga еga. qo'laylik uchun u to'rtga blokka 8 bitdan ajratilib, ular o'nlik ko'rinishda yozilishi mumkin. Adres kompyuterni identifikaciyalash uchun zarur bo'lgan to'liq malumotga еga. Mumkin bo'lgan varianta: ikkita katta blok tarmoq adresini, ikkita boshqasi еsa qism tarmoq adresini va bu qism tarmoq ichidagi xost-kompyuterning adresini aniqlaydi. Masalan, ikkilik kodida raqamli adres quyidagicha yoziladi: 100110010010101001001001010. O'nlik kodida ushbu ko'rinishga еga: 152.37.72.138. Tarmoq. adresi - 152.37; qims tarmoq. adresi - 72; kompyuter adresi -138. Domenli adres bir-biridan nuqta bilan ajratiladigan bir nechta harf-raqamli domenlardan (Damain - soxa) tashkil topgan. Bu adres ierarxik tasnif asosida qurilgan: еng chap chetdagidan tashqari har bir domen kompyuterlarning biror-bir belgilar bo'yicha ajratilgan butun bir guruhini aniqlaydi, bunda chapda joylashgan guruhlarning domeni o'ng domenning qism guruxi hisoblanadi. Hozirda tarmoqda hammasi bo'lib 1200 dan ortiqroq har xil domenlar mavjuddir. Masalan, ba'zi mamlakatlarning geografik ikkita harfli domenlari: Avstriya - at, Bolgariya-br, ; Kanada - sa, Rossiya - ga, AQSH-SH, Franciya - fr. Biror mavzuga bagishlangan belgilar bo'yicha ajratilgan domenlar ham bordir. Bunday domenlar uchta harfli qisqartma nomga еga: davlat muassasalari - gor; tijorat tashkilotlari - com; o'quv yurtlari - edu; harbiy muassasalar - mil; tarmoq tashkilotlari - net; boshqa tashkilotlar - org. Domenli adres ixtiyoriy uzunlikka еga bo'lishi mumkin. Raqamli adresdan farqli ularoq u teskari tartibda o'qiladi.Oldin quyi darajadagi domen ko'rsatiladi - xost-kompyuter nomi, keyin xost-kompyuter joylashgan qism tarmoq va tarmoq nomlari domeni va, nixoyat, yuqori darajadagi domen - ko'pincha geografik hudud (mamlakatlar) identifikatori. Shunday qilib, xost-kompyuterning domen adresi domenlarning bir nechta darajalarini o'z ichiga oladi. Har bir daraja boshqasidan nuqta bilan ajratiladi. YUkori darajadagi domenning chap tarafida boshqa nomlar joylashtiriladi. CHapda joylashgan hammasi umumiy domen uchun ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 52.17 KB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:46 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 52.17 KB
Ko'rishlar soni 93 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga