Internetda axborot ta'minoti va xavfsizligi Reja: Internetda axborot ta'minoti va undan foydalanish tartibi Internetda axborot xavfsizligi Ofisda axborot xavfsizligini ta'minlash tartiblari Bulutli texnologiyalar imkoniyatlari Ofisda axborot xavfsizligini ta'minlash bo'yicha tavsiyalar Axborot xavfsizligining ta'minlanmaganligi-ma'lumotlaringizdan boshqalar ham foydalanishi ehtimoli mavjudligidir Internetda axborot ta'minoti va undan foydalanish tartibi Internet - bu global tarmoq dir. uni butun jahon o'rgi mchak to'ri (World Wide Web) deb ham ataydilar. Bu tarmoq millionlab kompyuterlar (veb-serverlar) to'ridan tashkil topadi. ular o'zaro telefon tarmog'i, kabellar va sun'iy yo'ldoshli tarmoqlar orqali bog'lanadi. Axborotlar ushbu kompyuterlarda joylashgan bo'lib, ular jahon yagona axborot olamini yaratadi. ushbu axborot olami tarmoqdagi barcha kompyuterlarga ochiq bo'ladi. Axborotlar gipermatnli hujjatlardan tashkil topgan bo'lib, ular vebsahifalar deb ataladi. Veb-sahifalarda turli ma'lumotlar joylashtiriladi. Bu hujjat lar, jadval, diagrammalar, rasm, audio, videolavhalar, kitob va jurnallar, hujjatli hamda badiiy filmlar va boshqalardir. umuman olganda, Internetda turli axborotlar mavjud, biroq hamma axborot ham barcha foydalanuvchilar uchun ochiq bo'lmaydi. Bazi axborotlar yopiq bo'ladi va ulardan cheklangan foydalanuvchilar foydalanishi mumkin bo'ladi. Bu ruxsat yoki parol orqali amalga oshiriladi. Masalan: Korxona strategik faoliyatiga oid axborotlar faqat korxona xodimlariga ochiq, umumiy ma'lumotlar esa barchaga ochiq bo'lishi mumkin. Elektron kutubxonaning bazi ma'lumotlari pullik bo'lishi mumkin va ular to'lov amalga oshirilgandan so'ng ochiladi. Internet, ingliz tilidagi «interconnected network» iborasining qisqartirilgan ko'rinishi bo'lib, global kompyuter tarmog'i manosini anglatadi. Internet tarmog'i foydalanuvchilari soni ko'paymoqda. Dunyoda Internet foydalanuvchilari soni 3 milliarddan oshdi. O'zbekiston Internet foydalanuvchilari soni 12 milliondan oshdi. Internetda axborotdan foydalanish tartibi Internet yordamida zarur axborotlarni qidirish, uzatish va almashish juda oddiy va qulaydir. Shu bilan birga, ulardan muloqot qilishda va muhokamalarda ishtirok etishda ham foydalanish mumkin. Sahifadan sahifaga o'tib, zarur axborotlarni o'qib, bilim olarkansiz, vaqtning qanchalik tez o'tganini sezmay qolasiz. Agar Internetda ishlash malakangiz bo'lsa va bazi qoidalarni bilsangiz, Internet bo'ylab sayohat katta huzur bag'ishlaydi. Shu bilan birga, Internet tarmog'ida juda katta hajmdagi axborot olamida osongina adashib qolish ham mumkin. Chunki Internetdagi axborotlar hajmi kundan-kunga o'sib bormoqda. ma'lumotlar oddiy kutubxonadagi kabi kitob va jurnallarda, kitob va jurnallar esa javonlarda joylashadi. Bunda kitob va jurnal vazifasini fayllar bajaradi. javon vazifasini esa jildlar bajaradi. Internetda ishlash uchun Internet Explorer, Chrome yoki Opera kabi brauzer (browsers) lardan va qidiruv tizimlaridan (masalan, Google, Yahoo) foydalanish zarur, ular bilan ishlash tartibi Tadbirkorlar uchun Internet qo'llanmasida batafsil keltirilgan. Internetda ma'lumotlar izlash qoidalari mavjud. ularga rioya qilish qidiruvni tezlashtiradi. Quyida ma'lumotlarni qidirishning bazi qoidalarini keltiramiz: Internetda turli mazmundagi ma'lumotlar mavjud. ulardan foydalanishda mualliflik huquqiga rioya qiling. Internetdagi axborotlardan foydalanishda ehtiyot bo'ling. u yerdagi axborotlarni ajrata ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:35:01
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
160.14 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:47
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:35 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
160.14 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:47 ]
Arxiv ichida: doc