Internetda axborotlarni himoyalash Reja: 1. Butun jahon Internet tarmog'ida ishlovchilar uchun qo'yilgan talablar 2. Axborotlarni nosimmetrik shifrlashtirish 3. Himoyaning etarlilik tamoyili 4. Elektron imzo haqida tushuncha 5. Elektron sertifikatlar haqida tushuncha Butun jahon Internet tarmog'ida ishlovchilar uchun qo'yilgan talablar Internet bilan ishlaganda shuni esda tutish kerakki, Butun jahon Internet tarmog'ining resurslari kerakli vositaga ega bo'lgan xar bir mijoz uchun ochiqdir. Xususiy foydalanuvchi uchun bu fakt unchalik muhim rol uynamaydi, lekin Internet serveri joylashgan mamlakat qonunlariga zid bo'lgan harakatlar kilinmasligi kerak. Bunday harakatlarga kompyuter tizimlarini bilib turib yoki bilmasdan ishdan chiqarish , himoyalangan tizimlarga kirishga harakat qilish, kompyuter tizimlariga zarar etkazadigan dasturlardan foydalanish va ishlab chiqarish kabi harakatlar kiradi. Butun jahon Internet tarmogida ishlaganda shuni esda tutmok kerakki, barcha qilingan harakatlar protokol kilinib, maxsus dastur yordamida belgilanadi. Internet bilan axborot almashinishni pochta orqali oddiy otkritka jo'natish deb qarash kerak. Axborot ikki tomon o'rtasida erkin almashinib turadi va axborotli jarayon xamma uchun ochiq. Kupincha oddiy pochta aloqasida otkritkalardan tashqari pochta konvertlari xam ishlatiladi.Pochta konvertlarining ishlatilishi hamkorlarga o'zaro yashiradigan gap bor degani emas. Konvertlar qo'llanilishi uzoq vaqtdan buyon ko'llanilib kelayotgan tarixiy traditsiya va muomala qilish axloqiy etik normalariga mos keladi. Axborotni shunga o'xshash himoyalashga talab Internetda xam mavjud. hozir Internet na fakat muomula vositasi va universal spravochnik tizimi, balki undan shartnoma va pul majburiyatlari xam aylanib turadi. Bu esa axborotlarni ko'rishda va uni soxtalashtirilishidan himoyalashni taab qiladi. 199 yildan boshlab Internet yakka tartibdagi savdo aylanmalarini ta'minlaydigan kuchli vosita bo'lib kelmokda. Bu esa kredit kartalari va boshqa elektron to'lov vositalari haqidagi ma'lumotlarni himoyalashni talab qiladi. Axborotlarni nosimmetrik shifrlashtish Axborotlarni yozma almashish necha yildan buyon mavjud bulsa, uni shifrlash xam shuncha yildan beri mavjud. hujjatga qandaydir bir shifrlashtirish usuli (kalit) kullanilgandan keyin u oddiy vositalar yordamida o'qish imkoniyatidan mahrum bo'ladi. Uni fakat kalitni bilgan kishigina o'kiy olishi mumkin bo'ladi. Javob ma'lumoti xam shunga o'xshash shifrlanadi. Agar axborot almashish jarayonida axborotlarni shifrlashtirish va o'qish uchun bir xil kalit ishlatilsa, bunday kriptografik jarayon simmetrik shifrlashtirish deb ataladi. Simmetrik shifrlashtirishning asosiy kamchiligi shundan iboratki, axborotni almashishni boshlashdan oldin kalitni yuborish kerak, buning uchun esa yana o'sha himoyalangan aloqa kerak bo'ladi. Agar mijozning olingan tovarlar yoki xizmat uchun kredit karta orqali to'lovini karaydigan bo'lsak, savdo firmasi xar bir mijoz uchun bittadan kalit yaratib, uni qandaydir yo'l bilan mijozga etkazishi kerak. Bu ancha mushkul ish. Shuning uchun Internetda birta emas, balki ikkita kalitga ega bo'lgan nosimmetrik kriptografiya tizimi ishlatiladi. Bu kuyidagicha amalga oshiriladi. Kompaniya mijozlar bilan ishlash uchun 2 ta ...

Joylangan
05 Jun 2024 | 16:35:01
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.02 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 00:47
Arxiv ichida: doc
Joylangan
05 Jun 2024 [ 16:35 ]
Bo'lim
Informatika va AT
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.02 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 00:47 ]
Arxiv ichida: doc