Internetda biznesni yuritish va rivojlantirish tartibi

Internetda biznesni yuritish va rivojlantirish tartibi

O'quvchilarga / Informatika va AT
Internetda biznesni yuritish va rivojlantirish tartibi - rasmi

Material tavsifi

Internetda biznesni yuritish va rivojlantirish tartibi Reja: Elektron ofis imkoniyatlari va uni yaratish tartiblari Elektron reklama va marketing Elektron to'lov afzalliklari va foydalanish tartibi Elektron do'kon imkoniyatlari va foydalanish tartibi Elonlar taxtasi imkoniyatlari va foydalanish tartibi Elektron tijorat imkoniyatlari va foydalanish tartibi Elektron birja imkoniyatlari Elektron tibbiyot imkoniyatlari Yagona axborot-ma'lumot portalidan unumli foydalanish tartibi Tadbirkorlikda Internetdan foydalanish bo'yicha maslahatlar Elektron ofis imkoniyatlari va uni yaratish tartiblari Elektron ofis - bu korxonaning faoliyatini yagona axborot tarmog'i doirasida olib borish imkoniyatidir. Bu korxona hujjatlari, loyihalari va rejalarini birgalikda, korxona axborot tizimi doirasida muhokama qilish, tayyorlash va ular bilan ishlash imkoniyatini yaratadi. Bunda xodimlar orasidagi masofaning uzoqligi ahamiyatga ega bo'lmaydi, yani bir manzilda joylashgan korxona uchun ham, bir necha manzillarda joylashgan korxonalar uchun ham elektron ofisdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Elektron ofis ish jarayonini takomillashtiradi. Hujjatlar tayyorlash muddati tezlashadi va sifati oshadi, chunki bir hujjat ustida bir necha xodim ishlash imkoniyati yaratiladi. Bu esa xodimlar mas'uliyatini oshiradi. Har bir xodim mas'uliyatni his qilgan holda o'z fikr va mulohazalarini hujjatda aks ettiradi. Elektron ofis korxona faoliyatida bir qancha qulayliklarni yaratadi, ulardan bazilarini sanab o'tamiz: ma'muriy va moliyaviy ishlar boshqaruvi, jumladan, mijozlarga xizmat ko'rsatish boshqariladi. Loyihalarni rejalashtirish, yaratish va amalga oshirish boshqariladi. Korxona markazlashtirilgan boshqariladigan elektron ma'lumotlar ombori yaratiladi. Korxona xodimlari korxona yangiliklaridan va jarayonlaridan ofisda, uyda va safarda xabardor bo'lish imkoniga ega bo'ladilar. Axborot xavfsizligi vositalari yordamida korxonada axborot himoyasi ta'minlanadi. ! Elektron ofis afzalliklarga egadir. Bunda xodimlar ish vaqti tejaladi, xarajatlar kamayadi va ishlab chiqarish samaradorligi oshadi. Ko'pgina yirik korxonalar ofislari dunyoning turli mamlakatlarida joylashgan bo'ladi. ushbu korxonalar xodimlari markaziy ofisdan uzoqda joylashganiga qaramay, korxona elektron ofisi yordamida korxona ish faoliyatida faol qatnasha oladilar. Buning uchun ular elektron ofisga Internet orqali kiradilar va korxona hujjatlari va loyihalari bilan ishlash imkoniyatiga ega bo'ladilar. Korxona rahbarlari xodimlar hisobotlarini yig'ish, xodimlar ishini kuzatish, ularga zarur holda, fikr va tavsiyalar bilan yordam berish imkoniga ega bo'ladilar. Bu albatta ish samaradorligini oshiradi va korxona daromadida aks etadi, masalan, Jahon Banki, Cisco va Microsoft korxonalari shu usulda ishlaydi. Hozirgi kunda Respublikamizda, idoralarda elektron hujjat aylanishi tizimlarini kiritish va ushbu tizimlarning idoralararo o'zaro ishlashini ta'minlashga etibor kattadir. Bu borada O'zbekiston Respublikasi elektron hujjat aylanishining idoralararo tizimini yaratish konsepsiyasi yaratilgan va tasdiqlangan. Ushbu konsepsiya O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida gi 2005 yil 8 iyul PQ-117 son Qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan. Bu konsepsiyani amalga oshirish borasida jadal ishlar olib borilmoqda. Bu davlat korxonalari uchun o'zaro hujjatlar almashuvini ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 819.87 KB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 819.87 KB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga