Internetda biznesni yuritish va rivojlantirish tartibidan unumli foydalanish

Internetda biznesni yuritish va rivojlantirish tartibidan unumli foydalanish

O'quvchilarga / Informatika va AT
Internetda biznesni yuritish va rivojlantirish tartibidan unumli foydalanish - rasmi

Material tavsifi

Internetda biznesni yuritish va rivojlantirish tartibidan unumli foydalanish Reja: Elektron hukumat tushunchasi bilan tanishish Elektron hukumat tizimi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali haqida Davlat interaktiv xizmatlari tavsifi Yagona interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish tartiblari Tadbirkorlar uchun imkoniyatlar va ulardan foydalanish tartibi Interaktiv xizmatlardan foydalanish bo'yicha tavsiyalar Elektron hukumat tushunchasi bilan tanishish Elektron hukumat (ingliz tilida e-goverment, elektron hukumat yoki elektron davlat manosini anglatadi) - bu fuqarolarga, biznesga, hukumatning boshqa tarmoqlari va davlat xodimlariga axborot texnologiyalari yordamida axborotni taqdim etish va davlat xizmatlarini ko'rsatishni takomillashtirishdir. Bunda davlat va fuqaro o'rtasidagi aloqaga minimal vaqt sarf etiladi. Elektron hukumat tushunchasi 1990 yilda paydo bo'lgan. Elektron hukumat yordamida davlat va fuqaro o'rtasidagi muloqot tezroq o'rnatiladi, chunki fuqarolar hukumat tashkilotlariga Internet orqali to'g'ridan-to'g'ri murojaat etish imkoniga ega bo'ladilar. Bu albatta, axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishni taqozo etadi. Elektron hukumat axborot texnologiyalari taraqqiyoti mahsulidir. Elektron hukumat bu davlat va fuqarolarning AKT yordamidagi o'zaro muloqotidir. «Elektron hukumat» quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: Aholi va biznesga davlat xizmatlari ko'rsatilishini optimallashtirish; Barcha saylovchilarning mam-lakat boshqaruvi jarayonlarida ishtirokini takomillashtirish; Fuqarolarning o'z-o'ziga xiz-mat ko'rsatish imkoniyatlarini kengaytirish va qo'llab- quvvatlash; Aholining texnologiya soha-sidagi bilim va malakalarini oshirish; Xizmat ko'rsatilishiga geo-grafik muhit omilining ta'sirini kamaytirish. Elektron hukumat quyidagilarni ta'minlaydi: Boshqaruv samaradorligi va kam xarajatliligi; Fuqarolar va hukumat o'zaro aloqalarining takomillashuvi; Demokratiyaning rivojlanishi va hukumatning aholi oldida mas'uliyati oshishi. Elektron hukumat tizimi dunyoda faol tatbiq qilinmoqda. ushbu tizim davlat boshqaruvini, davlat va tadbirkorlar o'rtasidagi o'zaro aloqani mustahkamlash orqali biznesjarayonlarni samarali rivojlantirishni, fuqarolarga davlat xizmatlarini interaktiv shaklda taqdim etish imkoniyatlarini yaratadi. Elektron hukumat asosiy tamoyillaridan biri - barcha fuqarolar, ixtiyoriy manzildan va ixtiyoriy paytda hukumatga murojaat qilish imkoniyatini yaratishdan iborat. Elektron hukumat fuqarolarga 24 soat davomida, uning qaysi manzilda va qachon bo'lishidan qatiy nazar, davlat bilan aloqada bo'lish imkoniyatini ta'minlashdan iborat. Elektron hukumatda quyidagi aloqa turlari mavjud bo'ladi: Davlat va fuqarolar o'rtasidagi aloqalar (G2C- Government-to- Citizen); Davlat va tadbirkorlik o'rtasidagi aloqalar (G2B -Government-to-Business); Davlat boshqaruvi turli sohalari o'rtasidagi aloqalar (G2G - (Government-to-Government); Respublikamizda ham bir necha yillardan buyon, aholi va yuridik shaxslarga interaktiv davlat xizmatlari davlat veb-saytlari orqali amalga oshirilmoqda. O'zbekiston Respublikasida 2013-2017 yillarda Elektron hukumat tizimini shakllantirish bo'yicha konsepsiya va Kompleks dasturi ishlab chiqilgan. unda Elektron hukumat tizimini shakllantirish va rivojlantirish bo'yicha asosiy vazifalar belgilangan va tizimni joriy etish samaradorligini baholash bo'yicha ko'rsatkichlar ishlab chiqilgan. ularga asosan O'zbekiston elektron hukumati tizimida quyidagi aloqa turlari mavjud: Davlat va fuqarolar o'rtasidagi aloqalar (G2C - DavlatFuqarolar uchun); Davlat va chet el fuqarolari bilan aloqalar (G2F - Xorijiy fuqarolarga) Davlat va ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.44 MB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.44 MB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga