Internetda informatsion xavfsizlik

Internetda informatsion xavfsizlik

O'quvchilarga / Informatika va AT
Internetda informatsion xavfsizlik - rasmi

Material tavsifi

Internetda informatsion xavfsizlik Reja: 1. Internetda qanday xavf va tahdidlar mavjud 2. Internetda xavflarni oldini olish va informatsion xavfsizlikni ta'minlash Malumki internet tarmoqlararo informatsiyalar almashinuvini taminlovchi magistraldir. Uning yordamida dunyo bilimlar manbaiga kirish, qisqa vaqt ichida ko'plab ma'lumotlarni yig'ish, ishlab chiqarishni va uning texnik vositalarini masofadan turib boshqarish mumkin. Shu bilan birga internetning ushbu imkoniyatlaridan foydalanib tarmoqdagi begona kompyuterlarni boshqarish, ularning ma'lumotlar bazasiga kirish, nusxa ko'chirish, g'arazli maqsadda turli xil viruslar tarqatish kabi noqonuniy ishlarni amalga oshirish mumkin. Internetda mavjud bo'lgan ushbu xavf, informatsion xavfsizlik muammolari bevosita tarmoqning xususiyatlaridan kelib chikadi. Biz oldingi ma'ruzalarda kayd etib o'tganimizdek ixtiyoriy tarmoq xizmatini o'zaro kelishilgan qoida (protokol) asosida ishlovchi juftlik «server» va «mijoz» programma ta'minoti bajaradi. Ushbu protokollar mikyosida ham «server» ham «mijoz» programmalari ruxsat etilgan amallarni (operatsiyalarni) bajarish vositalariga ega. Masalan, HTTP protokolidagi formatlash komandalari, Web sahifalarda jolashtirilgan tovush, vidioanimatsiyalar va Har xil aktiv obyektlar ko'rinishidagi mikroprogrammalar. Xuddi shunday ruxsat etilgan operatsiyalar, aktiv obyektlardan foydalanib internetda bazi bir noqonuniy harakatlarni amalga oshirish, tarmoqdagi kopyuterlarga va ma'lumotlar bazasiga kirish, hamda ularga tahdid solish mumkin bo'ladi. 2. Internet foydalanuvchisi, ushbu xavflarni oldini olish uchun quyidagi texnik yechim va tashkiliy ishlarni amalga oshirishi zarur. Shaxsiy kompyuterga va mahalliy kompyuter tarmog'iga, hamda unda mavjud bqlgan informatsion resurslarga tashqaridan internet orqali kirishni cheklovchi va ushbu jarayonni nazorat qilish imkonini beruvchi texnik va programmaviy usullardan foydalanish. Tarmoqdagi informatsion muloqot ishtirokchilari va ular uzatayotgan ma'lumotlarni asl nusxasiga mosligini tekshirish. ma'lumotlarni uzatish va qabul qilishda kriptografiya usullaridan foydalanish. Viruslarga qarshi nazoratchi va davolovchi programmalardan foydalanish. Shaxsiy kompyuterga va mahalliy kompyuter tarmog'iga, begona shaxslarni qo'ymaslik va ularda mavjud bo'lgan ma'lumotlardan nusxa olish imkoniyatlarini chelovchi tashkiliy ishlarni amalga oshirish. Bundan tashqari informatsion xavfsizlikni ta'minlash borasida internet foydalanuvchilari orasida o'rnatilmagan tartib qoidalar mavjud. Ulardan bazi-birlarini keltiramiz. Hech qachon hech kimga internetdagi o'z nomingiz va parolingizni aytmang. Hech qachon hech kimga o'zingiz va oila a'zolaringiz haqidagi shaxsiy, hamda ishxonangizga oid ma'lumotlarni (ismi sharifingiz, uy adresingiz, bankdagi hisob raqamingiz, ish joyingiz va uning xodimlari haqidagi ma'lumotlarni va h.o) internet orqali yubormang. Elektron adresingizdan (E-mail) maqsadli foydalaning, internet orqali programmalar almashmang. Internetda tarqatilayotgan duch kelgan programmalardan foydalanmang. Programmalarni faqat ishonchli, egasi malum bo'lgan serverlardan ko'chiring. Elektron pochta orqali yuborilgan aktiv obyektlar va programmalarni ishlatmang, .exe qo'shimchali o'z o'zidan ochiluvchi sizga nomalum holidagi materiallarni ochmang. Elektron pochta xizmatidan foydalanayotganingizda ma'lumotlarni shifrlash zarur, yani kriptografiya usullaridan albatta foydalaning. Egasi siz uchun nomalum bo'lgan xatlarni ochmang. Egasi malum bo'lgan va uning sifatiga kafolat beruvchi antivirus programmalaridan foydalaning va ularni ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.62 KB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 00:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.62 KB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga